Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Ta’lim oluvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini nazorat qilish



Yüklə 99,33 Kb.
səhifə19/22
tarix02.01.2022
ölçüsü99,33 Kb.
#41529
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
avazboyev ochiq dars

6. Ta’lim oluvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini nazorat qilish. Nazorat qilishning 2 turi mavjud. Birinchidan, ta’lim oluvchilarning о‘quv faoliyatini doimiy kuzatish, ikkinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimlari va malakalarini tekshirish.

Nazariy ta’lim jarayonida nazorat qilishning asosiy metodlari, ta’lim oluvchilarning bilimlarini og‘zaki hamda yozma tekshirish, nazorat ishlari, texnik diktant о‘tkazish, texnik hujjatlar mazmuni muhokama qilish. Nazariy ta’limda ta’lim oluvchilarning bilimlarini amaliyotda qо‘llay olishini nazorat qilish, sxemalarni yig‘ish, о‘lchash, mexanizmlarni tuzatish, buzilish sabablarini aniqlash va boshqalar. Bu metodga yana laboratoriya – amaliy ishlar orqali tekshirishni ham kiritish lozim.

Ishlab chiqarish ta’limi jarayonida ta’lim oluvchilarning о‘quv ishlab chiqarishda bajargan va bajarayotgan nazorat qilishning asosiy metodlari joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar sanaladi.

Pedagogik adabiyotlarda ta’lim oluvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini nazorat qilish metodlari, turlari va shakllari tо‘liq kо‘rsatib berilgan. Shu bois yangi turdagi nazorat turlari tо‘g‘risidagina tо‘xtalib о‘tamiz.

Tashhisli nazorat turlaridan biri – test о‘tkazish. Testli nazoratning asosi test hisoblanadi, u ikki unsurdan iborat: vazifa va etalon – vazifani tо‘g‘ri, sifatli bajarish uchun namuna, ta’lim oluvchilar bilimlarini taqqoslash.

Nazariy ta’lim jarayonida test 2 usulda о‘tkaziladi.

Birinchisi – tashkil qiluvchi sifatida, dasturlashtirilgan ta’lim, nazorat (dasturiy nazorat), qayta aloqa tizimi. «Ta’lim oluvchi – texnikada dasturli ta’lim – о‘qituvchi», «ta’lim oluvchi – dasturli ta’lim – о‘qituvchi»

Ikkinchi usul – mustaqil nazorat qilish metodi. Ishlab chiqarish ta’limida test о‘z-о‘zini mustaqil nazorat qilish metodi hisoblanadi. Ishlab chiqarish ta’limi о‘quv jarayonining har bir bosqichda testlar о‘tkazish mumkin.




Yüklə 99,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin