«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə131/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
ASOSIY ATAMALAR LUG’ATI
Aralash murakkab qo’shma gaplar — tarkibida ergashgan, bog’langan yoki bog’lovchisiz qo’shma gaplar mavjud bo’lgan gaplar
Badiiy uslub — ma'lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo’l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi
Bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap - tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo’lgan qo’shma gaplar
Bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gap - tarkibida ikki va undan ortiq ergash gaplar mavjud bo’lgan gaplar
Bog’langan qo’shma gaplar — qismlari teng bog’lovchilar, bo’lsa, esa so’zlari,-u (-yu), -da yuklamalari yordamida bog’langan gaplar
Bog’lovchisiz qo’shma gaplar — tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-biri bilan bog’liq bo’lib, maxsus bog'lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar
Ergashgan qo’shma gaplar — qismlari ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki shunday bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida bog’langan qo’shma gaplar
Qo’shma gap — ikki yoki undan ortiq sodda gapning o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo’lgan butunlik
Ilmiy uslub — daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o’ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub
Ko’chirma gap — birovning aynan keltirilgan yoki o’zganing hech o’zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gapi
Muallif gapi — so’zlovchining gapi
Murakkab gap — turli bog’lovchi vositalar yordami bilan o’zaro bog’langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligi
Nisbiy so’zlar — ergash gap tarkibida qo’llaniluvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so’roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo’lib keluvchi shu, o’sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar, bir-biriga nisbatan qo’llanilganligi, biri ikkinchisini taqozo etuvchi so’zlar
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ko’rildi:_____________





Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin