Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 38,99 Kb.
tarix05.04.2023
ölçüsü38,99 Kb.
#93614
kom 2 mt



NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI



MUSTAQIL TA’LIM
304-GURUH
F.I.SH: YO’LDASHEVA MAFTUNA
FAN NOMI: KIMYOO’QITISH METODIKASI
MAVZU: KIMYO DARSLARIGA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH

KIMYO DARSLARIGA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH
Kimyo ta’limida ilg’or pedagogik texnologiyadan foydalanish, sinf darsliklaridan ijodiy foydalanish va unga qo‘shimcha ravishda turli resurslaridan hamda elektron darsliklar va o‘quv filmlaridan unumli foydalanishga o‘rgatish, shuningdek, darslikdagi mavzularni kundalik hayotga bog’lab tushuntirish, ilg’or o‘qitish metodlaridan, vositalardan unumli foydalangan holda muammoli, munozarali vaziyatlar tashkil etish texnologiyalar turlarida foydalanish haqida so`z yuritiladi
KIRISH
Kimyoni o‘qitishda, ayniqsa, guruhlarga bo‘lib, mustaqil topshiriqlarni bajarish yaxshi natijalarga olib keladi. O‘quvchilar mustaqil fikrlashadi, ijodiy ishlashga harakat qilinadi, past bilimli o‘quvchilar ham “yaxshi” o‘quvchilar qatoriga intilishadi va bu holat sinf ko‘rsatkichlarini ko‘taradi. Turli individual, juft bo‘lib mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilar bilimi chuqurlashadi, malakalar hosil bo‘ladi - bu maqsadga muvofiqdir. Kitob bilan mustaqil ishlashni ko‘proq amalga oshirish kerak, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yamiz, krossvordlar, viktorinalar tuzish. Darsdan tashqari ishlarga, ekskursiyalarga, KVN larga, kechalar o‘tkazishni yo‘lga qo‘ysak yanada yaxshi, chunki kimyo– bu turmush fani va uni o‘quvchilar kelgusida qaysi sohani egallamasin kimyoviy bilimlarni puxta bilsa, yetuk inson deya olamiz. Har bir dars ta’lim mazmunini joriy etilishini ta’minlovchi barcha turdagi o‘qitish texnologiyalarini o‘zida mujassamlashuvini taqozo etadi. Dars o‘qitish jarayonini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi o‘ziga xos tashkiliy jihatni ifodalaydi va o‘qitishni tegishli usullaridan foydalanishni talab etadi. Zamonaviy dars — ma’lum yoshdagi bilim va malaka darajalari yaqin bo‘lgan o‘quvchilar guruhining o‘quv-bilish faoliyatlarini faol va rejali bo‘lishini ta’minlovchi tashkiliy jarayon hisoblanadi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarning juda ko‘p usullari mavjud. Bu usullardan o‘quvchining yosh, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin. 7- 9 sinflarda “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Sinkveyn”, “ B,B,B usuli “Menga oxirgi so‘zni bering, “Test sinovi” usullaridan foydalanish yuqori samara beradi. Kimyo ta’limida ilg’or pedagogik texnologiyadan foydalanish borasida bir necha misollarni keltirish mumkin: O‘quvchilarni qiziqishini oshirish va mavzu yuzasidan olgan bilimlarini tekshirish va mustahkamlash maqsadida oldindan tayyorlab qo‘yilgan Bingo varaqachalaridan tarqatiladi.

1-Bingo varaqasi



JAVOBLAR







SAVOLLAR

12 m.a.b.

1,67x10-27

6,02x1023

1.Avogadro sonini toping

P

Ca

Mg

2.Tartib raqami 20 ga teng bo‘lgan element?

52.1

54.2

50

3.FeCl3 Ekvivalentlarini toping

2-Bingo varaqasi



JAVOBLAR







SAVOLLAR

Amfoter

Teng miqdor

Teng valentli

1.Ekvivalent so‘zining ma’nosi?

6,02

19,8

22,4

2.Gazlarning molyar hajmi nechaga teng?

N

Al

B

3.Qaysi elementning ekvivalenti 9 ga teng?

7-9 sinf darsliklaridan ijodiy foydalanish va unga qo‘shimcha ravishda turli gazeta, jurnal, qo‘shimcha adabiyotlar, lug’atlar, internet resurslaridan hamda elektron darsliklar va o‘quv filmlaridan unumli foydalanishga o‘rgatish lozim. “Kim chaqqon?” o‘yini orqali tuzlarni toifalanishi yodga olinadi. Bunda o‘quvchilarga tuz formulalari yozilgan yelimli qog’oz tarqatiladi, o‘quvchilar jadvaldagi tuz toifalariga mos tuzni yopishtirib qo‘yishadi. Eng to‘g’ri va tez bajargan guruh rag’batlantiriladi.

O‘rta tuz

Nordon tuz

Asosli tuz

Qo‘sh tuz

Kompleks tuz






Shuningdek, darslikdagi mavzularni kundalik hayotga bog’lab tushuntirish, ilg’or o‘qitish metodlaridan, vositalardan unumli foydalangan holda muammoli, munozarali vaziyatlar tashkil etish texnologiyalar turlarida foydalanish tavsiya etiladi. “Zukkolar bahsi” o‘tilgan mavzular yuzasidan berilgan formulalarning nomlarini topishdan iborat. Sharti: kislotalar formulalarining nomini aniqlash

Formula

Nomi

H3PO3


H2CO3


HCl


HClO3


HBr


HNO3

Kimyo darsini samaradorligi — uning serqirraligi, keng qamrovli mazmun va shakliga ko‘ra turli xilda namoyon bo‘lib, mohiyatiga ko‘ra darsning asosiy mazmunini o‘zlashtirishni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishga yo‘naltirilganligiga bog’liq. Bulardan tashqari, quyidagi dars usullari ham mavjud: erkin yozish; semantik xususiyatlar tahlili; bir-biridan so‘rash; "Zig-zag" strategiyasi; "To‘xtab-to‘xtab" o‘qish strategiyasi; "Insert" strategiyasi; "Kubik" strategiyasi. Bunday darslar o‘quvchilarda o‘qish, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarni uyg’otadi, mustaqil ijodiy izlanishlarini rivojlantiradi, mustaqil ravishda erkin fikrlashlarini kuchaytiradi. Eng muhimi, dars - bu o‘quvchiga rivojlantiruvchi ta’lim berishdan iborat. Bunday darsni zamonaviy dars deb hisoblash mumkin. Zamonaviy darslarda barcha o‘quvchi faol qatnashadi. Darsni o‘quvchilarning o‘zlari olib boradi, o‘rganadi. O‘qituvchi dars jarayonining ishtirokchisi, boshqaruvchisi vazifasini bajaradi. Dars samarasi va natijasini o‘quvchilarning o‘zlari baholaydilar. O‘qituvchi esa nazoratchi va boshqaruvchilik vazifasini bajaradi. Ana shunga asoslanib darsning borishida uning qaysi elementlari o‘qituvchi tomonidan, qaysi bir elementlarini o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil holda bajarishlari aniq ko‘rsatiladi. Natijada darsda o‘quvchining mavjud imkoniyatlari shakllanadi. Bunday o‘quvchi o‘zidagi imkoniyatlarni amaliyotda qo‘llay boshlaydi. Erkin holda tashkil etilgan ijodiy dars, o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘lib, unga quvonch keltiradi. O‘qituvchi tomonidan kutilmaganda o‘quvchiga savollar beriladi. Bu savollar nafaqat kimyoga oid, balki, adabiyot, sport, musiqa, texnika, atrof-muhit, tabiatga tegishli bo‘lgan savollar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, aqliy qobiliyatini, ilmiy quvvatini, iste’dodini rivojlantiradi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda talab etuvchi ilg’or pedagogik texnologiyalar, o‘z navbatida, kimyo ta’lim mazmunini zamonaviylashtirish, ya’ni kursni ilmiy darajasini, fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari darajasiga muvofiqlashtirishni talab etadi. Demak, ilg’or pedagogik texnologiyalar o‘z o‘rnida kimyo ta’lim mazmunining ilmiyligini oshirishga imkon yaratdi. Ilmiylik — kimyo ta’lim mazmunini uzviyligi bilan bevosita aloqadordir. Har ikki jihat kimyo ta’lim samaradorligini ta’minlashiga asos bo‘ladi.



KIMYO FANIDAN “OQSILLAR” MAVZUSINI O‘QITISHDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING RO’LIAnnotatsiya: Ta`lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko`tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustivor yo`nalishiga aylandi
Organik kimyo fanini o‘qitish jarayonida bugungi rivojlangan kun talablariga javob bera oladigan xorij oliy ta’lim muassasalarida keng miqyosda qo‘llaniladigan innovatsion va pedogogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirish va qo‘llash. Karboksil va aminoguruhi saqlovchi organik birikmalarga aminokislotalar deyiladi. Oqsillar aminokislotalar qoldig’idan tashkil topganligi sababli, aminokislotalar juda katta ahamiyatga egadirlar.
Emperik nomenklatura bo’yicha nomlashda aminokislotalar nomi tegishli kislota nomi oldiga amino so’zi qo’shib hosil qilinadi. Karboksil va aminoguruhlarning holati -, -, γ- kabi harflar bilan ifodalaniladi. Sistematik nomenklaturada esa aminoguruhning holati raqamlar bilan ko’rsatiladi va aminokislotalarning nomi tegishli to’yingan uglevodorod nomidan hosil qilinadi. Aminokislotalar tuzilishida bir yoki bir necha karboksil guruhi bo’lishi mumkin. Karboksil guruhi soni, uning asosligini belgilaydi. Aminokislotalarning tarkibida bir yoki bir necha aminoguruhi bo’lishi mumkin. Aminokislotalar izomeriyasi oksikislotalarnikiga o’xshash bo’ladi. Oqsillar yoki proteinlar – murakkab, yuqori molekulali organik birikmalar bo’lib, o’zaro amid bog’ bilan bog’langan aminokislotalar qoldiqlaridan tuzilgan. Bir xil oqsil tarkibiga turli xil aminokislotalar kirishi mumkin. Oqsil to’liq gidrolizgna uchraganda aminokislotalar hosil bo’ladi. Oqsillar katta molekulyar massaga ega. Masalan, inson qoni zardobi albuminining molekulyar massasi 61500, qon zardobidagi -globulinining molekulyar massasi 153000, gemotsianiniki esa 6600000 ga teng. Ma`lumki mamlakatimiz ta`lim muassasalarida organik kimyo fanini o`qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg`or xorijiy tajribalarni qo`llash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi.“Avvalo fandagi yangilik nima?”, “Fandagi innovatsiya nima?” degan savollarga javob berish lozim. Yangilik bu fandagi eng so`nggi yutuqlar, bilimlar, usullar hisoblanadi. Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullar amalda qo`llanilishi bilan innovatsiyaga aylanadi. Organik kimyo fanini o`qitishda bugungi kunda quyidagi innovatsiyalar va ta`lim texnologiyalari qo`llanilmoqda. O‘quv jarayoni bilan bog‘lik ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, uylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qiluvchi ko‘plab metodlar mavjud.
Ular quyidagilar: “Klaster”, “Debat”, “Keys-stadi”, “Aqliy hujum”, “Suhbat”, “Pinbord”, “Muammoli vaziyat”, “Baliq skeleti”, “T-sxema”, “Venn diagrammasi”, “Ikki qismli kundalik”, “Ruchka stol o‘rtasida”, “Rotatsiya”, “Qor bo‘ron”, “Asalari galasi”, “Insert”, “Nima uchun”, “B-B-B”, “Zinama-zina” kabilar darsning turidan qat’iy nazar dars sifatini va samaradorligini oshirishga katta xizmat qiladi. O‘qitishni loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Shaxsga yunaltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyixalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashi-lishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgi-larini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yunaltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifat-larini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyat-lari, tashabbuskorligini ochishga yunaltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollash-tirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash-yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi va loyixalash usullari, amaliy ishlar.
O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq, joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriklari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. Analitik kimyo va uning usullari mavzusini o‘qitish jarayoni bo‘yicha talabalar bilimini baholash kompyuterda test asosida bajariladi. Yuqorida ta’kidlanganlarni quyidagicha tasvirlash mumkin? Ma`lumotli ma`ruza, ko`rgazmali ma`ruza, tugallanmagan so`zlar, tushunchalar tahlili, assessment texnikasi, klaster metodi Innovatsion texnologiyalar talabalarning faol hayotiy munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan. Ularga o`quv jarayonidagi yangi shakldagi interaktiv usullar kiradi. Organik kimyo kursinining “Oqsillar” mavzusi bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars ishlanmalari talabalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Yüklə 38,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin