Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


-dars. His-hayajon undovalariga ajratilgan bo‘lib 260-mashqida



Yüklə 410,68 Kb.
səhifə9/10
tarix18.03.2023
ölçüsü410,68 Kb.
#88628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Nizomiy nomidagi Toshkent-2

81-dars. His-hayajon undovalariga ajratilgan bo‘lib 260-mashqida gaplar tarkibidagi undov so‘zlarni ajrating. Ular qanday hissiyotlarni ifoda etayotganini aniqlang deyilgan. Maktab darsliklarida har bir darsni jonli tarzda o‘ta olsakniga ko‘zlagan maqsadimizga erisha olamiz. Har bir mashqni o‘quvchilarga tushuntirarekanmiz “Eshtib yozamiz”usulidan foydalanib,ushbu mashqni audio varianti o‘quvchilarga eshitiriladi.
1.E-e, yeb bo‘pti, Ko‘kyol deydilar uni!–dedi Isoy bobo kuyib-pishib.(N. Fozilov) 2. Voy-bo‘, – deb yubordi u. – Yerimiz muncha chiroyli! Globusning o‘zginasi-ya! (A. Bo‘riboyev) 3. O, muazzam Enasoy daryosi! (Ch. Aytmatov) 4. Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar ... (S. Zunnunova) 5. Chu, nari tur, arzandam, tagingni tozalab qo‘yay endi. (Oybek) 6. Uf, chanqadim-ey, munchayam kun isib ketdi. (Oybek) 7. O-ho, gapda sizga hech kim yetolmaydi... Hay, menga qarang! –dedi jiddiyat bilan Zumrad. (Oybek) 8. Hay, ichkari kir, chag‘ir chug‘urdan qulog‘im bitdi. (Oybek) 9. To‘xta, hey. Bir daqiqa to‘xtab, tingla uning baxt qo‘shig‘ini. (Mirtemir) 10. Oh, shu chog‘da uning qoramtir yuziga boqsangiz... (Mirtemir)
“Kim chаqqоn?”grаmmаtik o‘yinidan foydalangan holda 261-mashqni o‘quvchilarga tushuntirishda foydalandim. Bu o‘yinda o‘qituvchi mashqni o‘qiydi,o‘quvchilar gaplarni yozayotganda qoldirilgan undov so‘zlar to‘gri yozishi kerak bo‘ladi. Daftarga yozib bo‘lgandan keyin his-hayajon undovlarining tagiga chizib, ularni izohlab beradi.
1.Ur-re-e-e! – u boychechakni qo‘lida hilpiratib, toychoqdek shataloq otib chopar edi. (A. Ko‘chimov) 2. O‘h-ho‘, – dedi Hayitvoy qo‘rqqanidan ko‘zlari ola- kula bo‘lib. (X. To‘xtaboyev) 3. E, juda ajoyib ekan-ku, – dedi Elmurod ajablanib. (Parda Tursun) 4. Eh-ha, nima uchun o‘rmonda bunaqa g‘ala-g‘ovur, tartibsizlik desam, sababi bu ekan-da, – deb o‘yladi Ko‘rqush. (B. Norboyev) 5. Och qoldingmi, a? Voy, sen-ey, – deya Chuchuk uloqchaning shalpangquloqlaridan tortqilab qo‘ydi.(S. Mingnorov)
262-mashq.Undovlar ishtirok etgan gaplarni yozing va undov so‘zlarning ma’nosini tushuntirib “KLASTER”ga joylashtiring.27

1. Boshoq tortmasdan bug‘doy Yeb qo‘yibdi qo‘y, – Ey-voy. (O. To‘xtaliyev) 2.


«Voy to‘ymagur, berib yubording-a, o‘z ko‘nglingda sen ham uloqchisan-da!» ... deb har xil tovushda baqirishadilar. (Abdulla Qodiriy) 3. – O‘, ma’lumotli ekansizku! (X. To‘xtaboyev) 4. Men yetim o‘sganman, oh u yetimlik. Voy bechora jonim, desam arziydi. (G‘afur G‘ulom)

Yüklə 410,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin