Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti fakultet: tarix mustaqil ish mavzu: Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalari hukmronligi) boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə3/4
tarix13.06.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#129497
1   2   3   4
Buxoro xonligi

Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. Chunonchi, 1574-yili Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yili Toshkent va Farg’onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etdi va o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi. Shundan keyin uning davlati sarhadlari janubda Hirotdan Mashhadgacha, shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko’lgacha yetdi. Butun Movarounnahr, Xorazm va Xuroson yana yagona hukmdor qo’li ostida birlashtirildi. XVI asr oxirlariga kelib Buxoro xonligi nisbatan markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Shunday qilib, XVI asrdagi davlatchiligimiz tarixida yetakchi sulola – shayboniylar sulolasi bo’ldi. Bu sulola o’zbek davlatchiligi rivojiga ma’lum darajada hissa qo’shdi. Sulolaning eng qudratli vakili Abdullaxon II davrida esa o’zbek davlatchiligi o’z tarixida yana bir bor yuksak darajaga ko’tarila oldi. Shayboniylar sulolasi hukm ronligining barham topishi – Abdullaxon II mamlakatni birlashtinsh yo’lida shaybomy sultonlarining markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib bordi. Bu maqsad yo’lida qarindoshlariga ham shafqat qilrnadi. Abdullaxon II garchand davlatni markazlashtira olgan bo’lsa-da, davlatdagi ichki nizolarga tola barham bera olmadi. Shunday qilib, Abdullaxon II vafotidan atigi 3 yil o’tgach, bir asr davom etgan shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi. Shayboniy Abdullaxon II 1598-yil fevral oyida vafot etgach, taxtga uning o’g’li Abdulmo’min o’tqizildi. Biroq o’sha yili -1598-yil iyul oyida Abdulmo’min fitnachilar tomonidan O’ratepa va Zomin oralig’ida o’ldirildi. Undan qolgan ikki yashar o’g’ilning xonlik huquqini hech kim tan olmadi.

Buxoroning bir guruh amirlari shayboniylardan Ibodulla Sultonning o’g’li Abdulaminni xon qilib ko’tarishga urindilar. Shayboniylarning boshqa guruhi esa Abdullaxon II ning jiyani, Sulaymon Sultonning o’g’li Balx hokimi Pirmuhammadni shayboniylarning oliy xoqoni deb e’lon qiladilar. Ichki kurash natijasida Pirmuhammad Balxdan chaqirib olinadi va taxtga o’tqiziladi.

  • Buxoroning bir guruh amirlari shayboniylardan Ibodulla Sultonning o’g’li Abdulaminni xon qilib ko’tarishga urindilar. Shayboniylarning boshqa guruhi esa Abdullaxon II ning jiyani, Sulaymon Sultonning o’g’li Balx hokimi Pirmuhammadni shayboniylarning oliy xoqoni deb e’lon qiladilar. Ichki kurash natijasida Pirmuhammad Balxdan chaqirib olinadi va taxtga o’tqiziladi.
  • Ichki nizolar tufayli Buxoro xonligida sodir bo’lgan og’ir vaziyatdan foydalangan Eron hukmdori shoh Abbos bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egallaydi. Xorazm esa xonlik tasarrufidan chiqib, davlat mustaqilligini tiklab oldi. Ayni paytda, qozoq xoni Tavakkal Movarounnahrga qo’shin tortib, Axsi, Andijon, Toshkent, Samarqandni egallab, Buxoro tomon yurdi. Xurosondan Buxoroga yetib kelgan Pirmuhammadxon Buxoro himoyasiga kirishdi. Xonlikning ko’pgina amirlari o’z qo’shinlari bilan Pirmuhammadxonga qo’shildi. Tavakkal Buxoroni 2 oy davomida qamal qilsa-da, uni ololmay Samarqand tomon chekindi, Pirmuhammadxon qo’shinlari uni ta’qib etib, 1599-yil avgust oyi oxirlarida Miyonqolning Uchqora mavzeyiga yetib oldilar va shu yerda bo’lgan jangda Tavakkal qo’shinlari tor-mor keltirildi. Movarounnahr hududi ozod etildi, qozoq lashkarlari Dashti Qipchoqqa chekindi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin