shaxsni bildiradi),
so’zning qaysi qismi bajaruvchi shaxs ma’nosini
bildirayotganligini aniqlash
(so’z yasovchi qo’shimcha
-chi
).
Uchinchi guruh mashqlar
ga matnni leksik-grammatik va leksik-stilistik
tahlil qilishga oid vazifalar kiradi. Masalan, matndan o’zakdosh so’zlarni topish,
ularning ma’nosidagi
farqni aytish, bu farq so’zning qaysi qismi
yordamida
berilayotganini aniqlash; berilgan so’zlardan namunadagidek gap tuzish (masalan,
Soatsoz soatni tuzatdi. Traktorchi yerni traktor bilan haydaydi);
o’zakdosh
so’zlarni aniqlash va tarkibiga ko’ra tahlil qilish va h.k.
Shakl yasovchi qo’shimchalarni o’rganish xususiyatlari. Har bir
morfemaning lingvistik mohiyatida o’ziga xoslik bo’lib, uni o’rganish metodikasi
ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Shakl yasovchi qo’shimchada grammatik
vazifa
yetakchi hisoblanadi, bu bilan u so’z yasovchi qo’shimchadan
farqlanadi.Shakl yasovchi qo’shimcha so’zning grammatik ma’nosini ifodalovchi
vosita hisoblanadi. O’quvchilar so’zning grammatik ma’nosini bilmay turib shakl
yasovchi qo’shimchaning vazifasini ham
anglab yetmaydilar. Bundan tashqari,
shakl yasovchi qo’shimcha bir necha ma’no ifodalaydi (masalan,
kitobni o’qidim
so’z birikmasidagi
-m
I shaxs birlik ma’nosini bildiradi).Shakl
yasovchi
qo’shimchani o’rgatishda uning mana shu xususiyatlari hisobga olinadi,
boshlang’ich sinf o’quvchilari uning ikki belgisi bilan (so’z shaklini o’zgartirishi
va gapda so’zlarni bir-biriga bog’lashi bilan) amaliy tanishtiriladi.O’quvchilar
otlarda birlik va ko’plik, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar, otlarning egalik va kelishik
qo’shimchalari bilan o’zgarishi, kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi,
fe’llarda shaxs-son, zamonni (IV sinf) o’rganishlari bilan bog’liq holda ularning
shakl yasovchi qo’shimcha haqidagi bilimlari asta-sekin chuqurlashtirila
boriladi.O’quvchilarda gapda so’zlar shakl yasovchi qo’shimcha yordamida
bog’lanishi haqidagi dastlabki tasavvur mashqlarni bajarish jarayonida hosil
qilinadi. Masalan, gapning mazmuniga mos ravishda ajratib berilgan so’zning
shaklini so’roqlardan foydalanib o’zgartirish va u so’z gapdagi qaysi so’z bilan
bog’langanini aniqlash so’raladi:
O’quvchi
(nimani?)
kitob... sevadi. U
(nimadan?)
kitob... yaxshi foydalanadi?
O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida
“So’zning shaklini
nima uchun o’zgartirishga to’g’ri keldi? So’z shaklini o’zgartirish bilan nimaga
erishildi?”
savollariga
javob
beradilar.
O’quvchilar shakl yasovchi qo’shimchalarning sintaktik vazifasini gapda
so’zlarning bog’lanishi va so’z birikmasini o’zlashtirish
jarayonida
o’zlashtiradilar. O’quvchilarning so’zlarning bog’lanishi haqidagi bilimi elementar
xarakterda bo’lsa ham, ularning so’z birikmasidagi so’zlar ma’no va grammatik
jihatdan shakl yasovchi qo’shimchalar yordamida bog’lanishini tushunishiga
erishiladi. O’quvchilar ot va kishilik olmoshlarining kelishik qo’shimchalari bilan
turlanishini o’rganganlaridan so’ng gapda ma’no va grammatik jihatdan o’zaro
bog’langan so’zlarni ajrata olish va nimalar yordamida bog’langanini tushuntirish
17
ko’nikmalariga ega bo’lishlari mumkin, so’ngra shakl yasovchi qo’shimchalarning
sintaktik vazifasini o’zlashtira boshlaydilar.O’quvchilar har bir morfemaning
vazifasini boshqa morfemalar bilan qiyoslab ko’rsatish talab qilingan vazifani
bajarish jarayonida shakl yasovchi qo’shimchaning o’ziga xos xususiyatini yaxshi
o’zlashtiradilar. Masalan, o’zakdosh so’zlar tanlash vazifasini bajarish davomida
so’z yasash uchun qanday
morfemalardan foydalanilgani, so’z yasovchi
qo’shimcha tufayli so’zning ma’nosi qanday o’zgargani aniqlanadi. SHundan
so’ng o’quvchilarga “Otni shunday o’zgartiringki, u birlikni emas, ko’plikni
bildirsin” topshirig’i beriladi.
Bolalar bu vazifani bajarib, otga shakl yasovchi
ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda, so’zning leksik ma’nosi o’zgarmaganini, faqat
shakli o’zgarganini, ko’plik bildirganini aytadilar. So’z yasovchi qo’shimcha bilan
shakl yasovchi qo’shimchalarni taqqoslash orqali o’quvchilar shakl yasovchi
qo’shimchaning so’z shaklini o’zgartirishdagi o’rnini yaqqol ko’radilar.
Dostları ilə paylaş: