9
2. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so’z yasalishi ustida ishlash .
Morfemalarning qo’shilishi bir-biriga ta’sir qiladi, bundan tashqari, ko’pgina
o’zak va so’z yasovchi qo’shimchalar ko’p ma’noli.
SHunga qaramay, ko’p
so’zlarning leksik ma’nosini uning morfemik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu
maqsadda so’zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to’g’ri keladi.
O’quvchilar so’zning morfemik tarkibini va so’z yasalishini o’rganishlariga qarab,
so’zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama
so’zlarning leksik ma’nosini so’zlarning semantik o’xshashligiga
qarab bilib
oladilar.So’zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish
til haqidagi fanda o’zining nazariy asosiga ega.Morfema – so’zning eng kichik,
bo’linmaydigan ma’noli qismi.
6
Morfema ikki turga bo’linadi:
1.
O’zak morfema – so’zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan
morfema.
2.
Affiksal morfema – mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so’zning leksik
va grammatik ma’nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema.
Masalan,
gullarni, gulla
so’zlaridagi
gul –
o’zak morfema,
-lar, -ni, -la
affiksal morfemadir.
Affikslar (qo’shimchalar) ikki turga bo’linadi:
1. So’z yasovchi qo’shimchalar. Ular so’zning leksik ma’nosini
shakllantirish uchun xizmat qiladi. Masalan,
bog’bon, paxtakor, gulzor, ishchi
so’zlaridagi
-bon, -kor, -zor, -chi
so’z yasovchi affikslardir.
2. SHakl yasovchi qo’shimchalar. Bu qo’shimchalar so’zlarni
grammatik
jihatdan shakllantirib, turli grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Masalan,
maktablarimizni
so’zida
-lar, -imiz, -ni
shakl yasovchi qo’shimchalar bo’lib,
-lar
ko’plik ma’nosini,
-imiz
egalikning I shaxs ko’plik ma’nosini,
-ni
tushum kelishigi
ma’nosini ifodalaydi.
7
So’zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos
ravishda o’qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. So’zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o’quvchilar so’zning leksik
ma’nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda
o’qituvchining vazifasi o’quvchilar so’zlarning leksik ma’nosi va morfemik tarkibi
bir-biriga bog’liqligini bilib olishi uchun
eng qulay sharoit yaratish, shu asosda
ularning lug’atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish
hisoblanadi.
6
J. G‘. Yo'ldoshev, S. A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari.— Т.: “O'qituvchi”, 2004.
7
K. Qosimova. Boshlang'ich sinflarda imlosi qiyin so'zlarni o'rgatish. — Т.: 2002
2. So’z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o’quvchilarning tilimizning
yangi so’zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir.
Yangi so’z tilda mavjud bo’lgan morfemalardan, ma’lum usul va modellar asosida
vujudga keladi (yasaladi). So’z yasalishini kuzatish o’quvchilarda so’zga faol
munosabatni shakllantirishga ijobiy ta’sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini
tushunishga olib keladi.
3. So’z yasalishi asoslari bilan tanishish o’quvchilar lug’atini
atrof-muhit
haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar
haqidagi tushunchalar so’z bilan ifodalanadi. So’zlar o’rtasidagi ma’no va tuzilish
jihatidan bog’lanishni belgilash o’zaro munosabatda bo’lgan tushunchalar
o’rtasidagi bog’lanishga tayanadi (masalan,
traktor v
a
traktorchi
so’zlari o’zaro
munosabatda bo’lgan
tushunchalar, shu tufayli ma’no va tuzilishiga ko’ra
bog’langan).O’quvchilar so’zlarning ma’no va tuzilishiga ko’ra o’zaro
munosabatini haqiqatan bilsalar, atrof-muhitda mavjud bo’lgan predmetlar,
jarayonlar, voqealar o’rtasidagi bog’lanishni
chuqur tasavvur etadilar, biladilar.
4.
So’zda
morfemaning
ahamiyatini
anglash,
shuningdek,
qo’shimchalarning semantik ma’nosini bilish o’quvchilarda nutqning aniq
shakllanishiga ta’sir etadi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarning so’zning leksik
ma’nosini tushunibgina qolmay, kontekstda aniq qo’shimchali so’zlardan
ongli
foydalanishlarini ham o’rgatish hisoblanadi.
5. So’zning morfemik tarkibini o’rganish imloviy malakalarni
shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o’zbek
imlosining yetakchi tamoyili bo’lib, bunga binoan so’zlar va ularning tarkibiy
qismi (o’zak va qo’shimchalar) ko’proq talaffuziga muvofiq yoziladi. O’zak va
qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasini nazariy
asosda shakllantirish fonetik,
so’z yasalishiga oid, grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab
qiladi. SHuning uchun so’zning morfemik tarkibini o’rganishning muhim
vazifalaridan biri o’zak va qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish
uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar asosini yaratish hisoblanadi.
6. So’zning morfemik tarkibini o’rganish o’quvchilarning aqliy qobiliyatini
o’stirishda, xususan, til birligi sifatida so’zni ongli bilib olish uchun zarur bo’lgan
maxsus aqliy ko’nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O’qituvchining
vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o’zlashtirish bilan o’quvchilarda aqliy faoliyatni
o’stiradigan, analiz, taqqoslash ko’nikmalarini shakllantiradigan
sharoit yaratish
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: