Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti “Ona tili o‘qitish metodikasi ” fanidan



Yüklə 290,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix21.12.2023
ölçüsü290,43 Kb.
#187880
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
NURMETOVA NAFOSATXON

ishchi, suvchi, gulchi
so’zlarini taqqoslash, ma’nosiga 
ko’ra o’xshash tomonini belgilash 
(biror ishni, vazifani bajaradigan kishini – 


shaxsni bildiradi), 
so’zning qaysi qismi bajaruvchi shaxs ma’nosini 
bildirayotganligini aniqlash 
(so’z yasovchi qo’shimcha
 -chi
). 
Uchinchi guruh mashqlar
ga matnni leksik-grammatik va leksik-stilistik 
tahlil qilishga oid vazifalar kiradi. Masalan, matndan o’zakdosh so’zlarni topish, 
ularning ma’nosidagi farqni aytish, bu farq so’zning qaysi qismi yordamida 
berilayotganini aniqlash; berilgan so’zlardan namunadagidek gap tuzish (masalan, 
Soatsoz soatni tuzatdi. Traktorchi yerni traktor bilan haydaydi); 
o’zakdosh 
so’zlarni aniqlash va tarkibiga ko’ra tahlil qilish va h.k. 
Shakl yasovchi qo’shimchalarni o’rganish xususiyatlari. Har bir 
morfemaning lingvistik mohiyatida o’ziga xoslik bo’lib, uni o’rganish metodikasi 
ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shakl yasovchi qo’shimchada grammatik 
vazifa yetakchi hisoblanadi, bu bilan u so’z yasovchi qo’shimchadan 
farqlanadi.Shakl yasovchi qo’shimcha so’zning grammatik ma’nosini ifodalovchi 
vosita hisoblanadi. O’quvchilar so’zning grammatik ma’nosini bilmay turib shakl 
yasovchi qo’shimchaning vazifasini ham
anglab yetmaydilar. Bundan tashqari, 
shakl yasovchi qo’shimcha bir necha ma’no ifodalaydi (masalan, 
kitobni o’qidim 
so’z birikmasidagi 
-m 
I shaxs birlik ma’nosini bildiradi).Shakl yasovchi 
qo’shimchani o’rgatishda uning mana shu xususiyatlari hisobga olinadi, 
boshlang’ich sinf o’quvchilari uning ikki belgisi bilan (so’z shaklini o’zgartirishi 
va gapda so’zlarni bir-biriga bog’lashi bilan) amaliy tanishtiriladi.O’quvchilar 
otlarda birlik va ko’plik, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar, otlarning egalik va kelishik 
qo’shimchalari bilan o’zgarishi, kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi, 
fe’llarda shaxs-son, zamonni (IV sinf) o’rganishlari bilan bog’liq holda ularning 
shakl yasovchi qo’shimcha haqidagi bilimlari asta-sekin chuqurlashtirila 
boriladi.O’quvchilarda gapda so’zlar shakl yasovchi qo’shimcha yordamida 
bog’lanishi haqidagi dastlabki tasavvur mashqlarni bajarish jarayonida hosil 
qilinadi. Masalan, gapning mazmuniga mos ravishda ajratib berilgan so’zning 
shaklini so’roqlardan foydalanib o’zgartirish va u so’z gapdagi qaysi so’z bilan 
bog’langanini aniqlash so’raladi: 
O’quvchi 
(nimani?) 
kitob... sevadi. U 
(nimadan?) 
kitob... yaxshi foydalanadi? 
O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida 
“So’zning shaklini 
nima uchun o’zgartirishga to’g’ri keldi? So’z shaklini o’zgartirish bilan nimaga 
erishildi?” 
savollariga 
javob 
beradilar.
O’quvchilar shakl yasovchi qo’shimchalarning sintaktik vazifasini gapda 
so’zlarning bog’lanishi va so’z birikmasini o’zlashtirish jarayonida 
o’zlashtiradilar. O’quvchilarning so’zlarning bog’lanishi haqidagi bilimi elementar 
xarakterda bo’lsa ham, ularning so’z birikmasidagi so’zlar ma’no va grammatik 
jihatdan shakl yasovchi qo’shimchalar yordamida bog’lanishini tushunishiga 
erishiladi. O’quvchilar ot va kishilik olmoshlarining kelishik qo’shimchalari bilan 
turlanishini o’rganganlaridan so’ng gapda ma’no va grammatik jihatdan o’zaro 
bog’langan so’zlarni ajrata olish va nimalar yordamida bog’langanini tushuntirish 


17 
ko’nikmalariga ega bo’lishlari mumkin, so’ngra shakl yasovchi qo’shimchalarning 
sintaktik vazifasini o’zlashtira boshlaydilar.O’quvchilar har bir morfemaning 
vazifasini boshqa morfemalar bilan qiyoslab ko’rsatish talab qilingan vazifani 
bajarish jarayonida shakl yasovchi qo’shimchaning o’ziga xos xususiyatini yaxshi 
o’zlashtiradilar. Masalan, o’zakdosh so’zlar tanlash vazifasini bajarish davomida 
so’z yasash uchun qanday morfemalardan foydalanilgani, so’z yasovchi 
qo’shimcha tufayli so’zning ma’nosi qanday o’zgargani aniqlanadi. SHundan 
so’ng o’quvchilarga “Otni shunday o’zgartiringki, u birlikni emas, ko’plikni 
bildirsin” topshirig’i beriladi. Bolalar bu vazifani bajarib, otga shakl yasovchi 
ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda, so’zning leksik ma’nosi o’zgarmaganini, faqat 
shakli o’zgarganini, ko’plik bildirganini aytadilar. So’z yasovchi qo’shimcha bilan 
shakl yasovchi qo’shimchalarni taqqoslash orqali o’quvchilar shakl yasovchi 
qo’shimchaning so’z shaklini o’zgartirishdagi o’rnini yaqqol ko’radilar.

Yüklə 290,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin