3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:
Davlatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki
yillardayoq yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalash ishiga alohida e’tibor
bilan qarab kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh yo`nalishi –
davlat, jamiyat va oila oldidagi mas’uliyatni anglab yetadigan, mustaqil firlay
oladigan, o`z fikr mulohazalarini himoya qiladigan ozod shaxsni tarbiyalashga
qaratilgandir.
Maktabda grammatik materialni o’rganish amaliy yo’nalishga ega bo’lgani va
birinchi navbatda, o’quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani
uchun, bir til kategoriyasining boshqasiga tobeligini va bir-birini taqozo qilishini
tushunish bilan birga, o’quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni
hal qilishda, ya’ni so’zlarni yozish, gap tuzish, so’zni tahlil qilishda foydalanishga
o’rgatish ham muhimdir.
1
O’qituvchi tilni o’rgatish vazifalarini hisobga olib, doimo o’quvchilarning
nutqiy tajrbasiga suyanadi va til kategoriyalarining bog’liqligi haqidagi bilimlarni
tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo’naltiradi. Bilim komponentlari o’rtasidagi
bog’lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqiga
tatbiq etish imkonini beradi.
Ona tilini o’rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday ta’minlanadi?
avvalo, maktab dasturi lingvistik materialni o’rganishda yangi o’rganiladigan
materialning ilgari o’rganilganlar bilan ilmiy asoslangan bog’lanishini aniqlashga
imkon beradigan izchillikni ko’zda tutadi.
2
O’qituvchi bu bog’lanishning mohiyatini metodik jihatdan aniq ko’z oldiga
keltirishi zarur. O’zaro bog’liq bo’lgan til hodisalarini ketma-ket va parallel
o’rganish mumkin. Bularning qaysi biridan foydalanish ma’qulroq degan masala
ko’proq materialning lingvistik mohiyatidan kelib chiqib hal qilinadi. Masalan,
kishilik olmoshlari fe’ldan oldin o’rganiladi, bu fe’lning shaxs-sonda tuslanishini
kishilik olmoshlariga bog’lab o’rganish imkonini beradi. O’qituvchi yangi
o’rganiladigan materialni ilgari o’rganilganlar bilan bog’laydi. Buning uchun til
tushunchalarini taqqoslaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi. Masalan, so’z
o’zgartuvchi qo’shimchalarni o’rganishda ular so’z yasovchi qo’shimchalar bilan
taqqoslanadi (so’z yasovchi qo’shimcha yangi so’z hosil qilish uchun xizmat qilsa,
so’z o’zgartuvchi qo’shimcha so’zning shaklini o’zgartirish uchun, ya’ni gapda
so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishi aniqlanadi).
1
O’zbekiston Respuplikasi ,,Kadrlar tayyorlash’’ bo’yicha milliy dasturi
2
Boshlang'ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari / Tuzuvchilar: Q. Abdullayeva, M. Ochilov, K.
Nazarov, S. Fuzailov, N. Bikboyeva.
|