Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti fakultet: tarix mustaqil ish mavzu: Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalari hukmronligi) boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI FAKULTET: TARIX MUSTAQIL ISH Mavzu: Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalari hukmronligi) boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari Bajardi: 402 – guruh talabasi Eminova Zarifa Tekshirdi: Z.A. Ilhomov
Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri). Balx ko’li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo’lgan ulkan xududlar XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala boshlandi. 1236 yilda Botuxon tomonidan bu yerdagi qipchoq va boshqa turkiy qabilalarbo’ysunbirilib, Oltin O’rda davlatiga asos solindi. XIV asr boshlarida bu davlat ikki qismga bo’linib ketdi va Sharqiy qismi Oq O’rda yoki manbalarda o’zilishicha «O’zbeklar mamlakati» deb yuritila boshlandi. XV asr o’rtalarida Jo’chining beshinchi o’g’li Shaybon urug’idan bo’lgan Abulxayrxon (1412-1468) ko’chmanchi o’zbeklar davlatiga asos soldi. Abulxayrxon davrida kuchaygan bu davlat uning vafotidan so’ng inqirozga uchray boshladi.
XV asrning 80-yillarida ko’chmanchi o’zbeklar davlati Muhammad Shoxbaxt Shayboniyxon (1451-1510) tomonidan qayta tiklandi va tez orada ancha kuchayib, o’sha vaqtda ichki siyosiy kurashlar oqibatida inqirozga uchrab, parokandalik xukm surgan Temuriylarning ichki siyosiy kurashlariga ham ta’sir o’tkaza boshladi. XVI asr dastlabki o’n yilligida temuriylarning Movarounnaxr va Xurosondagi barcha mulklarini Shayboniyxon bosib oldi va bu yerda o’z davlatiga asos soldi. Muhammad Shayboniyxon, Abusaidxon (1529-1533), Ubaydullaxon (1533-1539), kabi xonlar hukmronlik qildi. Abdullaxon I ning qisqa hukmronligi (15401541) dan so’ng mamlakatda qo’sh-hokimiyatchilik vujudga keldi. Ya’ni bir davlatda ikki hukmdor paydo bo’ldi.
Biri – Ubaydullaxonning o’g’li Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi – Ko’chkunchixonning o’g’li Abdulatifxon Samarqandda hukmdorlik qila boshladilar. Buxoro Abdullaxon II hukmronligi davrida Mamlakatdagi parokandalikka chek qo’yish uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni qonli urushlarsiz amalga oshirib bo’lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hukmdori Iskandar Sultonning o’g’li Abdullaxon II (1534-1598) chiqdi.