1. Uyushiq ega:Qor-yomg`ir yog`ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar suvga kelishadi. (P.Qodirov). 2. Uyushiq kesim: a) uyushiq fe’l kesim: ... ufqqacha cho`zilgan lolazor rang-barang tovlanmoqda, yonmoqda. (J.Abdullaxonov); b) uyushiq ot kesim: Qalbi pok bo`lgan kishining ishlari ham pok bo`ladi,toza bo`ladi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). 3. Uyushiq aniqlovchi: a) uyushiq sifatlovchi:Tabiatning hech kimga bo`ysunmaydigan, birovdan ruxsat ham so`rab o`tirmaydigan o`z qonunlari bor. (O`.Hoshimov). Ba’zan ikki va undan ortiq sifatlovchilar sifatlanmishni turli tomondan aniqlaydi va shuning uchun ham uyushmagan sanaladi. Masalan: Tog` tepasidato`planayotganqora bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi. (P.Qodirov). Bunda sifatlanmish (bulutlar) o`rniga nisbatan harakatdagi belgi (tog` tepasida to`planayotgan) va rang-tus (qora) jihatdan aniqlangan. Uyushgan sifatlovchilar esa sifatlanmishni bir tomondan aniqlaydi. Masalan: Ular ichida sariq, binafsharang gullar... asta silkinib, o`zlarini ko`z-ko`z qilmoqchi bo`lardilar. (J.Abdullaxonov). Bu gapda sifatlanmish (gullar) faqat rang-tus (sariq, binafsha rang) jihatdan tavsiflangan. Sifatlovchilarning uyushganligini belgilashda sanash intonatsiyasi muhim rol o`ynaydi;
b) uyushiq qaratuvchi:Hayotda go`zallik,quvvat va saodatning manbai soddalikdir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). d) uyushiq izohlovchi:...bo`lajak katta san’atkor,arxitektura professori Akramjon Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi. (O.Yoqubov). 4. Uyushiq to`ldiruvchi: a) uyushiq vositasiz to`ldiruvchi:... asrlar davomida qasr, koshona, machit, madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan. (A.Aminov);