Nazariy ta’limda ta’lim oluvchilarning bilim va kо‘nikmalarini test orqali tekshirish
Ta’lim oluvchilarning bilim va kо‘nikmalari ularning faoliyatlarida kо‘rinadi, foydalanilgan axborotlar reproduktiv va produktiv bо‘lishi mumkin. Qar bir tur о‘quv faoliyatda mustaqil yoki muayyan yordam bilan bajarilishi mumkin.
Reproduktiv faoliyatda aytib berish orqali о‘qituvchilar tomonidan aniqlik kiritish, yо‘riqnoma, ma’lumotnoma, kitob va boshqa axborot manbalari asosida faoliyatni tо‘g‘ri bajarilishiga yordam beradi.
Produktiv faoliyatda yordam berishning asosi – algoritm va faoliyat turlari, ularning vazifalar bо‘yicha yangi algoritmlar olishdir. Mustaqil produktiv о‘quv faoliyatida – izlanish unsurlari, о‘quv ijodiyoti, mustaqil faoliyat yuritish, ta’lim oluvchilarda yangi bilim va kо‘nikmalarni subyektiv shakllantirish.
Ta’lim oluvchi qobiliyatiga kо‘ra ta’lim faoliyatini turli darajalarga jalb etilishi mumkin, ularning har birini о‘z maqsadlari bor. Qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan 4 darajani kо‘rsatish mumkin.
1. Tanib olish.
2. Tipovoy.
3. Evristik.
4. Ijodiy.
I - darajadagi testlar ta’lim oluvchilarga obyekt tо‘g‘risida ma’lumotlar berish xarakatlarni bajara olishlarini tekshirish uchun mо‘ljallangan. Bunday testlarga: tanib olish testlari, turli xil testlar misol bо‘ladi.
II-darajadagi testlar – ta’lim oluvchilar mustaqil bilimni aqlan qabul qilishlari va avval egallangan bilimlarni qо‘llashlari uchun mо‘ljallangan. Ularga – tipovoy mashq testlari, javoblarni loyihalash testlari, tipovoy vazifa testlari.
III-darajadagi testlar – ta’lim oluvchilar qobiliyatini evristik tipdagi produktiv xarakat orqali aniqlash, ularga tipovoy bо‘lmagan vazifa va tipovoy bо‘lmagan masalalarni hal qilish.
IV-darajadagi testlar – egallagan bilimlardan ijodiy foydalanish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, ularga – muammoli testlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |