Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti “Ona tili o‘qitish metodikasi ” fanidan



Yüklə 290,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix21.12.2023
ölçüsü290,43 Kb.
#187880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
NURMETOVA NAFOSATXON

limon 
tipida 
limonzor, suvchi 
tipida 
bo’zchi 
kabi. 
Tilda yangi so’zning paydo bo’lishi o’zidan keyin bir xil o’zakli so’zlar guruhining 
hosil bo’lishiga sabab bo’ladi: 
ishli, ishsiz, ishchi 
kabi. 
Boshlang’ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus 
o’rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanadigan 
hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning 
leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo’lgani 
uchun, til leksikasi misolida boshlang’ich sinf o’quvchilari saviyasiga mos 
ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda tilning ham rivojlanishi 
tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan 
o’qituvchi va o’quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi 
tasavvurini shakllantirishga mos material beradi.Tildan bilim berishda 
o’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O’qituvchi nazariy 
xarakterdagi umumlashtirish zarur bo’lgan daliliy materiallarni yig’ish bosqichida 
ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy 
tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o’rganish natijasida 
o’quvchilar nutq faoliyatining sifati o’zgaradi, ongliligi ortadi.O’tgan asrning 50-
70-yillari mobaynida boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasida 



anchagina qo’llanmalar yaratildi. Bu yillarda ona tili o’qitish metodikasi fan 
sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi 
ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o’qitish metodikasini takomillashtirish va 
yangi metodika yaratishga imkon berdi.1955 yildan boshlab pedagogika institutlari 
qoshida boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari tayyorlaydigan fakultetlar ochila 
boshlandi.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda 
muhim o’rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o’zaro aloqasi uchun 
xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, 
ta’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilarning o’zaro munosabati, his-tuyg’ulari, 
kechinma va holatlari til vositasida aniqlanadi. Maktabda ona tilini chuqur 
o’rganish 
zarurati 
tilning 
bajaradigan 
asosiy 
vazifalaridan 
kelib 
chiqadi.K.D.Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv predmetlari tizimida ona tiliga 
katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. Ona tili boshqa 
fanlarni o’qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili 
yordamida o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham
bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham alohida o’rin tutadi.Til muhim tarbiya 
vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o’qigan bola o’zida eng yaxshi 
xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi.Ona tili 
boshlang’ich sinflarda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir o’quvchida ona tiliga 
qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur. 
Boshlang’ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 
“O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 
203-sonli qarorida umumiy o’rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi:
5
1. Boshlang’ich ta’lim.
2. Umumiy o’rta ta’lim. 
Respublikamizda ummumiy o’rta ta’limning standarti yaratildi. Unda 
boshlang’ich bosqich va umumiy o’rta ta’lim nihoyasida o’quvchilar egallashi 
lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi.
Hozirda o’quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni 
uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab 
chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta’limiy 
o’yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli 
boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda mashg’ulotlar 
uyushtirilmoqda. 
5
M. Umarova, Sh. Hakimova. O'qish kitobi (3-sinf uchun darslik).— Т.: Cho'lpon, 2008.



Yüklə 290,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin