11
3. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so`z tarkibini o’rganishda dars
samaradorligini oshirish.
Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so’zning morfemik tarkibi III
sinfda o’rganiladi. IV sinfda so’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq
holda
so’zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko’zda tutiladi.
Avvalo, til materialini o’rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur.
Til materialini o’rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi
va o’zaro bog’lanishdagi bilimlar yig’indisini o’zlashtirishni ta’minlaydigan
maqsadga qaratilgan jarayon,
shuningdek, shu asosda amaliy ko’nikmalarni
shakllantirish tushuniladi. So’zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so’z
yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o’zlashtirish:
1) dastur materialini o’rganish tizimida so’zning
morfemik tarkibini
o’rganishning o’rni bilan;
2) “o’zak”, “o’zakdosh so’z”, “so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl yasovchi
qo’shimcha” tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan;
3) so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishining o’zaro bir-biriga ta’sir
qilishi bilan;
4) morfemalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish ustida
ishlash bilan
bog’liqligini belgilab beradi.
8
Mavzuni o’rganishda to’rt bosqich ajratiladi:
BIRINCHI BOSQICH
– so’z yasalishini o’rganishga tayyorgarlik
bosqichi. Bu bosqichning vazifasi – o’quvchilarni bir xil o’zakli so’zlarning ma’no
va tuzilishiga ko’ra bog’lanishini tushunishga tayyorlash.
Bunday vazifaning
qo’yilishiga sabab, birinchidan, so’zning ma’no va tuzilishi jihatidan bog’lanishini
tushunish, o’zining lingvistik mohiyatiga ko’ra, bir xil o’zakli so’zlarni va so’z
yasalishini o’zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga
asos bo’lgan so’zlar bir-biri bilan ma’no va tuzilishi jihatidan bog’lanadi:
ish –
ishchi, g’alla – g’allakor.
Ikkinchidan, o’quvchilar bir xil o’zakli so’zlarni va
morfemalarni o’rganishda qiyinchiliklarga duch keladilar: ular bir xil o’zakli
so’zlarnnng ma’nolaridagi umumiylikni
tushunishda qiynaladilar, chunki ularda
mavhum tafakkur hali yetarli rivojlanmagan bo’ladi; o’zak, so’z yasovchi va shakl
yasovchi qo’shimchalarning vazifalarini o’zlashtirishda ularga bir xil o’zakli
so’zlarning ma’no va tuzilishi jihatidan o’xshashligi va farqini aniqlash anchagina
qiyinlik qiladi. SHuning uchun so’zning morfemik tarkibini maxsus o’rganishdan
8
. B. Ma’qulova, T. Adashboyev. Kitobim - oftobim (4 -sinf uchun sinfdan tashqari o'qish kitobi). —
Т.: “O'qituvchi”, 1999.
oldin
uning
ma’no
va
tarkibiga
ko’ra
yaqinligi
kuzatiladi.
I sinfda kuzatish o’rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so’zlarning
ma’nosini, yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog’lanadi.
I sinfda
kim?, nima?
So’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni o’rganish jarayonida o’qituvchi va
o’quvchilarning
“Nima uchun u yoki bu narsa shunday nomlangan?”
savoliga
birgalikda javob topishi ularni bir xil o’zakli so’zlar o’rtasidagi munosabatni
tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga
javob topish bilan o’quvchilar
“Nega so’zlar o’zakdosh hisoblanadi?”, “Bir
so’zdan boshqa so’z qanday hosil bo’ldi?”
savollariga
javob berishga
tayyorlanadilar.Tilda juda ko’p so’zlar shaxs va narsaning nomi hisoblanadi.
SHuning uchun o’quvchilar bilan nega shaxs yoki narsa shunday nomlanganini
aniqlashdan asta-sekin tildagi bir so’z bilan ikkinchi so’z o’rtasidagi bog’lanishni
aniqlashga o’tish mumkin. Masalan,
“Nega kishilar paxta ko’p ekilgan joyni
paxtazor
Dostları ilə paylaş: