Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə155/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

3) chog`ishtiruv bog`lovchilari: go`yo, go`yoki. Bu bog`lovchilar bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko`rsatadi. Sen menga baxsh etding ko`rkam bir yoshlik, go`yo qalbimda ulg`aydi quyoshday viqor. (J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo`lishadi, go`yo yoshliklarini sog`inganday boshlarini quyi solishadi (O.)
4) maqsad bog`lovchisi toki qo`shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog`laydi. Yomonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G`.)
5) shart va to`liqsizlik bog`lovchilari: agar (gar), modomiki, basharti, garchi, garchand, mabodo.
Bu bog`lovchilar shart va to`liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo`lgan munosabatdagi shartni, shu bilan birga to`liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g`oya uchun kurash bilan o`tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo`lsa ham, kechagidan ko`ra qo`rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.)
Bog`lovchi vazifasini bajaruvchi so`zlar

Boshqa so`z turkumiga oid ba’zi so`zlar ham bog`lovchi o`rnida qo`llanadi: bilan, deb, degan, bordi-yu, u(-yu), -da.


Masalan: Umrim shirin o`tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi bilan onam choy ichib, gaplashib o`tirishibdi (O.)


Yuklama

Ayrim so`z yoki gapga qo`shimcha ma’no berish uchun qo`llanadigan yordamchi so`zlar yuklamalar deb ataladi. Masalan: Haqiqiy kasbu kamol faqat ilm bilan hosil bo`ladi. (M.Hasaniy). Quyosh ham atayin nurlarini to`kib, mag`rur ko`tarildi. (O.)


YUklamalar tuzilishiga ko`ra ikki xil: a) qo`shimcha holatdagi yuklamalar: -mi, -chi, -a, -ya, -oq (-yoq), -da, -u (-yu), -gina (-kina, -qina), -ku; b) so`z holatidagi yuklamalar: axir, faqat, xudi, nahotki, ham, naq, xolos. To`ydan faqat Anor xabardor (H.O.) Eshik «g`irch etib ochildi-da, ruxsat so`rab ukasi Darvishali kirdi. (O.) Bir vaqi G`iyosiddin Kichkina, xudi shu erda, daricha ostida o`tirib, uni erkalatmasmidi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin