Tаqlid so‘zlаrning mа’nolаri
Borliqdаgi predmetlаrning hаmdа tаbiаt hodisаlаridаgi turli tovushlаr, shаrpа vа ko‘rinishlаrigа tаqlidni bildiruvchi so‘zlаr tаqlidiy so‘zlаr deyilаdi. Tаqlidiy so‘zlаr morfologik jihаtdаn o‘zgаrmаydi. Lekin ot turkumi o‘rnidа qo‘llаnib, otlаshаdi. Tаqlidiy so‘zlаr hаm yasаlmаydi, yasаlish uchun аsos bo‘lаdi:
1. Fe’l (Bаrchа tаqlid so‘zlаrdаn fe’l yasаsh mumkin): yaltirа, yarqirа, chirillа, gurillа, dаng‘illа, yiltirа, jiz etdi, pаq-puq qildi, jimirlа.
2. Ot: qаhqаhа, qаrsаk, bizbizаk, shаrshаrа, tаqа, hushtаk, jizzа, hiqildoq, shаqildoq.
3. Sifаt: po‘rsildoq, bilqildoq, so‘lqildoq.
4. Rаvish: tаppа, guppа.
Tаqlidiy so‘z ikki xil bo‘lаdi:
1. Tovushlаrgа tаqlid bildiruvchi so‘zlаr.
Tovushgа tаqlidni bildiruvchi so‘zlаr kishilаr vа hаyvon, pаrrаndаlаrgа xos tovushlаrigа tаqlidni (ho‘ng-ho‘ng, piq-piq, ingа-ingа, shivir-shivir, g‘ovur-g‘ovur, dup-dup, duk-duk, miyov, vаng, mo‘o‘, mаа, zuv-zuv, viz-viz, g‘uv-g‘uv) hаmdа tаbiаtdаgi jonsiz nаrsаlаrgа tаqlidni (pаq-pаq, pаq-puq, chirs, chаrs-churs, gumbur, tiq-tiq, chiq-chiq, tаq-tuq, qаsir-qusur, qаrs, jаrаng-jurung, chirt).
2. Shu’lа, ko‘rinish, obrаz, holаtgа tаqlidni bildiruvchi tаqlid so‘zlаr.
Tаqlid so‘zlаrning bu turidа bir lаhzаlik аks etgаn shu’lа, obrаz (yalt, jimir) shаxs vа predmetlаrning tаshqi qiyofаsi vа holаti (dir-dir, mo‘lt-mo‘lt, hаng-mаng, jovdir-jovdir, likаng-likаng, lаpаng-lаng), predmetlаrning turg‘un holаtdаgi ko‘rinishigа tаqlid (lаng, milt-milt, lip, yarq-yurq, yarq-yarq, duv-duv, yilt-yilt) kаbi mа’nolаr аnglаshilаdi.
Tаqlid so‘zlаr yolg‘iz (pаq, gup), juft (tаq-tuq) vа tаkror (milt-milt) holdа qo‘llаnishi mumkin.
II BOB. UNDOV SO‘ZLARNING TILSHUNOSLIKDAGI TADQIQI VA O‘RGANILISH DARAJASI 2.1 Badiiy asarlarda qo‘llanilgan undov so‘zlarning maqsadi va estetik ta’siri
Urf-odatni ifodalovchi rahmat, marhamat, salom, xayr, barakalla, ofarin, balli,qulluq kabi so‘zlar urf-odat undovlari hisoblanadi. Undovlar boshqa so ‘zlar bilam grammatik aloqaga kirishmaydi. Ba’zan kishilarning undov so ‘zlar orqali ifodalagan his-hayajonini, buyruq-xitobini tasvirlash uchun undov so‘zlarga demoq, solmoq,tortmoq, urmoq singari fe’llar qo‘shilib keladi va qo ‘shma fe’llar hosil bo‘ladi:voy demoq, dod solmoq,oh urmoq,pisht demoq kabi. Undovlar undov ohangi bilan ajralib turadi. Lekin undov ohangi xilma-xildir. Bu undov so ‘zlarturli ohang bilan talaffuz qilinib, turli xil ma’nolarni ifodalashi mumkin. Masalan, Hay-hay buncha ma’zali (rohatlanish, zavqlanish), Hay-hay yigitlar bu yoqqa! (undash, ta’kidlash), Hay-hay, tegma (buyurish), Hay-hay shakkoklik qilmang (fikridan qaytarish) va boshqalar. Nutq jarayonida so ‘zlovchilarning yoshi, amali nuqtai nazaridan undovlardan foydalanish ham ma’lum darajada farq qiladi.
Badiiy asar tilining qator xarakterli xususiyatlari bor. Shulardan ba'zi birlarini eslab o'tsak .
1.Adabiy asar tili ( hikoyachi - muallif va personaj nutqi ) tipiklashtirilgan , ya'ni umumlashtirilgan va individuallashtirilgan tildir. "Garchi bu til mehnatkash ommaning so'zlashish tilidan olingan bo'lsa-da , deb uqtiradi M.Gorkiy , - o'zining bosh manbaidan tamomila farq qiladi . Chunki , tasvirlash yo'li bilan ta'riflar ekan yozuvchi o'zaro so'zlashishda ishlatiladigan barcha tasodifiy , vaqtincha kirib kelgan , mantiqsiz , fonetik jihatdan buzuq , turli sabablarga ko'ra asosiy " talabga " , ya'ni umumxalq tili tuzilishiga to'g'ri kelmaydigan so'zlarni olib tashlaydi.
Shunisi ham e'tiborliki , har bir yozuvchi asarida so'z qo'llash jarayonida ham o'z uslubini namoyon qiladi - natijada bir yozuvchining tili ikkinchi yozuvchining tilidan ozmi -ko'pmi farqlanib turadi .Masalan, Oybek romanlari tilida epiklikka , liriklikka moyillik sezilib tursa , A.Qahhor asarlari tilida esa kinoyalar , kesatiqlar , qochiriqlar ko'p uchraydi - unda hajviylikka moyillik bor.
Xususan , o'zbek romanchiligi asoschisi sifatida qaraladigan Abdulla Qahhorning ham asarlarida qo'llaydigan o'z tili mavjud. Buni "O'tkan kunlar " romanidan olingan quyidagi parchada ham ko'rishimiz mumkin: " Ammo siz hurmatlilarga ma'lumdirki , bizning shul Otabekdan o'zga farzandimiz bo'lmay , dunyoda qoldiraturg'on tuyoqimiz va ko'z tikkan orzu-havasimiz faqat shul Otabekdir "[4]. Abdulla Qodiriy asardagi ushbu xat orqali nafaqat Yusufbek hojining madaniylik darajasini ,balki , o'sha davr uchun xos bo'lgan til xususiyatlarini ham ochib bergan .E'tibor bersak ,Yusufbek hoji Otabekni faqat "farzandimiz " deb cheklanib qolmasdan unga "ko'z tikkan orzu-havasimiz " , " umid hadafimiz " kabi sifatlarni beradi. Oddiygina shu jumlalar ham o'sha davrdagi Yusufbek hoji singari zakiy insonlar nutqini tasvirlashda Abdulla Qodiriyning qanday betakror so'zlardan foydalanganligini yaqqol namoyon qiladi.
2.Chinakam san'at asarlari tili xalqchillik ruhi bilan sug'orilgan bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda san'at asarida qo'llanilgan har bir so'z , jumla , maxsus leksik resurslar va tasvir vositalari , poetic figuralar , so'z o'yinlari va hokazolarda ifodalangan fikrlar kitobxonlar ommasiga tushunarli bo'lishi -yozuvchi xalqning dilidagi , tilining uchidagini topib aytishi , xalq ruhi kayfiyatlarini , orzu-umidlarini ifodalashi kerak. Buning uchun yozuvchi ,albatta , kitobiy til va uslubdan qochishi , jonli xalq tili va uslubiga yaqinlashishi lozim[2]. Misol uchun , Abdulla
Qahhorning "Jonfig'on" hikoyasida er va xotin o'rtasidagi mojaro ustiga kelib qolgan uch-to'rt kishiga Malohatxon shunday deydi: " Sho'rginam qursin... ko'rmaysizlarmi ... Besh-olti yildan beri bitta paypoq olib bergani yo'q-ku , ishlab-ishlab topgan pulimga qilgan hamma kiyim-larimga kerosin sepib o't qo'ydi... Shu ustimdagi kiyimim bilan qoldim ..." Asarning tiliga nazar tashlaydigan bo'lsak , Abdulla Qahhor qo'llagan til xalq tiliga naqadar yaqin ekanligini ko'rishimiz mumkin. O'zbek ayollaridan ko'pchiligiga xos bo'lgan nutq xususiyatini yozuvchi aynan shu qisqa jumlalar yordamida teran ifodalay olgan . Bu , albatta , Abdulla Qahhorning tengsiz mahoratidan darak .
3.Badiiy asar tili - obrazli til . Yozuvchi o'z asarida bir qancha yo'llar bilan tilning obrazliligiga, tasviriyligiga erishadi. Shulardan biri maxsus badiiy tasvir vositalari , so'z o'yinlarini mohirona qo'llash yo'li bilan asar tilining obrazliligiga erishish/
Masalan , Hamid Olimjon " O'zbekiston " she'rida shunday obrazli iboralarni qo'llaydi
E'tibor qilaylik-a : shoir " O'zbekiston chiroyli " deb qo'ya qolmaydi , aksincha, uning chiroyliligini yosh kelinning go'zalligiga o'xshatadi - shu qiyos jarayonida O'zbekistonning go'zal jamolini o'quvchi ko'z o'ngida yorqin gavdalantiradi .Ikkinchi misrada esa shoir O'zbekiston vodiylarini yosh kelinning kokillariga o'xshatadi . Bu bilan o'lkamiz vodiylarining benihoya ko'rkamligini ifodalaydi .
Adabiy asar tilining poetikligi , obrazliligi , tasviriyligi asar g'oyasini , shuningdek , qahramon xarakterini jozibali qilib ochishga xizmat qiladi. Biroq , bundan faqat maxsus badiiy tasvir vositalarini qo'llash orqali asar tilining tasviriyligiga , obrazliligiga erishilar ekan-da , degan bir yoqlama xulosa chiqarish yaramaydi . Chunki , adabiy asar tilida o'z o'rnini topib ishlatilgan oddiy so'z va iboralar ham xarakter va manzaralarni aniq ifodalay oladi: binobarin, bunday so'z va iboralar ham tasvir vositasi rolini baja-radi.
Demak , yuqoridagi misollar orqali ko'rishimiz mumkinki , badiiy asar tili faqat murakkab shakllar va jumlalardan hamda har xil olib qochishlardan iborat bo'lmasligi lozim . Aksincha , asarlar tili hamma uchun sevimli , hamma uchun birdek o'qishli bo'lmog'i darkor.
Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-birlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilma-xil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq uslubi tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) uslub deb yuritiladi. Vazifaviy uslub deganda, tildan farq qiladigan qandaydir alohida narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.
Vazifaviy uslub nutq koʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, taʼsir etish vositasi boʻlishiga koʻra turli qismlarga boʻlinadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy uslublari mavjud: 1) soʻzlashuv uslubi; 2) rasmiy uslub; 3) ilmiy uslub; 4) publitsistik uslub; 5) badiiy uslub. Vazifaviy uslubni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Soʻzlashuv uslubi — kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining oʻziga xos amal qilishidir. Vazifaviy uslubning bu turi oʻziga xos ish koʻrsatish sharoiti, yaʼni fikr olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bilan, shuningdek, ohang vositalari, mimika, imo-ishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va frazeologik birliklarning, ekspressivemotsional vositalarning keng ishlatilishi bilan ajralib turadi. Masalan, farzand — jujuq, dunyodan oʻtmoq — jon bermoq, imtihondan oʻta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan soʻzlashuv uslubiga xos. Soʻzlashuv uslubi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik oʻziga xosliklarga ega. Rasmiy uslub (rasmiy ish qogʻozlari uslubi) — hozirgi oʻzbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir koʻrinishidir. Qonunlar matnlari, farmonlar, buyruq va koʻrsatmalar, shartnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar oʻrtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu uslub boshqa uslubdan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy uslubda soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish, erkalash qoʻshimchalarini olgan soʻzlar, koʻtarinki, tantanavor yoki shevaga oid soʻzlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan soʻzlar, oʻxshatish, mubolagʻa kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qogʻozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy toʻliqlikdan iborat zaruriy sifatlari undagi oʻziga xos soʻz qoʻllash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali taʼmin etiladi. Bu uslubdagi gap qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qogʻozlari (hujjatlar)da nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq boʻlakli gaplar koʻp qoʻllanadi. Rasmiy gap tarkibida odatdagi soʻz tartibiga qatʼiy rioya qilinadi. Rasmiy uslubda soʻroq va undov gaplar deyarli qoʻllanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Rasmiy ish qogʻozlari matnini tuzishda turgʻunlashgan, qoliplashgan soʻz birikmalaridan keng foydalaniladi. Masalan, buyruqda"... soʻm maosh bilan... lavozimiga tayinlansin", yoki xizmat yozishmalarida "Sizga...ni maʼlum qilamiz". "...ga korxona kafolat beradi" kabi qoliplashgan tuzilmalar qoʻllanishi mumkin.
Ilmiy uslub — fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifaviy uslubdir. Bu uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy uslubning bu turi terminologik va mavhum leksikaning, murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va shu kabilar bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy uslub oʻz ichida quyidagi mayda uslublarga boʻlinadi: ilmiy ish uslubi, ilmiy-texnik uslub, ilmiy-ommabop uslub, ilmiy-publitsistik uslub. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi atamalarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.
Publitsistik uslub vazifaviy uslubning bir turi boʻlib, u ijtimoiy, siyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va shu kabilar belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutqlar va shu kabilarda oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiy-siyosiy bilimlarni targʻib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga koʻproq taʼsir etadi. Publitsistik uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual uslubi deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, felyeton, badiiy publitsistik makrlarda tez koʻzga tashlanadi. Badiiy uslubda ham bu holat mavjud; rasmiy uslubda esa bunday xususiyat yoʻq. Publitsistik uslub baʼzi qoʻllanma va ilmiy adabiyotlarda "ommabop uslub", "matbuot uslubi" kabi atamalar bilan ham nomlanadi.
Badiiy uslub — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa uslubga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning koʻp ishlatilishi, soʻzlarning obrazli, koʻchmametaforik qoʻllanishi va shu kabi belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud boʻlgan barcha lugʻaviy birliklarning ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga — estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq uslubining oʻziga xos xususiyati deb qarash kerak boʻladi, chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy uslubda chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dagʻal soʻzlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmagani holda ularni badiiy uslubda oʻrni bilan qoʻllash mumkin. Vazifaviy uslubning hech birida til oʻzining tuzilish jihatlari, lugʻat tarkibi, yaʼni soʻzning maʼno boyligi va rang-barangligini, toʻgʻri va koʻchma maʼnolarni badiiy nutq uslubidagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, yaʼni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida soʻz ishlatish va soʻz tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib boʻlmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, soʻz tanlash yoʻsini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga bogʻlik boʻladi. Masalan, bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim soʻzlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bogʻliq. Masalan, bashar, samo, oraz, mujda soʻzlari, asosan, nazmda qoʻllanadi. Nasrda yoki soʻzlashuv nutqida esa bularning ma'nodoshlari — odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar soʻzlari keng qoʻllanadi. Badiiy nutq uslubida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari — inversiya, takror, oʻxshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradatsiya, ellipsis, ritorik soʻroqlarning badiiy uslubda faol qoʻllanishi bu uslubning oʻziga xos tarkibi mavjudligini koʻrsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
2.2. Modal, undov va taqlid so‘zlarni o‘qitishda o‘yin-topshiriqlardan foydalanish.
Bizga ma’lumki, bugungi kunda ona tili darsliklaridagi har bir mavzuni o‘quvchilarga o‘rgatishda, o‘qituvchidan ko‘p bilimga ega bo‘lishini talab etadi. Endilikda biz an’anaviy darsdan, noan’anaviy tarzda dars o‘tishimiz lozim. Biz bunga ko‘p narsani sabab qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Masalan: bugungi kun yoshlarini dunyoqarashi, kitoblarga bo‘lgan qiziqishdan ko‘ra telefon, internet o‘yinlariga bo‘lgan qiziqish ustunlik qiladi. Shuning uchun ham biz maktablarda dars o‘tayotganimizda mavzuga oid har bir mashqni ustida alohida ishlagan holda, o‘yin topshiriqlardan foydalanib o‘quvchilarni darsga qiziqtirishimiz kerak. Shu narsalarni organib chiqib 7-sinf maktab darsligi va Akademik litsey darsligidagi undov, taqlid, modal so‘zlar mavzusiga oid mashqlarni metodlar orqali o‘quvchilarga tahlil qildirib,xotirasida saqlab qoldirishga harakat qilmoqchiman. 7-sinf Ona tili darsligida undov, taqlid, modal so‘zlar uchun 8 soat dars ajratilgan bo‘lib, shundan undov so‘zlarga ajratilgan dars 3 soat va mavzuni mustahkamlash uchun 12 ta mashq berilgan.24 Endi undov so‘zlarni tahliliga to‘xtalib o‘tamiz. Darslikning 256-mashqida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini tushuntirish topshirig‘i berilgan. Bu mashqni bajarish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchisning diqqatini ajratib ko‘rsatilgan so‘zga qaratishni ta’minlaydi. Bu mashqni bajarish davomida “YULDUZCHA” usulida foydalanish kerak. Bu usulda o‘qituvchi o‘quvchilarga tarqatib chiqadi. Mashqda berilgan undov so‘zlarni yulduzchalarning orqasiga yozadi va doskadagi yulduzchalarning burchagiga joylashtirib chiqadi va ma’nosini tushuntirib beradi. Mashqdagi undov so‘zlar yulduzchalar orqasiga yozilgan bo‘lib, o‘quvchi to‘gri topsa savollar doskaga yopishtiriladi,topolmasa qutichaga qaytarib olinadi.
1.Dastlab ular Umidjonni ko‘rganda pisandsiz: «E, bu mishiqi bola-ku», – deyishar, biroq uning ertaklarini eshitgach, «Yo‘q, bu bola emas, dunyo ko‘rgan chol ekan», – deya tan berib ketisharkan. (N. Aminov) 2. Abduqodir «tss» deb barmog‘ini labiga qo‘ydi. (O‘. Umarbekov) 3. – Xo‘sh, ishlar yaxshimi, Hotamjon? – so‘radi Mirsidiq aravacha yonida bitta-bitta odim bosib borishar ekan. (O‘. Umarbekov) 4. Faryodim, fig‘onim butun bir jahon, Eymuhtaram shoir, izladim, keldim. (S. Dolimov) 5. Voy, shoshmang, diydorginasiga bir to‘yvolay. (Said Ahmad)
Darslikning 257-mashqida chu, o‘h-ho‘, labbay, ey undovlarini qatnashtirib gaplar yozish va undov so‘zlarning turini aytish topshirigi berilgan. Biz, bu topshiriqni o‘quvchilarga o‘rgatishda manzarali rasmga qarab, hikoya yoki matn tuzish topshirig‘ini bajartirishimiz lozim. O‘quvchilarni boshlang‘ich sinflardan boshlab mustaqil fikrini bayon qila olishini shakllantirib, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishimiz kerak. O‘quvchilarning yozgan hikoyalarini bir biriga tekshirtiradigan bo‘lsak, o‘zlari uchun dars davomida takrorlatgan bo‘lamiz.
Darsliknin 258-mashqida gaplarni o‘qing va undov so‘zlarni ajratib, ma’nosini tushuntiring deyilgan bo‘lib, har bir mashq uchun qo‘llanilayotgan usullarimiz darsni samarali, qiziqarli va jonli o‘tishini ta’minlashga yordamlashishi kerak. Bu mashq “Mustaqil fikr” usulidan foydalanamiz. Bu usulni qo‘llash uchun ikkita o‘quvchini doskaga chiqarib, bitta o‘quvchi mashqdagi gaplarni o‘qiydi, ikkinchi o‘quvchi o‘qilgan har bir gapdagi undov so‘zlarni qatnashtirib yangi misol aytishi kerak bo‘ladi.
Masalan: 1. – Hay, shoshma, – dedi Zebi. (Cho‘lpon) 1. Xo‘sh, biron bir gapingiz bormi? 2. Hoy, nima balo bo‘ldi? – deb alangladi Inoyat oqsoqol. (Said Ahmad) 3. Voy, nimalarni o‘ylayapman men? (Asqad Muxtor)4. Oho, jiyaningiz vazir bo‘pti-ya! – deya xursandchiligini izhor qildim. (Sh. Bo‘tayev) 5. O! Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan. (Abdulla Qahhor)6. O‘h! – deb yubordi bir yigitcha. (Said Ahmad)
Mavzu bo‘yicha dars davomida egallagan bilimlarini amaliyotda qanday qo‘llay olishini bilish maqsadida, ushbu 259-mashq berilgan va bunda uyga vazifa sifatida.«O‘zbek xalq ertaklari» kitobidan “Susambil”ertagidan undov so‘zlar qatnashgan gaplardan yozing va undovlarning ma’no turlarini ajrating deyilgan. Biz bilamizki xalq og‘zaki ijodida, tilshunoslikning har bir bo‘limiga oid rang- barang namunalarni ko‘rishimiz mumkin. Bir narsaga e’tibor qaratishimiz zarur ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalarida litota, giperbola, mubolag‘alardan keng qo‘llanganligi natijasida undov, taqlid, modal so‘zlarga duch kelamiz. O‘quvchilarga qancha ko‘p erkin insholar yozdirsak va ularning yozgan insholarida yol qo‘ygan xatolarini tahlil qilib boraversak, ularning ham imloviy,ham punktuatsiyon xatolarini kamayishiga yordam bergan bo‘lamiz.
Dostları ilə paylaş: |