«Ona tili» 9-sinf 9-sinf «____» «_____________» 1-dars DUNYO TILLARI VA O’ZBEK TILI
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): A2 – tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushuna oladi; – so‘z, ibora va atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy oladi; – fikrini so‘z va gaplarni mantiqiy bog‘lagan holda, to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi; – so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila oladi; – 140-160 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, 20-25 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi, bayonga reja tuza oladi, epigraf tanlay oladi; matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi; – husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi; – ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, ixcham hisobot, e’lonlarni) yoza oladi.A2+ – ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb mavzularga doir xabar va ma’lumotlarni tushuna oladi; – turli janrga oid matnlardagi so‘z, ibora va atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri va ravon o‘qiy oladi; 160 — 180 so`zdan iborat diktantni yoza oladi; o`qib eshittirilgan matn yoki mavzu asosida 26 — 30 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi;– tanish mavzuda taqdimot qila oladi.