Kurs ishining obyekti. Sho’radoshlar oilasiga kiruvchi cho’l mintaqasi o’simliklari kurs ishining asosiy obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: Cho’l mintaqasiga moslashgan o‘simliklar va kamyob o’simliklar.
Kurs ishida qo’llaniladigan metodlar:
Kuzatish metodi;
Taqqoslash metodi;
Tarixiy metod;
1.2. Cho’l mintaqasi. Cho’l tuprog’i. Cho’llarda o’suvchi o’simliklar Cho‘l - so‘zining o‘zi qandaydir ma’noda inson qulog‘iga yoqimsiz eshtiladi,
ehtimol hatto qo‘rqinchli. Bu so‘z oldingizda umid qoldirmaydi go‘yoki, qat’iyat bilan e’lon qiladi - bu erda hech narsa yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emasdek. Haqiqatan ham, agar biz cho‘l haqida so‘z yuritadigan yoki uni tasvirlaydigan bo‘lsak yaratilgan rasm unchalik ham insonlarga zavq bag‘ishlamaydi. Hammaga ma’lumki cho‘lning iqlimi yoki relefi o‘ziga xos bo‘lib suv yo‘qligi, yiliga bir necha o‘n millimetr yomg‘ir yoki qor yog‘ishi bilan ajralib turadi. Yozi jazirama issiq, qishi esa haddan tashqari sovuq farq juda katta. Bundan tashqari cho‘lning asosiy qismini kata qum barxanlari va gipsli cho‘llar tashkil qiladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan cho‘lda ham o‘simliklar rivojlanadi. Orobo‘yi mintaqalarining ekologiyasini yaxshilash uchun cho‘l zonalarga moslashgan o‘simliklarni o‘rganish va ularni cho‘l zonalarda yetishtrish lozim. Cho’l mintaqasiga moslashgan o‘simliklar katta ahamiyatga molik xalq xo‘jaliki vazifasinni bajaradi.Cho‘l mintaqasi respublikamizda juda katta maydonni egallaydi.
Cho‘llarning tuprog‘i uch xil:
a) sho‘rxok tuproqli cho‘l (tuzkonlari, nam sho‘rxok erlar, taqirlar, sho‘rdan
bo‘rtgan joylar ) tipi,
b) qumli cho‘l (qum, qumloq, oq qumlar, uchib yuruvchi quli erlar) tipi
v) gipsli cho‘l (mayda tosh aralash karbonatli erlar ) tuproq tiplaridan iborat.
Ba’zan soz tuproqli to‘rtinchi tip ham uchraydi. Bu mintaqaning iqlimi, o‘simliklari va tuprog‘i turli - tuman bo‘lganligi sababli, u ikki qismga: pastki cho‘l va yuqori cho‘lga bo‘linadi. Pastki cho‘lga Buxoro oblasti, Xorazm oblastining ayrim joylari, Sirdaryo oblastining shimoliy rayonlari, Qoraqalpog‘istonning Ustyurt tekisliklaridagi sho‘rxok erlar kiradi. Bu zonaning tuprog‘i sho‘rxok, nam, sho‘r va qum tuproqlardan iborat.Pastki cho‘lda eng ko‘p o‘sadigan o‘simliklardan ba’zilarining biologiyasi bilan quyida tanishasiz. Cherkez turlari yoki sho‘ralar qumliklar va qurg‘oqchil cho‘llarda sho‘rlangan tuproqlarda o‘sadi. Qumni mustahkamlashda sho‘ralardan foydalaniladi, shuningdek sho‘ralar cho‘l va yarim cho‘llar xududida ko‘kalamzorlashtirish hamda ixotazorlar yaratishda, yashil massivlar hosil qilishda foydalaniladi. Yog‘ochi mo‘rt, yoqilg‘io‘tin sifatida ishlatiladi. Barglardan bo‘g‘iq yashil rang olinadi va undan paxta ip matolarini bo‘yashda foydalaniladi. Sho‘ralarning bir yillik novdalari tuyalar, qo‘y va otlarga bebaho em-hashak bo‘lib hisoblanadi. Asosan butalar yoki oq tanali kichik daraxtlar sifatida o‘sadi. Shoxlari yaxlit, bo‘laklanmagan, tik holda yoki yuqoriga qarab o‘sadi. Barglari silindrsimon yoki ipsimon, suvli yoki quruq, ketma-ket joylashgan, yashil, bargi o‘simtasiz. Gullari ikki jinsli ayrim joylashgan yoki boshoqsimon to‘pgullarga birikkan. Gulyoni pardasimon. Mevalari gorizontal cho‘zilgan, ko‘ndalang qanotsimon o‘simtali (besh bo‘lakli qanotcha). Urug‘larining murtagi spiralsimon. Sho‘ralarning barcha turlari qurg‘oqchilikka chidamli, yorug‘sevar o‘simliklar hisoblanadi. Daraxtsimon sho‘ra yoki boyalich (Salsola arbuscula Pall.) Cho‘l xududlarida sho‘rxok va sho‘rxoq-qum tuproqlarda toshli nishabliklarda o‘sadi. Chorvachilikda oziq modda sifatida foydalaniladi. Baland bo‘lmagan (40-100 sm) butacha, shoxlari yoyilgan. Po‘sti och-kulrang, yoriqsimon. Yosh novdalari silliq, yalang‘och, oqish rangda, barglari qalin, och yashil rangda, cho‘zinchoq shaklda. Bu cherkez turi ko‘chma qumlarni harakatini to‘xtatadi, cho‘l yaylovlarini, temir yo‘llarni va avtomobil yo‘llarini qum bosishidan himoyalaydi. Anabazis (Anabasis aphylla L.) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 30-75 sm ga etadigan chala butadir. Poyasining eng pastidan bir yillik novdalar hosil bo‘ladi. Poyasi yashil, sersuv, silindrsimon. Novdalari bargsiz, barglari yo‘qolib po‘stloqlarga-tangachalarga aylangan. Uning chetlari pardasimon hoshiyali va to‘mtoqroqdir. Anabazis mart oyida ko‘karadi. Uning ildizi yo‘g‘on, o‘q ildizli. U iyun -iyul oylaridagullaydi. Gullari ko‘rimsiz, uzunligi 1,5-2,5 m m ga etadi, to‘pgullar boshoq shaklida, novdasining uch qismida joylashgan. Mevasi avgust - sentyabr oylarida pishadi. Mevasi 3 ta yaxshi o‘sgan va 2 ta uncha yaxshi o‘smagan sargish yoki pushti rangli qanotchalardan iborat. Mevasi sersuv bo‘lib, qanotchalarga nisbatan qisqaroqdir. Anabazis respublikamizning ko‘pgina oblastlaridagi taqir, sho‘rxok, sho‘r tob va qumloq tuproqlarda o‘sadi. Qumli cho‘llar o‘simliklari nisbatan yuqori darajali va ularning turlari yil mavsumi davomida o‘zgarib boradi. Qum cho'llari O'rta Osiyoning katta joylarini egallaydi: Qoraqum, Qizilqum, Muyunqum va boshqalar Boshqa cho'llardan farqli o'laroq, qumli cho'llar nisbatan qulay suv rejimiga ega: qumning zaif kapillyari bug'lanishni qiyinlashtiradi va namlik yaxshiroq saqlanadi. Bundan tashqari, cho'l sharoitidagi qum atmosferadagi suv bug'ini kondensatsiya qilish qobiliyatiga ega. Qumli cho'l boy va xilma-xil floraga ega. Bu yerda nafaqat o'tlar, balki daraxtlar va butalar o'sadi: saksovul oq yoki qumli (Haloksilonpersicum), qum akasiyasi (Ammodendronbejirim), juzgun (Kalligonum), tamarisk (Tamarix) va boshqalar Qumli cho'lda daraxt va butalardan tashqari turli xil o't o'simliklari ham bor, ular orasida ko'pgina efemerlar va efemeroidlar mavjud. O'simlik qoplami vayron bo'lganda, o'simliklar ildizlari bilan birlashtirilmagan qum shamol ta'siri ostida harakatlana boshlaydi va qum bo'ronlari paydo bo'ladi.Juzg’un. Juzg‘un yoki Qandim (Calligonum) Torondoshlar oilasiga mansub O‘rta osiyoda 90 ga yaqin tur mavjud oʻyi 50 sm dan 3 m gacha. Mevasi quruq, 4-8 qanotchali, changchilari 12-18 ta. Barglari ketma-ket joylashgan, tez toʻkiladi. Shuningdek, bu turdagi oʻsimlik koʻrimsiz hisoblanib, uzunligi 5-7 mm, tasmasimon. Gullari ikki jinsli, oq, mayda, xushboʻy. Yogʻochi qattiq. Oʻzbekistonda, asosan, Qizilqumda va Markaziy Fargʻona qumlarida qora juzgʻun (lotincha: Calligonum aphyllum), norjuzgʻun (lotincha: Calligonum eriopodum), oq juzgʻun (lotincha: Calligonum junceum), qizil juzgʻun (lotincha: Calligonum caput-medusae) va boshqa turlari oʻsadi. Juzgʻunlar, asosan, koʻchma qumlarni toʻxtatish uchun ekiladi. Ayrim turlari tarkibida oshlovchi moddalar va alkaloidlar bor. Juzg‘unni mollar yeydi. Manzarali oʻsimlik sifatida ham ekiladi. Yonilgʻi-oʻtin sifatida qoʻllaniladi. Juzgʻunlar oʻrtacha 25 yilgacha oʻsadi cho‘l mintaqasining qumli joylarida o‘sadi. Ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati juda kattadir. Ular manzarali va asalchil o‘simliklar hisoblanadi. Qandimning yashil novdalarida 10-13 %, mevasida 5% tanid moddasi bor. Yil fasllarining o‘zgarishi bilan ulardagi tanidning miqdori ham o‘zgarib boradi va kuzga borib juda kamayib ketadi. Cho‘llar qumlarini ko‘chishidan asraydi. Kuz va qish davomida chorva mollari uchun oziq bo‘lib hisoblanadi. Oʻrta Osiyoning qumli choʻllarida juzgundan mahalliy aholi yoqilgʻi sifatida foydalanadi. Kattaroq namunalarning qattiq yog'ochlari ba'zan kichik uy hunarmandchiligi uchun ishlatiladi. Juzgun ham harakatlanuvchi, shamol esadigan qumlarga ularni mahkamlash uchun ekilgan. Bu eng yaxshi qum bog'lovchilaridan biridir. Juzgunning ko'payishi hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi: uning so'qmoqlari tezda ildiz otadi va urug'lar yaxshi o'sadi. O'simlik ozuqa qiymatiga ham ega: uning kurtaklari va mevalari chorva mollari tomonidan iste'mol qilinadi.
Markaziy Osiyodagi sahrolarning umumiy maydoni 72 mln.ga teng bo‘lib, shundan Turkmanistonda 42 mln.ga, O‘zbekistonda - 30 mln.ga qum-sahrolar mavjuddir. Bu ulkan maydon chorvachilik uchun juda muhim (ayniqsa qorako‘lchilik uchun) ahamiyatga ega bo‘lgan yaylovlar hisoblanadi. Ushbu hududlarning qiyin sharoitlariga moslashgan psammofit o‘simliklar ajoyib ozuqa bazasi hisoblanadi. Hozirgi paytda cherkezzorlarning umumiy maydoni 170,33 ming gektarga teng. Cho‘l o‘simliklarining insonlar ehtiyojini qondirishdagi va ekologiyani saqlashdagi ahamiyati beqiyosdir.