Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə145/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

2. Sintaktik usulga ko`ra ikki (ba’zan undan ortiq) so`z asosi birikishi bilan yangi so`z qo`shma fe’l yasaladi. Masalan: Borlig`imizni, boyligimizni, qadriyatlarimizni dunyoga ayon qilmoqdamiz (I.Karimov). Sustkashlik oson ishni mushkullashtiradi, qiyin ishni esa, chorasiz bir ahvolga olib keladi (Tafakkur gulshani). Bu misollardagi ayon qilmoqdamiz, olib keladi fe’llari sintaktik usul bilan yasalgan qo`shma fe’llardir.
Qo`shma fe’llarning qismlari qaysi so`z turkumidan tuzilishiga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) ot+fe’l qolipidan qo`shma fe’llar. Bunday fe’llarda birinchi qism fe’ldan boshqa so`z turkumlari (ot, sifat, undov, taqlid)dan tuzilib, ikkinchi qismi fe’l bo`ladi: javob bermoq, qo`l qo`ymoq, nazar tashlamoq, xursand bo`lmoq, xafa qilmoq, oh urmoq, yalt etmoq kabi. 2) fe’l+fe’l qolipidan qo`shma fe’llarning har ikala qismi fe’llardan tuziladi: olib chiqmoq, sotib olmoq kabi. Bunday qo`shma fe’llarning birinchi qismi –b (-ib), -a (-y) qo`shimchasi bilan yasalgan ravishdosh shaklida keladi, tuslovchi qo`shimchalar ikkinchi qismga qo`shiladi.
Fe’l+fe’l qolipidagi qo`shma fe’llar kam miqdorni tashkil etadi.
Qo`shma fe’llarning har bir qismi o`z leksik ma’nosini saqlagan holda, birgalikda bitta murakkab harakat tushunchasini anglatadi. SHu jihatdan qo`shma fe’llar ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmalaridan (analitik shakllardan) farqlanadi, chunki bunday fe’llarda leksik ma’no uning birinchi qismi bilan ifodalanib (yetakchi qism), ikkinchi qismi esa (ko`makchi fe’l) unga (yyetakchi qism ma’nosiga) qo`shimcha modal ma’no qo`shadi: aytib ko`r, olib tur, ko`rib chiq kabi qo`shilmalarda aytib, olib, ko`rib qismi yetakchi, ko`r, tur, chiq qismlari esa ko`makchi fe’ldir.


Fe’lning modal ma’no ifodalovchi shakllari
O`zbek tilida fe’l o`ziga xos turli modal ma’nolarga (qo`shimcha ma’nolarga) ega. Fe’llardagi modal ma’nolar sintetik shakl, analitik shakl, juft va takroriy shakllar vositasida ifodalanadi.
Fe’ldagi modal ma’no sintetik shakl vositasida ifodalanganda, fe’l negiziga ish-harakatning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi qo`shimcha ma’nolarni qo`shadigan shakl yasovchi qo`shimchalarni qo`shish bilan hosil qilinadi. Fe’llarda modal ma’no yasovchi affikslar quyidagilar:
1) –la affiksi fe’l negiziga qo`shilib, takror, davomiylik ma’nosini bildiradi: savala, ishqala, tirnala, cho`qila kabi;
2) –gila (-kila, -qila, -g`ila): yugurgila, turtkila, tortqila, ezg`ila kabi. Bu affikslar ham fe’l negiziga qo`shilib, harakatning davomiyligi, takror ma’nosini bildiradi;
3) –(i)msira, -(i)nqira: yig`lamsira, kulimsira, oqarinqira kabi. Bu affikslar fe’l negiziga qo`shilib, harakatning kuchsizlanishini bildiradi;
4) –(i)sh affiksi ham harakatning kuchisizligini bildiradi: oqarishdi, to`lishdi kabi;
5) -qilla: chopqilla. Bu affiks fe’l negiziga qo`shilib, harakatning zudlik bilan bajarilish ma’nosini bildiradi.
Fe’ldagi modal ma’no analitik shakl vositasi bilan ham ifodalanadi. Bunday shakl ko`makchi fe’llar va to`liqsiz fe’llar yordamida hosil qilinadi: yozib ko`r, aytib chiq, ko`ra qol, so`zlay boshla, borar edi, kelgan emish, olgan ekan kabi.
Ko`makchi fe’llar bilan shakllangan qo`shilmalar ikki so`z shaklidan tashkil topib, birinchi qism leksik ma’no ifodalaydi. SHu tufayli yetakchi fe’l deb yuritiladi; ikkinchi qism esa unga birikib grammatik ma’no ifodalaydi va ko`makchi fe’l sanaladi. Ko`makchi fe’llar yetakchi fe’lning ma’nosiga qo`shimcha modal ma’nolar qo`shadi.
Ko`makchi fe’l tarzida kel, ket, bor, yubor, chiq, o`t, tur, qol, bo`l, ol, bil, qo`y, ber, tashla, ko`r, boshla kabilar keladi. Bu fe’llar bir tomondan, harakat ma’nosini ifodalab, mustaqil holda leksik birlik sanaladi, ya’ni keldi, borgan, ko`rmoqchi, bilib kabi; ikkinchi tomondan boshqa fe’l shakliga qo`shilib, o`z leksik ma’nosini vaqtincha yo`qotib, o`zi aloqador bo`lgan fe’lning leksik ma’nosiga qo`shimcha ma’no qo`shadi va ko`makchi fe’lga aylanadi. Masalan: yoza boshladi fe’li tarkibidagi boshladi fe’li mustaqil holda boshlanish harakatini ifodalaydi, lekin bu qo`shilmada o`z leksik ma’nosini yo`qotib yozish fe’lining leksik ma’nosiga qo`shimcha ma’no, ya’ni harakatning endi boshlanish ma’nosini qo`shgan.
Shu bilan birga ko`makchi fe’l yetakchi ma’nosiga davomiylik, tugallanganlik, takroriylik (yoza tur, yozib tur, aytib bo`l kabi); harakatning bajarilish imkoniyati (yozib ko`r, aytib boq kabi); harakatning boshqa shaxsdan so`zlovchiga yo`nalishi (aytib ket, olib bor, aytib chiq, ola kel, yozib ol, yozib ber), harakatning bajarilish usuli (yozib tashla, aytib yubor) kabi modal ma’nolarni qo`shadi.
Fe’llarda modal ma’no juft va takroriy shakllar vositasida ham ifodalanadi. Yetakchi fe’l bilan ko`makchi fe’l bir xil shaklda kelib, juft fe’lni hosil qiladi. Bunda leksik ma’no salmog`i birinchi qismda bo`ladi: aytdi-qo`ydi, o`tdi-ketdi, oldi-qoldi kabi.
Ko`makchi fe’llar fe’lning –b (-ib), -a (-y) bilan yasalgan ravishdosh shakllari bilan birga qo`llanadi: o`qib ber, o`qiy boshla kabi.
Yetakchi va ko`makchi fe’ldan tashkil topgan fe’l shakllarida ko`makchi fe’l birdan ortiq bo`lishi ham mumkin: yozib qo`ya qol, yozib berib qo`ya qol kabi.
Ko`makchi fe’lli fe’l shakllarida shaxs-son qo`shimchalari ko`makchi fe’llarga qo`shiladi: yozib chiqdim, yozib chiqding, yozib chiqdik, yozib chiqdingiz kabi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin