so’z qaysi morfema yordamida, qaysi so’z turkumidan yasalganiga, qanday ma’no
anglatishi va qaysi so’z turkumi ekaniga qaratadi. Bunday mashqlarda tilda mavjud
bo’lgan so’zlarning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibining o’zaro bog’liqigiga
va biror so’z turkumiga xarakterli bo’lgan so’z yasalishi usuliga asoslaniladi.
Bunday mashq turlaridan namunalar:
1. O’zakdosh so’zlari bo’lgan matnni leksik – so’z yasalishi tomonidan tahlil qilish.
Masalan, quyidagi kabi matn diktovka bilan yozdiriladi:
Hovlimizda gulzor bor.
Gulzorga har xil gul ekilgan. Ularni gulchi akam parvarish qiladi. Gullar
chamandek
ochiladi.
O’qituvchi rahbarligida bir o’zakdosh so’zdan boshqasi qanday morfema
yordamida yasalgani, u qaysi so’z
turkumiga kirishi, qanday ma’no bildirishi
aniqlanadi.
2. Leksik ma’nosi keng tushuntirilgan so’zni o’zakdosh so’z
bilan
almashtirish.
Topshiriq.
Ajratib ko’rsatilgan so’zga o’zakdosh bo’lgan bir so’z toping. Uning
qaysi so’z turkumiga kirishini ayting va uni so’z tarkibiga ko’ra tahlil qiling.
–
Dostları ilə paylaş: