Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti “Ona tili o‘qitish metodikasi ” fanidan


So’z yasovchi qo’shimchalar ustida ishlash



Yüklə 290,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix21.12.2023
ölçüsü290,43 Kb.
#187880
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
NURMETOVA NAFOSATXON

So’z yasovchi qo’shimchalar ustida ishlash.
Bu morfemani o’rganishning 
asosiy vazifasi o’quvchilarni so’zda so’z yasovchi qo’shimchaning ahamiyati bilan 
tanishtirish va shu asosda so’z yasovchi qo’shimchali so’zdan o’z nutqida ongli 
foydalanish ko’nikmasini o’stirish hisoblanadi. O’quvchilar so’z yasovchi 
qo’shimcha yordamida yangi leksik ma’noli so’z yasash mumkinligini tushunishi 
muhim ahamiyatga ega.So’z yasovchi qo’shimchalar ustida ishlash ba’zi so’z 
yasovchi qo’shimchaning ma’nosini va yasama so’zning grammatik belgilarini 
aniqlash bilan birga olib boriladi. So’z yasovchi qo’shimchaning ma’nosini 
tushuntirish uning so’z yasashdagi ahamiyatini o’quvchilar anglashiga imkon 
beradi, ularning diqqat-e’tibori so’z yasovchi qo’shimcha yordamida yangi leksik 
ma’noli so’z yasalishiga qaratiladi. Masalan: 
ish – ishchi, ishli, ishchan, ishla). 
Yasalgan so’z qaysi so’z turkumiga kirishini aniqlash so’z yasovchi qo’shimcha 
yordamida har xil so’z turkumiga oid so’zlar yasash mumkinligi haqidagi 
tasavvurni chuqurlashtiradi. 
So’z yasovchi qo’shimchani ongli o’zlashtirish uchun quyidagi mashqlar 
guruhidan foydalanish yaxshi natija beradi:
Birinchi guruh mashqlar
ga har xil so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish bilan 
hosil bo’lgan bir xil o’zakli so’zlarning ma’no jihatdan farqini qiyoslashga oid 
vazifalar kiradi. Masalan, 
gul so’zidan -chi, -zor so’z yasovchi qo’shimchalari 
bilan yangi so’z yasang. Hosil bo’lgan so’zlarni ma’nosi va tarkibiga ko’ra 
qiyoslang. Ularda nima o’xshash? So’zning qaysi qismi ularni ma’nosiga ko’ra 
farqlayapti? Yangi so’zlarni qatnashtirib gap tuzing. 
Ikkinchi guruh mashqlar
ga bir so’z yasovchi qo’shimchani har xil so’zlarga 
qo’shishdan hosil bo’lgan so’zlarda so’z yasovchi qo’shimchaning ma’nosini 
qiyoslashga oid vazifalar kiradi. Bunday mashqlarning maqsadi so’z yasovchi 
qo’shimchaning ma’nosi haqidagi bilimni elementar tarzda umumlashtirish 
hisoblanadi. Masalan, 

Yüklə 290,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin