Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti fakultet: tarix mustaqil ish mavzu: Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalari hukmronligi) boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlari

Yüklə 1,74 Mb.
səhifə2/4
tarix13.06.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#129497
1   2   3   4
Buxoro xonligi

Biri – Ubaydullaxonning o’g’li Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi – Ko’chkunchixonning o’g’li Abdulatifxon Samarqandda hukmdorlik qila boshladilar. Buxoro Abdullaxon II hukmronligi davrida Mamlakatdagi parokandalikka chek qo’yish uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni qonli urushlarsiz amalga oshirib bo’lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hukmdori Iskandar Sultonning o’g’li Abdullaxon II (1534-1598) chiqdi.

Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo’ybor qishlog’ida istiqomat qiluvchi, g’oyatda katta nufuzga ega bo’lgan shayx Muhammad Islom (1493-1563)ning ixlosi baland bo’Iganligi Abdullaxonga bu kurashda juda katta madad bo’ldi. XVI asrning ikkinchi yarmida Shayx Muhammad Islom, keyinchalik uning o’g’li Shayx Abubakr Sa’d Buxoroda shayxulislom lavozimini egallagan edilar.

1556-yil Muhammad Islomning ko’magida Abdullaxon amalda Buxoro taxtini egallaydi. Abdullaxon II avval amakisi, Balx va Badaxshon hukmdori Pirmuhammadni (1557-156!), keyin otasi Iskandarxonni (1561 – 1583) xon deb e’lon qilgan bo’lsa-da, amalda mamlakat hukmdori Abdullaxon II ning o’zi edi. Buxoro xonligi (Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri).

Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. Chunonchi, 1574-yili Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yili Toshkent va Farg’onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etdi va o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi. Shundan keyin uning davlati sarhadlari janubda Hirotdan Mashhadgacha, shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko’lgacha yetdi. Butun Movarounnahr, Xorazm va Xuroson yana yagona hukmdor qo’li ostida birlashtirildi. XVI asr oxirlariga kelib Buxoro xonligi nisbatan markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Shunday qilib, XVI asrdagi davlatchiligimiz tarixida yetakchi sulola – shayboniylar sulolasi bo’ldi. Bu sulola o’zbek davlatchiligi rivojiga ma’lum darajada hissa qo’shdi. Sulolaning eng qudratli vakili Abdullaxon II davrida esa o’zbek davlatchiligi o’z tarixida yana bir bor yuksak darajaga ko’tarila oldi. Shayboniylar sulolasi hukm ronligining barham topishi – Abdullaxon II mamlakatni birlashtinsh yo’lida shaybomy sultonlarining markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib bordi. Bu maqsad yo’lida qarindoshlariga ham shafqat qilrnadi. Abdullaxon II garchand davlatni markazlashtira olgan bo’lsa-da, davlatdagi ichki nizolarga tola barham bera olmadi. Shunday qilib, Abdullaxon II vafotidan atigi 3 yil o’tgach, bir asr davom etgan shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi. Shayboniy Abdullaxon II 1598-yil fevral oyida vafot etgach, taxtga uning o’g’li Abdulmo’min o’tqizildi. Biroq o’sha yili -1598-yil iyul oyida Abdulmo’min fitnachilar tomonidan O’ratepa va Zomin oralig’ida o’ldirildi. Undan qolgan ikki yashar o’g’ilning xonlik huquqini hech kim tan olmadi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin