7. Bog'langan qo'shma gap qismlari zidlov bog'lovchisi yordamida bog`lansa, ular orasida qanday belgi ishlatiladi?
A) hech qanday belgi ishlatilmaydi B) vergul C) ikki nuqta D) tire
8. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq quyidagi qaysi qoida noto'g'ri?
1) ot kesim sifat turkumiga oid so'z bilan ifodalansa, ega va kesim o'rtasida tire ishlatiladi; 2) ot kesim va ega o'rtasida ham yordamchisi bo'lsa, tire qo'yilmaydi; 3) ega ko'rsatish olmoshi bilan ifodalansa, tire qo'yiladi; 4) kesim tartib son bilan ifodalansa, tire qo'yiladi.
A) 1, 2, 3 B) 2,3 C) 2, 3, 4 D) 1,4
9. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq quyidagi qaysi qoida noto'g'ri?
1) undalmalar gap bo'laklaridan vergul bilan ajratiladi; 2) kiritmalar ikki nuqta bilan ajratiladi; 3) ajratilgan bo'laklar ko'p nuqta bilan ajratiladi; 4) gapning kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, bog'lamasiz qo'llanganda ega va kesim o'rtasiga tire qo'yiladi.
A) 1,2 B) 1,2,4 C) 2,3 D) 2,3,4
10. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq quyidagi qaysi qoida to'g'ri? 1) ko'chirma gaplar qo'shtirnoqqa olinadi;
2) istak gaplar oxirida undov belgisi qo'yiladi; 3) umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan oldin kelsa, undan keyin tire qo'yiladi;
4) undalma alohida ohang bilan aytilsa, undan keyin undov belgisi qo'yiladi. A) 1,4 B) 2, 3, 4 C) 3,4 D) 1, 2, 4
11. belgilarining ishlatilishi bilan bog'liq quyidagi qaysi qoida noto'g'ri? 1) undov gap so'roq gapdan hosil bo'lsa, oldin so'roq, keyin undov belgisi qo'yiladi; 2) buyruq gaplar oxiriga nuqta qo'yiladi; 3) kesim ergash gap va bosh gap o'rtasida ikki nuqta ishlatiladi;
4) kiritma gaplar qo'shtirnoq bilan ajratiladi. A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4 D) 1,4
12. Urush — quyon ovi emas. Ushbu gapdagi tirening ishlatilish sababini aniqlang. A) izohlash munosabati bo'lgani uchun
B) ega ma'nosi ta'kidlangani uchun C) bu gapda tire ishlatilmaydi, chunki ot kesim tarkibida bog'lama bor D) o'xshatish munosabati ifodalangani uchim
Dostları ilə paylaş: |