Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti “Ona tili o‘qitish metodikasi ” fanidan



Yüklə 290,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix21.12.2023
ölçüsü290,43 Kb.
#187880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
NURMETOVA NAFOSATXON

 
 


11 
3. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so`z tarkibini o’rganishda dars 
samaradorligini oshirish.
Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so’zning morfemik tarkibi III 
sinfda o’rganiladi. IV sinfda so’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda 
so’zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko’zda tutiladi.
Avvalo, til materialini o’rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur.
Til materialini o’rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi 
va o’zaro bog’lanishdagi bilimlar yig’indisini o’zlashtirishni ta’minlaydigan 
maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko’nikmalarni 
shakllantirish tushuniladi. So’zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so’z 
yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o’zlashtirish: 
1) dastur materialini o’rganish tizimida so’zning morfemik tarkibini 
o’rganishning o’rni bilan; 
2) “o’zak”, “o’zakdosh so’z”, “so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl yasovchi 
qo’shimcha” tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan;
3) so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishining o’zaro bir-biriga ta’sir 
qilishi bilan; 
4) morfemalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish ustida ishlash bilan 
bog’liqligini belgilab beradi.
8
Mavzuni o’rganishda to’rt bosqich ajratiladi:
BIRINCHI BOSQICH
– so’z yasalishini o’rganishga tayyorgarlik 
bosqichi. Bu bosqichning vazifasi – o’quvchilarni bir xil o’zakli so’zlarning ma’no 
va tuzilishiga ko’ra bog’lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning 
qo’yilishiga sabab, birinchidan, so’zning ma’no va tuzilishi jihatidan bog’lanishini 
tushunish, o’zining lingvistik mohiyatiga ko’ra, bir xil o’zakli so’zlarni va so’z 
yasalishini o’zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga 
asos bo’lgan so’zlar bir-biri bilan ma’no va tuzilishi jihatidan bog’lanadi: 
ish – 
ishchi, g’alla – g’allakor. 
Ikkinchidan, o’quvchilar bir xil o’zakli so’zlarni va 
morfemalarni o’rganishda qiyinchiliklarga duch keladilar: ular bir xil o’zakli 
so’zlarnnng ma’nolaridagi umumiylikni tushunishda qiynaladilar, chunki ularda 
mavhum tafakkur hali yetarli rivojlanmagan bo’ladi; o’zak, so’z yasovchi va shakl 
yasovchi qo’shimchalarning vazifalarini o’zlashtirishda ularga bir xil o’zakli 
so’zlarning ma’no va tuzilishi jihatidan o’xshashligi va farqini aniqlash anchagina 
qiyinlik qiladi. SHuning uchun so’zning morfemik tarkibini maxsus o’rganishdan 
8
. B. Ma’qulova, T. Adashboyev. Kitobim - oftobim (4 -sinf uchun sinfdan tashqari o'qish kitobi). — 
Т.: “O'qituvchi”, 1999.


oldin 
uning 
ma’no 
va 
tarkibiga 
ko’ra 
yaqinligi 
kuzatiladi.
I sinfda kuzatish o’rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so’zlarning 
ma’nosini, yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog’lanadi. I sinfda 
kim?, nima?
So’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni o’rganish jarayonida o’qituvchi va 
o’quvchilarning 
“Nima uchun u yoki bu narsa shunday nomlangan?”
savoliga 
birgalikda javob topishi ularni bir xil o’zakli so’zlar o’rtasidagi munosabatni 
tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga 
javob topish bilan o’quvchilar 
“Nega so’zlar o’zakdosh hisoblanadi?”, “Bir 
so’zdan boshqa so’z qanday hosil bo’ldi?”
savollariga javob berishga 
tayyorlanadilar.Tilda juda ko’p so’zlar shaxs va narsaning nomi hisoblanadi. 
SHuning uchun o’quvchilar bilan nega shaxs yoki narsa shunday nomlanganini 
aniqlashdan asta-sekin tildagi bir so’z bilan ikkinchi so’z o’rtasidagi bog’lanishni 
aniqlashga o’tish mumkin. Masalan, 
“Nega kishilar paxta ko’p ekilgan joyni 
paxtazor 

Yüklə 290,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin