5
II. Asosiy qism
1. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so’zning morfemik tarkibini
o’rganishning metodik ahamiyati.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ona tili o’qitishga katta ahamiyat
berila boshlandi. Bunda 1989 yil 21 oktyabrda «O’zbek tiliga Davlat tili maqomini
berish haqida”gi qaror alohida o’rin tutadi.
Ta’lim sohasidagi bu o’zgarishlar ona tili o’qitish metodikasida ham bir
qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko’plari
maktablarda
amaliyotga tatbiq qilinmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o’tkazilmoqda.Shunday
qilib, fan sifatida ona tili o’qitish metodikasining o’z predmeti, vazifasi, nazariy va
ilmiy sohasi bo’lib, bir qator fanlar o’rtasida uning ma’lum o’rni bor. Bu fan ham
boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda.
3
Keyinchalik 1931 yil 5-
sentyabrda qabul qilingan “Boshlang’ich va o’rta maktab haqida”gi, 1932 yil 25-
avgust qabul qilingan «Boshlang’ich va o’rta maktab o’quv dasturlari rejimi
haqida»gi qarorlar yuqoridagi kabi yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf
qilishda va o’quv mashg’ulotlari tizimini ishlab
chiqishda maktabga va
o’qituvchilarga yordam berdi. O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan
biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal
qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti − o’quvchini shaxs sifatida
muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyidagi ko’rsatilgan omillar tilni o’rgatish
bilan bog’liq holda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish
usulini
belgilaydi:
Mustaqillgimizning dastlabki yillaridanoq butun
mamalakat miqyosida talim
tarbiya, ilm -fan, kasb hunar o`rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta
zarurat sezila boshlandi.Busiz jamiyatimizning biror bir sohasini o`zgartirishga
erishib bo`lmaydi.
4
1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ)
vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang’ich sinflarda
tilni o’rgatishning yetakchi yo’nalishi o’quvchilar
tomonidan tilning aloqa
vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.
2. Til bilan tafakkur uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga
chiqadi.
3
B. Ma’qulova, S. Sa’diyeva. Sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlaii (4-sinf o'qituvchilari uchun metodik
qo'llanma). — Т.: ,”O`qituvchi”,1997
4
. B. Ma’qulova, T. Adashboyev. Kitobim - oftobim (4 -sinf uchun sinfdan tashqari o'qish kitobi). —
Т.: “O'qituvchi”, 1999.
Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi.
Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi,
so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi yetakchi
tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning
tilni murakkab,
rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan hodisa sifatida
anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish
hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan qismlardan tuzilishini
tushunishga
zamin
hozirlaydi.
Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd
etilgan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa
sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to’g’ri tanlash, asosiy til hodisalarini va
turlarini tushuntirishda o’qituvchining tutgan metodologik yo’lining
aniqligi,
o’quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan til
materialining yuqori sifatli bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. Shubhasiz,
har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha,
ularning bir-biriga to’g’ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi.
Tilning rivojlanishi, ayrim so’zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang’ich
sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o’rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar.
Bu o’rinda «So’zning tarkibi» bo’limi katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bu
bo’lim materiallarini o’rganish jarayonida tilimizning yangi so’zlar
bilan boyib
borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi bilan tanishadilar.
Ma’lumki, ko’pgina yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar zaminida yaratiladi,
tilda bor qoliplar kabi yasaladi:
Dostları ilə paylaş: