13
qo’shadi; ularni bir-biridan farqlaydi. Bir xil o’zakli so’zlar ustida bunday ishlash
usuli o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, ular diqqatini so’zning
umumiylikka asoslangan aniq belgilariga jalb qilish imkonini beradi. Masalan,
o’qituvchi
kombayn
rasmini ko’rsatadi va
«Kombaynni boshqaradigan kishi nima
deb nomlanadi?»
savolini beradi. Javob xattaxtaga yoziladi:
kombayn –
kombaynchi.
Tushunchalarni taqqoslab kuzatish quyidagi aniq til materialini
yaratish imkonini beradi, uni tahlil qilish jarayonida bir xil o’zakli so’zlarning
xususiyatlari haqida xulosa chiqariladi: Avval so’zlarni ma’no va tarkibiga ko’ra
taqqoslash asosida “o’zakdosh so’zlar”
atamasi beriladi, keyin o’zakdosh
so’zlarning umumiy qismi o’zak deyilishi, o’zakdosh so’zlarni, boshqacha qilib,
bir xil o’zakli so’zlar (ya’ni o’zakdosh so’zlar) deb nomlanishi ham tushuntiriladi.
O’quvchilarda bir xil o’zakli so’zlarni ikki muhim belgisiga ko’ra aniqlash
ko’nikmasini o’stirish uchun o’zakdosh so’zlar yaqin ma’noli – sinonim so’zlar
bilan, shakli o’xshash bo’lgan so’zlar bilan taqqoslanadi. Masalan, o’quvchilar
baxtli – baxtsiz
o’zakdosh so’zlari bilan
baxtli
–
saodatli
sinonim so’zlarini
taqqoslab, o’zakdosh so’zlar ham, sinonim so’zlar ham yaqin ma’no bildirishini
(o’xshash tomonini), o’zakdosh so’zlarda umumiy qism
(baxt)
mavjud bo’lib,
sinonim so’zlarda bunday umumiy qism yo’qligini (farqli tomonini) aniqlaydilar,
ular
bog’ – bog’bon
o’zakdosh so’zlari bilan
suv – suva
so’zlarini taqqoslab,
quyidagi xulosaga keladilar:
bog’ – bog’bon
o’zakdosh so’zlar hisoblanadi, chunki
bular yaqin ma’noli va umumiy qismi bor;
suv
–
suva
so’zlari shakli tomonidangina
o’xshaydi, ammo butunlay boshqa ma’noni bildiradi. Bunday mashqlar
o’quvchilarni o’zakdosh so’zlarni yaqin ma’noli sinonim so’zlardan, bir-biriga
o’xshash bo’lgan so’zlardan farqlashga o’rgatadi.Bir xil o’zakli so’zlar turli so’z
turkumiga oid bo’ladi. SHuning uchun bir xil o’zakli so’zlarni o’rganishning bu
bosqichida o’quvchilar diqqati o’zakdosh so’zlar shaxs, narsa, uning harakati va
belgisini bildirishiga qaratiladi. SHu maqsadda turli so’z turkumiga oid bir xil
o’zakli so’zlar mavjud bo’lgan matnni tahlil qilib, o’zakdosh so’zlarni aniqlash,
shuningdek,
kim?, nima?, qanday?, nima qiladi?
so’roqlariga javob bo’ladigan bir
xil o’zakli so’zlar tanlash mashqlaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda
so’zlarni ma’nosi va tarkibiga ko’ra taqqoslab, o’xshash va farqli tomonlarini
aniqlash shart. O’quvchilar u yoki bu so’z nima uchun o’zakdosh ekanini
isbotlaganlarida, ularning ikki muhim belgisini aytsinlar. Masalan,
gul, gulladi,
gulli, guldor, gulzor
o’zakdosh so’zlar hisoblanadi, chunki bularda umumiy qism
–
gul
mavjud, bu so’zlar yaqin ma’noni bildiryapti.Bir xil o’zakli so’zlarni
o’rganish jarayonida o’quvchilar o’zakning har vaqt bir xil yozilishini kuzatadilar.
Bunday kuzatish o’zakda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar bo’lgan so’zlarni
anglab, to’g’ri yozishga asos bo’ladi. Bir xil o’zakli so’zlar bilan tanishish
jarayonida o’quvchilarda so’zning ma’noli qismi bo’lgan morfemalar (o’zak, so’z
yasovchi, shakl yasovchilar) haqida boshlang’ich tasavvur hosil bo’ladi. Buning
uchun so’z yasashga oid vazifa topshirish maqsadga muvofiq.Bu vazifani
bajarishda o’quvchilar morfemalardan foydalanib bir xil o’zakli so’zlar guruhini
hosil qiladilar va morfemalarning o’rni hamda vazifasi
haqida tasavvur hosil
qiladilar. Masalan, o’qituvchi
gul
so’zini yozish va unga gul ko’p ekilgan joyni
bildiradigan o’zakdosh so’z tanlashni topshiradi. O’quvchilar
gul, gulzor
so’zlarini
yozadilar.
Gulzor
so’zini hosil qilish uchun
-zor
qismi qo’shilgani aniqlanadi.
O’qituvchi
“Gul parvarish qilish bilan shug’ullanadigan kishini nima deb
nomlaymiz?”
savolini beradi. O’quvchilar
gulchi
so’zini aytadilar; bu so’z
gul
so’ziga
-chi
qismini qo’shish bilan hosil qilingani (yasalgani) aniqlanadi.
So’zlardagi
-zor, -chi
qismlarining ahamiyatini taqqoslash asosida boshlang’ich
bilimlar umumlashtiriladi,
so’z yasovchi qo’shimcha
atamasi beriladi.
Shakl
yasovchi qo’shimcha bilan elementar tanishtirish uchun
daftar
va
daftarlar
so’zlarini ma’no va shakl tomondan taqqoslash topshiriladi. Suhbat asosida
o’quvchilar ma’noning o’zgarmaganini, shakli o’zgarganini (
-lar
qo’shilganini)
aniqlaydilar.Ta’limning bu bosqichida o’quvchilarning morfema haqidagi bilimlari
yetarli emas, ularni bu tushunchalar bilan amaliy mashqlarni bajarish jarayonida
endigina tanishtirilyapti. SHuning uchun o’qituvchi tarkibi va yasalish usuli
o’quvchilarning yosh xususiyatiga mos bo’lgan so’zlarni tanlaydi, bu so’zlarni
analiz
va sintez qilishni boshqaradi, so’zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik
tarkibi o’rtasidagi bog’lanishni o’quvchilarning bilib olishlariga doimiy
g’amxo’rlik qiladi.
9
Dostları ilə paylaş: