Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Uyushiq qator a’zolarining o`zaro aloqaga kirishuvi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə180/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

Uyushiq qator a’zolarining o`zaro aloqaga kirishuvi
Uyushiq qator a’zolari tenglashish yo`li bilan sintaktik aloqaga kirishadi. Bu aloqa teng bog`lovchilar va teng bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar hamda bog`lovchisiz, faqat ohang, sanash ohangi orqali amalga oshiriladi. Sanash ohangi uyushuvchilarning bog`lovchilar yordamida aloqaga kirishganda ham mavjud bo`ladi.
Uyushuvchilar quyidagi bog`lovchilar yordamida aloqaga kirishadi:
1. Biriktiruvchilar (va, hamda, ham): Uning tegrasida osmon benihoyat tiniq va ko`k ko`rinadi. (P.Qodirov). U yotoqxonaga borishga qaror berdi hamda narigi korpusga qarab ketdi. (P.Qodirov).
Na ... na inkor yuklamasi biriktiruv bog`lovchilar vazifasida kelib, inkor ma’nosini anglatish uchun xizmat qiladi: Na hovlidan, na uyidan sado chiqdi (I.Rahim).
Biriktiruv bog`lovchisi va o`rnida -u (-yu), -da, na ... na yuklamalari ham qo`llanishi mumkin. Keyin chakmonning ikki yengini xurjunga o`xshatib yelkasiga tashladi-da, orqaga qaytdi. (P.Qodirov). Yigit qora qushlarni ko`rdi-yu, birdan sergaklandi. (P.Qodirov).
Biriktiruv bog`lovchisi va o`rnida bilan ko`makchisi ham bajarishi mumkin: Deraza bilan doska orasida qo`lini orqasiga qilib yurib, ma’ruza o`qiyotgan surrang kostyumli barvasta kishi to`xtadi. (P.Qodirov).
Bilan yordamchisi va bog`lovchisi singari, juft–juft qo`llangan uyushuvchilarda har bir juft o`rtasida keladi: To`g`rilik bilan xiyonat, yolg`onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz – oz o`rganib dono bo`lur»).
2. Zidlovchilar (lekin, ammo, biroq): Tolibjon bolalarning beg`ubor, ammo almoyi–jalmoyi gaplaridan zavqlanib jimgina borardi. (S. Ahmad). Usta Qambar o`g`lini urmadi, so`kmadi, lekin bir–ikki oy u bilan gaplashmadi. (P.Qodirov).
Zidlov bog`lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo`llanishi mumkin. Masalan: O`ttiz yildan beri shu qishloqda uy quribman-u, ... shu buloq ... Oyko`lni Oyko`l qilib turgan shu suv oldimizda oqqani uchun qadrsiz bo`lib yotganini sezmabman. (P.Qodirov).

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin