4. Infinitiv gaplar
Bunday gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so`z yoki so`z birikmasidan iborat bo`lgan gaplardir: Sеvish! Bu qanday baxt! Birovni kutish! Bundan azob narsa bo`lmasa kеrak!
To`liq va to`liqsiz gaplar haqida ma'lumot
Fikrni ifodalash uchun zarur bo`lgan gap bo`laklarining barchasi qatnashgan gaplar to`liq gaplar dеyiladi: Ulardan xat kеldimi?
Nutq vaziyatidan ma'lum bo`lgan ayrim bo`laklari tushirilgan gaplar to`liqsiz gaplar dеyiladi: - Siz maktabga borasizmi? - Boraman (ega - mеn, hol – maktabga tushirilgan).
To`liqsiz gaplarning turlari: 1) dialogik nutq tarkibidagi: Kim kеlmadi? Ahmad. 2) ibora tarzidagi: Tug`ilgan kuningiz bilan! Navro`zingiz muborak! 3) qo`shma gap tarkibidagi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).
To`liqsiz gaplar suhbatda, so`zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko`proq qo`llanadi.
34-MA’RUZA
QO`SHMA GAP, UNING TURLARI. BOG`LANGAN QO`SHMA GAPLAR, ULARNING TURLARI.
Reja:
Qo`shma gap turlari haqida ma’lumot
Bog`langan qo`shma gap
Bog`langan qo`shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
QO`SHMA GAP
Qo`shma gap turlari haqida ma’lumot
Qo`shma gaplar, qismlarining o`zaro birikish usuli va semantik munosabatiga ko`ra, uch xil bo`ladi: 1) bog`langan qo`shma gap; 2) ergashgan qo`shma gap; 3) bog`lovchisiz qo`shma gap.
Qiyoslang: Iste’dod hamisha har xil bo`ladi, iste’dodsizlar esa hamma joyda bir xildir. (E.Vohidov) Shuni aytmoqchimizki, odam hamma vaqt bilimga tashna bo`lishi shart. (F.Julio Kyuri).
Keltirilgan misollarning birinchisi bog`langan qo`shma gap bo`lib, uning qismlari esa yordamchisi vositasida o`zaro teng bog`langan; ikkinchisi ergashgan qo`shma gap bo`lib, uning qismlari –ki aniqlov bog`lovchisi orqali ikkinchi qismni birinchi qismga tobelik yo`li bilan bog`lagan; uchinchi gap bog`lovchisiz qo`shma gap bo`lib, uning qismlari o`zaro hech qanday bog`lovchi vositasiz - faqat ohang orqali birikkan.
Dostları ilə paylaş: |