Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə72/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

O`rganish obyektining hajmiga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1. Umumiy leksikologiya dunyodagi barcha tillarning lug`at trkibini tekshiradi.
2. Xususiy leksikologiya ma’lum bir tilning lug`at tarkibini o`rganadi va lug`at tarkibini qay holatda o`rganishiga qarab ikki turga bo`linadi:
1) tavsifiy leksikologiya ma’lum bir tilning lug`at tarkibini statik (turg`un) holatda, ya’ni uning tarixiy taraqqiyoti bilan bog`lanmagan holatda o`rganadi. Bu yana sinxronik (yun. sin – “birga”, chronos – “vaqt” degani) leksikologiya deb ham ataladi.
2) tarixiy leksikologiya ma’lum bir tilning lug`at tarkibini dinamik (harakatli) holatda, ya’ni uning tarixiy taraqqiyoti bilan bog`langan holatda o`rganadi. Bu esa diaxronik (yun. dia– “orqali”, chronos – “vaqt” degani) leksikologiya deb ham ataladi48.
Leksikologiya quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Tilning lug`at tarkibini ma’no jihatidan tavsiflaydi.
2. Lug`at tarkibidagi so`zlarni kelib chiqishi jihatidan tavsiflaydi.
3. Tilning lug`at tarkibini ijtimoiy guruhlar qo`llashi jihatidan tavsiflaydi.
4. Tilning lug`at tarkibini faolligi yoki nofaolligi jihatidan tavsiflaydi.
5. Tilning lug`at tarkibini hissiy-ta’siriy bo`yoqdorligi jihatidan tavsiflaydi.
6. Tilning lug`at tarkibidagi ajralmas birikmalar – frazeologik birikmalarni ma’no va tarkib jihatdan tavsiflaydi.
Quyida ana shu vazifalarni batafsil ko`rib chiqamiz.


So`z va leksema munosabati

Tilshunoslikda so`zning markaziy birlik ekanligi haqida yuqorida aytib o`tgan edik. Bunda muayyan tilning lug`at tarkibiga kiruvchi barcha so`zlar nazarda tutiladi. Lug`at tarkibidagi so`zlarni ikkita katta guruhga bo`lish mumkin:


1. Atash xususiyatiga ega bo`lgan so`zlar. Bular, shaxs (odam, bola), narsa (kitob, daftar), belgi (yaxshi, go`zal), miqdor (olti, yettinchi), holat (tez, oson), payt (hozir, bugun), harakat (yurmoq, yozmoq), ishora (bu, shu) kabi tushunchalarga nom bo`lib keladi.
2. Atash xususiyatiga ega bo`lmagan so`zlar. Bular so`zlarni bir-biriga bog`laydigan (va, uchun), so`zlarga qo`shimcha ma’no kiritadigan (faqat, xuddi), tovush va harakatlarga taqlid bildiradigan (gurs, jimir-jimir), inson his-tuyg`ularini aks ettiradigan (oh, voy), aytilgan fikrga munosabat bildiradigan (shekilli, menimcha) kabi so`zlardir.
Ma’no jihatidan birinchi guruhga mansub so`zlar lug`aviy birlik hisoblanadi va leksikologiya bo`limida o`rganiladi, ikkinchi guruh so`zlar esa grammatik so`zlar hisoblanadi va ular faqat grammatika bo`limida o`rganiladi.
Ilmiiy adabiyotlarda atash xususiyatiga ega bo`lgan so`zlar leksema termini bilan atalmoqda. “O`zbek tili system leksikologiyasi asoslari” nomli o`quv qo`llanmada leksemaga quyidagicha ta’rif beriladi: “Jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo`lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lug`atda grammatik morfemalarni o`ziga biriktira oladigan morfema turi leksemadir”.49
Leksema va so`zning o`zaro munosabati fonema bilan tovush o`rtasidagi munosabatga o`xshaydi, ya’ni leksema til birligi hisoblansa, so`z nutq birligidir. Boshqacha aytganda, so`z leksemaning nutqda voqelashgan shaklidir. Masalan: Bolalar keldi gapini olaylik. Bu gapda bola- (kichik yoshdagi odam) va kel- (harakat)50 birliklari leksema hisoblansa, bolalar va keldi qismlari so`z hisoblanadi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin