31
VI bosqich. Darsni yakunlash.
Dars davomida faol ishtirok etgan guruh va enf faol o`quvchilar to`plagan rag`bat
kartochkalariga mos reyting ballari bilan taqdirlanadilar.
Uyga vazifa
129-mashq. Maqol va hikmatlarni oʻqing. Ularning ma’nolarini
izohlang.
1.
Doʻst bilan sirdosh boʻl,
Ishiga dim qoʻldosh boʻl.
2.
Odobli oʻgʻil – koʻkdagi yulduz,
Odobli qiz – yoqadagi qunduz.
3.
Suvsiz hayot boʻlmas,
Mehnatsiz rohat boʻlmas.
4.
Hamisha chiroyli, ochiq va mazmundor soʻzlashga harakat qil.
Soʻz yasovchi qoʻshimcha olgan soʻzlarni aniqlab tarkibiy qisimlarga
ajrating
va tegishlicha belgilang.
Terak mevasiz
daraxt.
Nazira mening
sinfdoshim
III. XULOSA
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so`z tarkibi
va yasalish usullarini
o`rganishda quyidagi jihatlarga e`tibor qaratish lozim deb o`ylayman:
-o`qituvchi
bayonining
o`quvchilar
ongiga
to`la
yetib
borishi;
-barcha o`quvchilarning darsga faol va ongli munosabatda bo`lishi;
-dars jarayonida ta`limning eng so`nggi va interfaol usullaridan hamda
pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
-har bir savol va tushunchaning o`qituvchi tomonidan
qisqa va tushunarli
ifoda etilishi;
-o`quvchilar ishtirokida xilma-xil mazmundagi o`quvchilar nutqini o`stirishga
qaratilgan qiziqarli savol va topshiriqlar va mustaqil ishlarni tashkil etish.
-o`rganilgan mavzu yuzasidan suhbat o`tkazish, takrorlash
orqali bilimlarni
umumlashtirish;
-tushunchalarni mustaqil o`zlashtirish;
-o`quvchilarning
nutq
madaniyatini,
mustaqil
fikrlash
qobiliyatini
rivojlantirish, faolligini oshirish, bilim, ko`nikma
va malakalarini shakllantirish;
-o`quvchilarni o`zaro ishonch, mustahkam e`tiqod va jamoatchilik ruhida
tarbiyalash;
-muhimni
nomuhimdan
ajratish,
tegishli
xulosa
chiqarish.
Ona tili darslarini tashkil etishni mazmun jihatdan quyidagi guruhlarga bo`lib
o`rgandik.
1. O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o`stirish
yuzasidan
qo`shimcha ishlashga qaratilgan savol va topshiriqlar.
2. O`quvchilarning ijodiy tafakkuri va nutqini o`stirishga, shuningdek, darsda
o`zlashtirgan bilimlarini mustahkamlashga doir savol va topshiriqlar.
3. O`quvchilarning ona tili fanidan o`zlashtirgan tushunchalarini
rivojlantirishga qaratilgan savol-topshiriqlar.
4. O`quvchilarga tushunilishi qiyin bo`lgan so`zlar, atamalar ma`nosini
izohlashga qaratilgan savol-topshiriqlar.
5. O`quvchilarga ma`naviy-axloqiy
tarbiya berish, dunyoqarashini
tarbiyalashga qaratilgan savol-topshiriqlar.
O`quvchi tilga muhabbat bog`laydi, uni qunt bilan o`rganishga dadil qadam
tashlaydi. Topshiriq o`quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda, ularni mehnat
faoliyati va mustaqil turmushga tayyorlashda muhim rol o`ynaydi. U topshiriq orqali
o`quv qiyinchiliklarini sabot
va matonat bilan yengishga, mustaqil ishlash va o`z
bilimini mustaqil oshirib borishga o`rganadi.
Ona tili fanidan o`quv topshiriqlari 3-sinf o`quvchisining individual-psixik
xususiyatlari: xotira, iroda, xarakter, qobiliyat kabilarni shakllanishiga xizmat qiladi.