Ko`p nuqta, undov va so`roq belgilarning birikkan holda kelishi 1. So`roq mazmuniga qaraganda his-hayajon kuchli bo`lgan so`roq gaplardan keyin undov va so`roq belgisi birikkan holda (!?) qo`yiladi: Go`zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi!? 2. Kuchli his-hayajon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so`roq gaplardan so`ng so`roq va undov belgisi birikkan holda qo`yiladi: - A?! – Xonkeldieva turgan erida surat bo`lib qoldi. - Direktorimiz-a?! (H.G`.) 3. Kuchli his-hayajon ifodalangan va mazmunan tugallanmagan gaplardan keyin undov belgisi va ko`p nuqta birikkan holda (!..) qo`llanadi: -Nafisa!.. Nafisaoy!.. – dedi Aziz o`pkasi yumshab, ko`zlariga qaynoq yosh keldi.(H.G`.) 4. Mazmunan tugallanmagan so`roq gaplardan so`ng so`roq belgisi va ko`p nuqta birikkan holda (?..) ishlatiladi: - Nima dedingiz? Bularning hammasi men uchun?... Vergul
Vergul quyidagi o`rinlarda qo`yiladi:
1. Uyushiq bo`laklar orasida:
1) bog`lovchisiz birikkan uyushiq bo`laklar orasida Andijon, Namangan, Qo`qon, Marg`ilon – O`zbekning chamani, bog`u bo`stoni. (G`.G`.) 2) takrorlanuvchi bog`lovchilar bilan birikkan uyushiq bo`laklar orasiga: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o`yga toladi. 3) zidlovchi bog`lovchilar yordamida birikkan uyushiq bo`laklar orasiga: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. (P.Q.) 2. Undalmalarni ajratish uchun: Ertaga, azizim, toqqa jo`naymiz. 3. Kirish so`zlarni va tuzilishiga ko`ra murakkab bo`lmagan kirish gaplarni ajratish uchun: Xullas, ertaga shu erda yig`iladigan bo`ldilar. Men sizga aytsam, odamning yomoni bo`lmaydi. 4. Ha va yo`q so`zlarini gap bo`laklaridan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to`g`ri. Yo`q, ertaga kela olmayman. 5. Gapning ajratilgan bo`laklarini ayirib ko`rsatish uchun: "Biz, yoshlar, ota-bobolarimiz qoldirgan bebaho merosni ko`z qorachig`iday asrashimiz kerak". 6. Bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gaplarda: Eshik ochildi, ichkariga muzday havo yopirilib kirdi. 7. Va, ham, hamda, yoki (yolg`iz kelgan)bog`lovchilaridan boshqa bog`lovchilar bilan bog`langan qo`shma gaplarda: Hamma gapirdi, lekin u bir chekkada xomush o`tirar edi. 8. Ergash gapni bosh gaplardan ajratish uchun: Hamma yig`ilgach, majlis boshlandi. 9. Muallif gapini ko`chirma gapdan ajratish mumkin:
- Bugungi qilgan ezgu ishlarimiz, - dedi ota, - kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.