a) burun undoshlari: m,n,ng;
b) yon undoshi: l;
d) titroq undosh: r.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra undoshlar dastlab ikki turga bo`linadi:
1. Sonor yoki shovqin ishtirok etqan ovozdor undoshlar; 2. Shovqinli undoshlar.
Sonor (ingl. sonorous - jarangdor degani34) undoshlar tarkibiga ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo`ladi, ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlarning hosil bo`lishida o`pkadan chiqayotgan havo oqimi bo`g`iz bo`shlig`idagi un (ovoz) paychalarini faol ishtirok ettiradi, shuning uchun bu undoshlar unlilarga yaqin turadi. Lekin bu undoshlar havo oqimining og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchrab, qisman shovqin hosil qilishi natijasida yuzaga keladi.
Shovqinli undoshlar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko`p bo`ladi yoki ovoz mutlaqo qatnashmaydi. Ularga b, v, g, d, j, dj (jiyan so`zidagi kabi), z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, g`, h undoshlari kiradi. Bunday undoshlar tarkibida ovozning ishtirok etish-etmasligiga ko`ra, ikki turga bo`linadi:
1) jarangli undoshlar tarkibida qisman bo`lsa-da ovoz qatnashgan shovqinli undoshlardir: b, v, g, d, j, dj (jilg`a so`zidagi kabi) z, y, g`.
2) jarangsiz undoshlar faqat shovqinning o`zidan iborat bo`lgan, tarkibida ovoz mutlaqo qatnashmagan undoshlardir: k, p, s, t, f, x, ch, sh, h.
Undosh fonemalar tasnifi jadvali
Hosil
bo`lish
usuliga ko`ra
|
Ovoz va
shovqinning
ishtirokiga
ko`ra
|
Hosil bo`lish o`rniga ko`ra
|
Lab undoshlari
|
Til undoshlari
|
Bo`g`iz
undoshi
|
lab-lab
|
lab-tish
|
til oldi
|
til
o`rta
|
til
orqa
|
Chuqur
til orqa
|
Portlovchilar
|
jarangli
|
b, m
|
|
d, r, n
|
|
g, ng
|
|
|
jarangsiz
|
p
|
|
t
|
|
k
|
q
|
|
Sirg`aluvchilar
|
jarangli
|
|
v
|
z, j,l
|
y
|
|
g`
|
|
jarangsiz
|
|
f
|
s, sh
|
|
|
x
|
h
|
Qorishiqlar
|
jarangsiz
|
|
|
ch
|
|
|
|
|
jarangli
|
|
|
Ĵ
|
|
|
|
|
Undosh tovushlar tavsifi
1.Lab undoshlari
B fonemasi - lab-lab, sof portlovchi, jarangli undosh fonemasi bo`lib, so`z boshida (bahor), o`rtasida (abadiy) va oxirida (kitob) uchraydi. Bu fonema so`z oxirida kelganda jarangsizlashadi va p fonemasi bilan almashadi: maktab – maktap, odob- odop. Bu fonema ko`pincha ikki unli orasida kelganda yoki ikki fe’l birikib talaffuz qilinganda, v fonemasi kabi aytiladi va ba’zan shunday yoziladi: kabob – kavob, qobirg`a - qovurg`a, sabil – savil, qurbaqa – qurvaqa, ko`ra ber – ko`raver kabi.
So`z boshida kelgan b fonemasi ayrim shevalarda talaffuz paytida m fonemasiga o`tadi: murch > burch (garmdori – Xorazm shevasida). Tarixan b va m fonemalarining almashinuvi turkiy tillarda kuzatiladi: ben – men, bunga – munga va h.
V fonemasi – lab-lab va lab-tish, sirg`aluvchi, jarangli undosh fonemasi. So`zning boshida (vazifa, vafo), o`rtasida (sovun, lavlagi, taqvim) va oxirida (o`tov, birov) kela oladi. Sof o`zbekcha so`zlarda bu fonema so`z boshida deyarli qo`llanmaydi.
M fonemasi - lab-lab, portlovchi-sirg`aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh fonema bo`lib, so`zning boshida (mehr, mo`ylov, mulk), o`rtasida (omon, umr) va oxirida (tom, bodom, qadam) kela oladi.
P fonemasi – lab-lab, sof portlovchi, jarangsiz undosh fonema bo`lib, so`zning boshida (pilla, po`choq, parda), o`rtasida (opa, qipiq, to`piq) va oxirida (cho`p, top, sop) kela oladi. Ko`p bo`g`inli so`zlarning oxirida bu fonema deyarli uchramaydi.
F fonemasi - lab-tish, sirg`aluvchi, jarangsiz undosh fonema bo`lib, faqat o`zbek tiliga arab, fors va rus tillaridan o`zlashgan so`zlarning boshida (faqir, oftob, fabrika), o`rtasida (qofiya, iffat, kofe) va oxirida (sarf, urf) kela oladi. Ba’zi so`zlarda talaffuzda p fonemasi bilan almashadi: foyda > poyda, Farida > Parida. Bunday o`zgarishlar hozirgi orfografiyada aks ettirilmaydi.
2.Til undoshlari
T fonemasi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh fonema bo`lib, so`zning boshida (to`ti, tuxum), o`rtasi (katta, vatan) va oxirida (savat, qavat, harakat) kela oladi. O`zbek milliy tilining o`g`uz lahjasiga mansub shevalarda t ba’zan d ga o`tadi: tuz > duz, o`t > o`d kabi. Bu o`tishlar adabiy orfografiyada ifodalanmaydi.
Arab, rus yoki fors-tojik tillaridan o`zlashtirigan so`zlardagi qo`sh undoshlar tarkibidagi t fonemasi talaffuzda ko`pincha tushib qoladi: g`isht > g`ish, pastqam > pasqam, taksist > taksis kabi. Bu o`zgarish yozma imloda aks etmaydi.
Dostları ilə paylaş: |