Testning qanday turlarini bilasiz, faoliyatingizda qaysilaridan foydalangansiz?
Test (ing. test — sinash, tekshirish) (psixologiyada) — shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati,
irodaviy
sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qoʻllaniladigan
qisqa standart mashklar. Ijtimoiy amaliyotda T. odamning qanday kasbhunar egallashi
mumkinligi, uning kasbga layokati yoki layoqatsizligini, isteʼdodli
yoki akdi zaifligini
aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qoʻllaniladi. Uning
yerdamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi,
tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi,
toʻplangan amaliy maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik koʻrsatkichi
bir necha mezonlarga
asoslanib tax,lil qilinadi. T.ning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822—1911)
ishlab chiqqan (1883). "T." terminini birinchi marta amerika psixologi Jeyms Kettell (1860—
1944) qoʻllangan (1890). U T.lar yerdamida tanaga taʼsir etuvchi qoʻzgʻatuvchilarning idrok
qilinishi vaqtini, refleks tezligini,
reaksiya muddatlarini, teriga taʼsir oʻtkazishda hosil boʻluvchi
ogʻriq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qolish darajalarini aniklash mumkin, deb hisobladi.
Fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi T. Simon insonning akliy oʻsishi va isteʼdodi
darajalarini oʻlchash imkoniyati borligi gʻoyasini olgʻa surganidan keyin akliy T.lar
nazariyasi
keng yoyidsi. Miqdoriy maʼlumotlarni statistika metodikalari yerdamida hisoblab chiqish yuzaga
keldi. Amerikalik Lyuis Permen (1877—1955) insonlarning akliy qobiliyatlarini uzluksiz 50-yil
davomida oʻrgangan.
Hozirgi davrda T.lar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erishuv T.lari (bilimlarni oʻlchashga
qaratilgan); akliy T.lar (zehn, aklidroq, aklzakovat, isteʼdodni aniklashga yoʻnaltirilgan);
ijodiyot
T.lari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy moʻljal T.lari (oʻquv yoki
kasbiy bilimlar va topshiriklarni qaysi koʻnikma, malaka, xattiharakat tizimi orqali oʻlchash
mumkinligi); shaxsga oid T.lar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni oʻlchashga
aloqador); proyeksiyaviy T.lar (tashqi taʼsirsiz shaxs oʻzini oʻzi oshkor qilishiga moʻljallangan)
va boshqa