Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti “Ona tili o‘qitish metodikasi ” fanidan



Yüklə 290,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix21.12.2023
ölçüsü290,43 Kb.
#187880
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
NURMETOVA NAFOSATXON

UCHINCHI BOSQICH
– o’zak, so’z yasovchi va shakl yasovchi 
qo’shimchalarning xususiyatlari hamda tildagi ahamiyatini o’rganish metodikasi. 
Bu bosqichning o’quv vazifasiga “o’zak”, “so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl 
yasovchi qo’shimcha” tushunchalarini shakllantirish, so’zning leksik ma’nosi bilan 
morfemik tarkibi o’rtasidagi bog’lanish haqidagi tasavvurlarni o’stirish, o’zakda 
jufti bor jarangli va jarangsiz undoshli so’zlarni to’g’ri yozish malakasini 
shakllantirish, nutqda so’z yasovchi qo’shimchasi bor so’zlarni ongli ishlatish 
ko’nikmasini o’stirish kiradi.Bu bosqichning vazifasi bir-biri bilan ma’lum 
bog’lanishda hal qilinadi. Masalan, so’zda har bir morfemaning ahamiyatini 
o’zlashtirish asosida o’quvchilar so’zning leksik ma’nosi bilan uning morfemik 
tarkibi o’rtasidagi bog’lanishni bilib oladilar. Barcha vazifalar bilan uzviy bog’liq 
holda, so’zlarning morfemik tarkibini hisobga olib, ulardan nutqda mumkin qadar 
aniq
 
va ongli foydalanish vazifasi ham bajariladi.O’zakni o’rganishning 
xususiyatlari. “O’zak” tushunchasini shakllantirishda o’quvchilar o’zak o’zakdosh 
so’zlarning umumiy qismi ekani va u barcha bir xil o’zakli so’zlarning ma’nosidagi 
umumiylikni o’z ichiga olishi bilan tanishtiriladi.O’zakdosh so’zlarni tahlil qilish 
9
B. Ma’qulova, S. Matchon. Kitobim-oftobim (4-sinf uchun sinfdan tashqari o'qish kitobi). — Т.: 
“O'qituvchi”, 2000.


15 
bilan o’quvchilar so’zning qaysi qismi shu so’zlardan o’zakdosh so’zlar hosil 
qilayotganini tushuntirishga (bunda ular o’zakni ajratadilar), qaysi qismi har xil 
ma’noli so’zlar hosil qilayotganini tushuntirishga (bunda ular so’z yasovchi 
qo’shimchalarni ajratadilar) o’rgatiladi.Bunday vazifalarni to’g’ri bajarish 
natijasida o’quvchilar o’zak va so’z yasovchi qo’shimchaning so’zning leksik 
ma’nosini hosil qilishdagi rolini elementar tarzda bo’lsa ham tushunadilar, 
shuningdek, o’zak o’zakdosh so’zlarga asos bo’ladigan qism ekanini bilib oladilar.
O’zak ustida ishlash bu bilan tugamaydi, balki boshqa morfemalarni maxsus 
o’rganishga ajratilgan darslar mazmuni bilan va keyinroq so’z turkumlari 
o’rganilganda
, so’z yasashga doir mashqlar bilan ham uzviy bog’lanadi. 


Yüklə 290,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin