Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti “Ona tili o‘qitish metodikasi ” fanidan


Olma  daraxti ko’p joy  (Olmazor) –  Paxta ye



Yüklə 290,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/19
tarix21.12.2023
ölçüsü290,43 Kb.
#187880
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
NURMETOVA NAFOSATXON

Olma 
daraxti ko’p joy 
(Olmazor)
– 
Paxta ye
tishtirish bilan shug’ullanadigan kishi 
(Paxtakor) 
 
– 
Bog’
yaratadigan va uni parvarish qiladigan kishi 
(Bog’bon)
– 
Traktor
bilan ish bajaradigan kishi 
(Traktorchi) 
 
– 
Gul
solib qo’yiladigan idish 
(Guldon)
O’quvchilar o’qituvchi yordamida shu so’z qaysi so’zdan va qanday qo’shimcha 
yordamida yasalganini aniqlaydilar. 
3. Har xil so’z turkumiga kiradigan o’zakdosh so’zlardan qatnashtirib gap 
tuzish.
4. So’z yasashga doir vazifalar:
– 
Oq, ish 
so’zlaridan 
-la, -chi 
qo’shimchalari yordamida yangi so’zlar yasang. 
Berilgan va siz yasagan so’zlar qaysi so’z turkumiga kirishini ayting va fikringizni 
asoslang.
– 
Ish, paxta, suv 
otlaridan o’zakdosh otlar yasang. So’zlarni tarkibiga ko’ra tahlil 
qiling. Yangi ot hosil qilish uchun siz so’zning qaysi qismidan foydalandingiz?
– 
Chiz, o’r 
fe’llaridan o’zakdosh otlar yasang. Otlarni so’z tarkibiga ko’ra tahlil 
qiling. Fe’ldan ot yasash uchun qanday qo’shimchalardan foydalandingiz?
Bu vazifalar o’quvchilardan so’z yasalishi xususiyatlariga, so’zlarning morfemik 
tarkibiga e’tibor berishni talab etadi va so’zning morfemik tarkibi shu so’zning 
muayyan bir so’z turkumiga oid ekani bilan bog’liqligini aniqlashga qaratiladi. 
Boshlang’ich sinflarda u yoki bu so’z turkumining yasalishini kuzatish propedevtik 
xarakterda bo’ladi, uning natijasi mashqning mavzuni o’zlashtirish maqsadiga 
qaratilishi, darsda faol va individual ishlarni to’g’ri uyushtirish, foydalanilgan 
leksik materialning o’quvchilar saviyasiga mosligi va ko’rgazmalilikka bog’liq.


19 
O’qituvchi o’quvchilarning biror morfemani qay darajada o’zlashtirganini ularning 
morfemik tarkibi bolalar saviyasiga mos so’zlardagi morfemalarni ajratish 
ko’nikmasiga, o’zak va shakl yasovchi qo’shimchadan yo o’zak va so’z 
yasovchidan, yoki o’zak, so’z yasovchi va shakl yasovchidan tuzilgan so’zlarni 
mustaqil tanlay bilishiga, so’zdagi morfemalarning rolini so’z bilan tushuntirish 
ko’nikmasiga, gapda so’z yasovchi qo’shimchali so’zlarni to’g’ri ishlatish 
ko’nikmasiga qarab aniqlaydi.
11
Quyidagicha savol va topshiriqlarni bajarish asosida o’quvchilar so’zning 
morfemik tarkibini qanday o’zlashtirganini aniqlash mumkin:
I. Savollarga javob berish:
1. 
So’zda 
qaysi 
qism 
eng 
asosiy 
hisoblanadi? 
Nima 
uchun?
2. So’z yasovchi qo’shimcha qanday vazifani bajaradi? Misol bilan isbotlang.
3. So’zda shakl yasovchi qo’shimcha nima uchun xizmat qiladi? Isbotlang.
II. Ikki so’zning ma’nosi va tarkibini taqqoslash. Buning uchun o’quvchilar 
o’zak va so’z yasovchi qo’shimchalarning semantik ahamiyatini qanchalik 
tushunganini aniqlashga imkon beradigan so’zlar tanlanadi 
(ishladi 
va 
boshladi, 
paxtakor 
va 
paxtazor).
III. So’zlarni taqqoslab, o’zakdosh yoki o’zakdosh emasligini isbotlash 
(tuz, 
tuzdon, tuzli, tuzsiz, tuzladi)
.
 Qaysi qism ularni o’zakdosh qilyapti? Qaysi qism har 
xil 
ma’noli 
so’z 
hosil 
qilyapti?
kabi 
savollarga 
javob 
berish.
IV. 
Bog’bon, o’roq, bog’ni, ishchidan 
so’zlarini tarkibiga ko’ra tahlil qilish. 
1) o’zak va so’z yasovchi qo’shimchadan
2) o’zak va shakl yasovchi qo’shimchadan 
3) o’zak va so’z yasovchi, shakl yasovchi qo’shimchalardan tuzilgan so’zlar 
tanlash.
V. Tayanch so’zlar asosida o’qituvchi tavsiya etgan mavzuga oid kichik 
hikoya tuzish.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinflarda so’zning morfemik tarkibi va 
so’z yasalishini o’rgatish o’quvchilarning har bir so’zga ongli munosabatda 
bo’lishlarini ta’minlaydi, so’z tarkibi va uning yasalishi haqidagi dastlabki 
tushunchalarni shakllantiradi.Boshlang’ich sinflar uchun ona tili o‘quv fanini 
o‘rganish, asosan, ko`nikkan, asosiy mashg‘uloti ona tili ekanligini anglagan, fikri, 
tushunchasi bog’cha yoshidagi bolalik davriga nisbatan ancha rivojlangan, eng 
muhimi, 
psixologik 
jihatdan 
ona 
tiliga 
tayyor 
davr 
sanaladi.
“Ta’limga psixologik tayyorgarlik deganda, - deb qayd qiladi E.G‘oziyev, - 
bolaning ob’ektiv va sub’ektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi nazarda 
tutiladi? Bu yoshdagi bolalarda idrok ancha o‘tkirlashadi, ona tiliga 
11
. K. Qosimova. Boshlang'ich sinflarda imlosi qiyin so'zlarni o'rgatish. — Т.: 2002


qiziquvchanligi oshadi, xayoli yorqinlashib, xotirasi chiniqadi, tafakkur doirasi 
nisbatan kengayib, ijodiy fikrlashga moyillik ortadi.Boshlangich sinf 
o‘quvchilarida yaqqol obrazli xotira ancha taraqqiy etgan bo’ladi. Bu yoshda 
o’quvchilar ko’rgan, kuzatgan narsalarini xotirada uzoq vaqt saqlay oladi. Shu 
sababli ona tili mashg‘ulotlarida ko‘rsatmali vositalardan: diafilm, o‘quv filmlari 
va audiovizual vositalardan unumli foydalanishga jiddiy e’tibor qaratishga to‘g‘ri 
keladi. 7-11 yoshli bolalar o‘qiganini yoki eshitganlarini yetarli darajada tushunadi; 
o‘z fikrlarini ona tilida izchillik bilan bayon qila oladi;mantiqiy operatsiyalarni 
kuzatish, taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish singarilarni bemalol bajara oladi; 
o‘rganganlari asosida umumlashma hosil qilishi mumkin.O`qituvchi kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilar bilan qaysi yo‘nalishda ish tutsa, ular tez shunga moslashadi. 
O‘quvchini fanga qiziqtirish, undagi qobiliyatni yuzaga chiqarish kichik sinf 
o‘qituvchisidan mohirlikni, o‘ziga xos uslubiyatni, bolajonlikni talab etadi Shu 
sababli ona tili mashg`ulotlarida o`qituvchi nafaqat qayta xotiralashga asoslangan 
o`quv topshiriqlardan, balki qisman ijodiy topshiriqlardan ham unumli 
foydalanishi lozim. Ijodiy topshiriqlar ustida ishlash bolalarning yoshi va bilim 
saviyasi oshgan sari asta-sekin murakkablashib boradi.Bola ilk bor maktabga 
qadam qo’ygan ekan, ma’lum so’z jamg’armasi bilan keladi.U oilada, bog’chada 
ko’p so’zlarni ishlatsa-da, hali ularning ma’nosini chuqur anglamaydi.8-9 yoshli 
bolalar esa bir yildan ziyodroq tajribaga ega bo`lgan bolalar bo`lib, ularda dars 
jarayonida mustaqil xulosalar chiqarish ancha tarkib topgan bo’ladi. Mashhur 
psixolog V.A. Kruteskiyning ta`kidlashicha, bu davrda ular o`z oldilariga “ Nima 
uchun bunday?” – “Nima uchun shu narsani o`rganish kerak?” degan savolni qo`ya 
oladigan bo`lishadi. Bu davrda ular “Nima uchun o`z ona tilimizni bilishimiz 
kerak?” degan savolga javob bera oladilar. Ona tilini o`rganish ularning nutqiy 
muloqot doirasini kengaytirishini, badiiy, ilmiy adabiyotlarni o`rganishlariga keng 
yo`l ochib berishini anglay boshlaydilar.Ma`lumki, boshlang`ich sinflardagi 
o`qish, avvalo, psixik jarayonlarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratadi. Ularda sezgi, idrok, xotira, tafakkur kabi individual psixik xususiyatlar 
ancha tarkib topadi. Boshlang’ich sinf o`quvchilari o`z idroklarining aniqligi, 
sofligi, o`tkirligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Ular har bir 
o`rgatilayotgan til materiallariga sinchkovlik bilan qaraydilar, dars jarayonida duch 
kelinadigan so`zlarni tez qabul qiladilar. Ona tilini o’rganishga bo’lgan intilishlari 
ancha ortadi. Bu yoshdagi o`quvchilarda tarkib topa boshlagan sinchkovlik idrokni 
ancha o`tkirlashtiradi. Ba`zan bu yoshdagi bolalar kattalarning diqqat-e`tiboridan 
chetda qolgan mayda-chuydalarni ham payqaydilar. Shu bois o`qituvchi dars 
mashg`ulotlarida sinchkovlikni tarkib toptirish va rivojlantirishga alohida e`tibor 
berishi lozim.Boshlang’ich sinfda o`quvchilar idrokining yana bir xususiyati uning 
xilma-xilligi, yorqin bo`yoqlar, yaqqol tasvir va his – tuyg`uga boyligidir. Shuning 
ushun bu yoshda o`quvchilar rangli tasvirlarni, his - tuyg`u uyg`otadigan rasmlarni 


21 
yoqtiradilar. Ammo bu o`rinda shuni ta`kidlash lozimki, me`yoridan ortiq rangli 
rasmlar bolani charchatib qo`yadi va rasmlarga tez-tez murojaat etish uni 
zeriktiradi. Shuning uchun 2,-3,4-sinflar uchun “Ona tili” darsliklarini haddan 
ziyod rasmlar bilan to`ldirish maqsadga muvofiq emas.O`quvchilarning o`qishi, 
bilim olish xususida gap ketar ekan, diqqatning qanchalik katta ahamiyatga ega 
ekanligini ham unutmaslik lozim. “Diqqat, -deb qayd qilinadi. “O`zbek tilining 
izohli lugati”da, – e`tiborini bir joyga to`plamoq, yig`moq, uni biror narsaga 
qaratmoq 
demakdir”.
Boshlang’ich sinf o`quvchilarining diqqati xususida fikr yuritilganda uni yetarli 
darajada barqaror emasligini unutmaslik lozim. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini 
muayan narsaga qaratib turishda qiynaladilar. Bolalar diqqatining barqarorligi, 
psixologlar keltirgan ma`lumotlarga qaraganda, miyada tormozlanish bilan 
qo`zg`alishning o`zaro nomuvofiq harakat qilishidir. Ona tili mashg`ulotlarida 
o`quvchilarning ko`p hollarda tutulishi, to`xtab qolishi, so`zni burro, aniq talaffuz 
eta olmasligi , yozishda ba`zan harf, bo`g`in, so`zlarning tushib qolishi mana shu 
fiziologik holat tufayli sodir bo`ladi.Psixologiya fanidan olib borilgan qator 
tadqiqotlar boshlang’ich sinf o`quvchilarining darsda 30-35 daqiqadan ortiq o`z 
diqqatlarini muayan ob`ektga qarata olmasligini ko`rsatadi. Bu ona tili 
mashg`ulotlarida 
ta`lim 
usullarini 
tez-tez 
o`zgartirib 
turishni, 
o`quv 
topshiriqlarining rang-barangligini ta`minlashni taqozo etadi. Chunki ta`lim usuli 
yoki o`quv topshirig`i o`zgartirilishi bilan o`quvchilarning unga munosabati ham 
o`zgaradi. Boshlang’ich sinf o`quvchilari diqqatidagi bu xususiyat vaqti-vaqti bilan 
mashg`ulotning 
turini 
o`zgartirishini, 
norasmiy 
darslarning 
turli-tuman 
ko`rinishlaridan foydalanishni talab etadi. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda 
xotira ham o`ziga xos xususiyatlarga ega
12
. “Xotira” deganda shaxsning o`z 
hayotiy tajribasini saqlab turishi va keyinchalik esga tushurishi tushuniladi. (7,306-
,bet)
Psixologik adabiyotlarda xotiraning ikki turi:
1) so`z –mantiq xotirasi; 
2) ko`rgazmali - harakatli xotira mavjudligi qayd qilinadi. Boshlang’ich sinf 
o`quvchilarida mantiqiy (so`z - mantiq) xotiradan ko`ra ko`rgazmali - harakatli 
xotira ancha rivojlangan bo`ladi. Shuning uchun ham ona tilini o`rganish 
jarayonida nazariy ma`lumotlarni o`zbek tilining imlo qoidalarini tushuntirish 
orqali o`rganishdan ko`ra sinf taxtasi yoki jadvalda yozilgan so`zlarni, rasmda aks 
etgan narsalarni tushunish ancha oson kechadi.Ma`lumki, 8-9 yosh bolalarda xotira 
ancha mustahkam bo`ladi. Shu sababli bu yoshdagi bolalar o`rganilayotgan o`quv 
12
В. Ma’qulova, D. Nasriddinova. Kitobim — oftobim (4-sinfdan tashqari o ‘qish kitobi). — Т.: 
“O`qituvchi” NMIU, 2008.


materiallining mohiyatini anglab yetishdan ko`ra, shu materialni iloji boricha 
so`zma-so`z yodlab olishga harakat qiladilar. V.A. Krutechkiyning fikricha, bu 
holning asosiy sababi, birinchidan, o`quvchi oldiga esda saqlab qolish kerakligi 
vazifa qilib qo`yilganda, hali u o`zidan konkret nima talab qilinayotganligini 
tushunmaydi, nimalarni so`zma-so`z esda olib qolish kerag-u, nimalarni eng 
umumiy tarzda esda saqlab qolish kerakligini ajrata olmaydi, ikkinchidan, birinchi 
va ikkinchi sinf o`quvchilari nutqini yaxshi egallamaganliklari tufayli matnning 
umumiy ma`nosini o`z so`zlari bilan aytib berishga qaraganda, uni so`zma-so`z 
aytib berish ular uchun osonroq tuyuladi.Kichik maktab yoshida o`quvchilar o`z 
oldilariga o`quv maqsadi qo`yishda qiynaladilar. Shu boisdan ham ular faoliyatida 
ixtiyorsiz esda qoldirish muhim o`rin egallaydi. O`qituvchi boshlang’ich sinf 
o`quvchilarining yoshi bilan bog`liq ana shu xususiyatni hisobga olgan holda har 
bir soatlik ona tili darsidan ko`zlangan maqsadni o`quvchilar ongiga singdirishga 
alohida e`tibor qaratishga to`g`ri keladi. O`quvchi dars mashg`ulotidan ko`zlangan 
maqsadni tushunib yetsa, uni o`rganishga qiziqishi ortadi va o`quv materialini 
xotirada saqlab qolishi osonlashadi. Xotira – tarbiya mahsuli. Shuning uchun 
o`qituvchi o`z o`quvchilariga materialni eslab qolish uchun muayyan intilishni 
tarkib toptirishi, asta - sekinlik bilan mantiqiy - aqliy faoliyat usullariga (kuzatish, 
taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish) o`rgatib borishi lozim.
Xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun ta`lim jarayonida o`zini-o`zi 
nazorat qilish; o`rganilgan materialini esga tushurish ; mashq qilishdan unumli 
foydalanishga to`g`ri keladi. 


23 

Yüklə 290,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin