Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


 Bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix04.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
BT (1)

 
4. Bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar 
1. Bitiruv ishi texnik va ilmiy xujjatlarni kompyuterda terish qoidalariga 
muvofiq ravishda standart qog‘ozning bir tomoniga yozilgan bo‘lishi kerak. 
Rasm va jadvallar umumiy talablarga qat’iy rioya qilingan holda, ya’ni rasm 
osti yozuvlari va rasm nomi, tartib raqami, havola, izoh, xulosalar bilan birga 
berilishi hamda matnda uchrashiga ko‘ra tartib bilan joylashishi kerak. 



2. Bitiruv ishida sahifalar, jumladan, jadval va rasmlar ham, oddiy usulda 
raqamlanadi. Sahifalash mundarijadan boshlanadi.
3. Grafik, jadval, hujjat, ishning tahliliy va tajriba qismlarini izohlovchi 
hisob-kitob ko‘rinishidagi ikkinchi darajali materiallar bitiruv ishining 
ilovasida berilishi mumkin. 
4. Grafik material mavjud talablarga muvofiq ravishda standart qogozda 
bajarilishi kerak. 
5. Bitiruv ishining barcha qismlari mavzu va rejaga mos ravishda o‘zaro 
mantiqiy bog‘liqlikda bo‘lishi lozim. Ish foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
bilan yakunlanadi. 
6. Bitiruv ishini rasmiylashtirishda quyidagi talablarga javob berish zarur: 
- matnda ishning tuzilishi aniq belgilanadi: rejaga muvofiq uning asosiy 
bo‘limlari ajratiladi, rejadagi barcha masalalar chuqur va to‘liq yoritiladi, 
fikrlar ilmiy uslubda bayon etiladi; 
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ilovadan oldin beriladi; 
- manbalarga havolalar (manbaning muallifi, nomi, nashr joyi, yili, sahifa) 
varaqning quyi qismida yoki kvadrat qavsda ko‘rsatiladi; 
- bitiruv ishining sahifalari tikiladi va maxsus jildga yig‘iladi, jildning 
muqovasi ish titul varag‘ining aynan nusxasi bo‘lishi lozim. 
Tugallangan bitiruv ishi muallif va maslaxatchi (yoki maslaxatchilar, agar 
ular talabaning ishiga raxbarlik qilgan bo‘lsalar) tomonidan imzolanadi hamda 
raxbarga taqdim etiladi. Ish rahbarga davlat attestatsiyasi boshlanishvdan uch 
hafta oldin berilgani ma’qul. 
O‘n kun ichida raxbar bitiruv ishiga taqriz yozadi. Taqrizda ishning 
barcha bo‘limlari tavsiflanadi. Unda ijobiy jihatlar, kamchiliklar, muallifning 
mustaqil fikrlash darajasi, talabada ilmiy adabiyot bilan ishlash va tajriba-sinov
tadqiqotini tashkil etish ko‘nikmasining mavjudligi, olingan natijalarning
ahamiyati va asoslanganligi, ularni amalda qo‘llash imkoniyatlari 
hamda bitiruv ishini himoyaga tavsiya etish haqidagi xulosa.
Bitiruv ishi raxbarning taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim 
etiladi. Kafedra mudiri bitiruv ishini himoyaga tavsiya etish masalasini hal 
etadi va ishning tegishli joyiga imzo chekadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 
yil 31 dekabr 362-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi 
Nizom", "Oliy o‘quv yurtlari bakalavr bitiruv malakaviy ishini bajarishga 
qo‘yiladigan talablar"da ta’kidlanishicha, yo‘nalish (mutaxassislik) bo‘yicha 
yakuniy fanlararo davlat- atestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishining 
ximoyasiga dasturlardan biri bo‘yicha to‘liq ta’lim kursini tugatgan va rejada 
ko‘zda tutilgan barcha sinovlardan o‘tgan shaxslar qo‘yiladi. 
Kafedra barcha talablarga javob beradigan, yakunlangan bitiruv 
malakaviy ishini taqdim etgan talabalarni ximoyaga tavsiya etadi. Agar ishning 
sifati bilan bog‘liq e’tirozlar mavjud bo‘lsa, uni himoyaga qo‘yish masalasi 
ilmiy rahbar ishtirokida o‘tadigan kafedra majlisida xal etiladi. 


10 
Bitiruv malakaviy ishi belgilangan muddatda tayyor bo‘lmagan yoki 
uning sifati talabga javob bermagani uchun himoyaga qo‘yilmagan xollarda 
talaba tegishli fan bo‘yicha davlat attestatsiyasini topshirishga haqli. 
Mutasaddi kafedra tomonidan himoyaga tavsiya etilgan bitiruv malakaviy ishi 
fakultet dekani (yoki u bilan kelishilgan holda kafedra mudiri) tomonidan 
taqrizga yuboriladi. Taqrizchilar tarkibi bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik 
qilgan kafedraning mudiri tavsiyasi bo‘yicha dekan tomonidan tasdiqlanadi. 
Imkon qadar bitiruv ishlarini tashqi taqrizga yuborish lozim. Bunda taqrizchilar 
sifatida malakali mutaxassislarni-maktab, ilmiy va ta’limiy muassasa, ta’limni 
boshqarish idoralarining xodimlarini, shuningdek, boshqa oliy uquv 
yurtlarining professor-o‘qituvchilarini jalb qilish maqsadga muvofiq. Shu bilan 
birga bitiruv malakaviy ishi bajarilgan oliy uquv yurtida faoliyat yurituvchi, 
mazkur ishni ximoyaga tayyorlagan (himoyani o‘tkazadigan) kafedra a’zosi 
bo‘lmagan professor-o‘qituvchylar ham taqrizchi bo‘lishlari mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishiga berilgan taqrizda quyidagilar aks etishi kerak: 
1. Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi: 
- mavzuning dolzarbligi va uning muallif tomonidan asoslanganligi; 
- talaba tomonidan mazkur mavzuni tanlashdagi ijtimoiy-pedagogik 
sabablarning asoslanganligi, 
- bitiruv malakaviy ishida ko‘rib chiqish uchun qo‘yilgan masalalarning 
to‘g‘riligi va mantiqiyligi; 
- mavzuni yoritish uchun foydalanilgan manbalarning miqdor va sifat 
nuqtai nazaridan baholanishi; 
- pedagogik amaliyotni tahlil qilish, tajriba o‘tkazish sifati, uni nazariy 
idrok etish darajasi; 
- bigiruv malakaviy ishining tuzilishi, mazmuni va rasmiylashtirilishiga 
qo‘yilgan talablarning bajarilganligi. 
2. Asosiy qismning tavsifi: 
- adabiyotlarni tahlil qilish sifati, muammoning nazariy asoslarini 
yoritishning qamrovi; 
;
- ishda amaliy tajribaning, tajriba-sinov materiallarining to‘liq va chuqur 
taqdim etilishi; ularning nazariy jixatdan baholanishi, ishni takomillashtirish 
bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish ko‘nikmasining mavjudligi;
- maktabgacha, umumiy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim 
muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va uni 
boshqaruv sifatini yaxshilash uchun tavsiya etilgan tadbirlar tizimining bahosi; 
- mavzuni bayon etish uslubi va uning muallif tomonidan belgilangan 
masalalar doirasining nazariy-amaliy yo‘nalishiga mantiqan mos ekanligini; 
- muallifning ko‘rib chiqilayotgan masalalarga bo‘lgan munosabati
o‘rganilgan mavzu bo‘yicha fikrlarning yangiligi. 
3. Bitiruv ishining natijalari va sifatini baholash: 
- mavzuni yoritish darajasi va sifati. 
Fakultet dekani kafedra mudirini va talabani taqriz bilan tanishtiradi, 
ishni rahbar xulosasi va taqriz bilan birga ximoya uchun davlat attestatsiya 
komissiyasiga yuboradi. 


11 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-
yil 31-dekabr 362-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy davlat atgestatsiyasi to‘g‘risidagi 
Nizom"da ta’kidlanishicha, bitiruv malakaviy ishlarining himoyasi davlat 
attestatsiyasi komissiyasining uchdan ikki qismidan ham bo‘lmagan tarkibi 
ishtirokidagi ochiq majlisida o‘tkaziladi. Himoyada ishning rahbari va taqrizchi 
maslahat ovozi xuquqidan foydalanishi mumkin. Taqrizchining himoyada 
qatnashishi shart emas. 
Bitiruv malakaviy ishining himoyasi quyidagi tartibda o‘tadi: 
Bitiruvchi qisqa axborot beradi (10 minut). 
Axborot quyidagi taxminiy reja asosida tuzilishi mumkin:
:
1. Bitiruv ishining umumiy tavsifi: 
- mavzu; 
- mavzu tanlanishining sabablari; 
- yoritilgan asosiy masalalar doirasi; 
- bitiruv ishining rejasi;
- mavzuni yoritishda foydalanilgan asosiy adabiy manbalar;
- bitiruv ishida keltirilgan va baholangan tajriba-sinov ishiiyng qisqacha 
mazmuni. 
2. Asosiy qismning tavsifi: 
- mavzuda aks etgan pedagogik muammoning mohiyati; 
- asosiy masalalar bo‘yicha olymlarning qarashlari va muallifning ularga 
bergan bahosi, tahlili; 
- masala nazariyasi jihatidan muammo yechimini topish tajribasining 
tahlili va bahosi; 
- o‘quvchilar bilan ishlash usullarini yoki boshqaruvni takomillashtirish 
yo‘llari, o‘rganilganlarni amalda samarali qo‘llash bo‘yicha istiqbolli 
yo‘nalishilarni belgilash; 
3. Talabaning o‘zi bajargan bitiruv ishiga, erishgan natijalari va ish 
sifatiga bergan bahosi: 
- mavzu bo‘yicha ishlash davomida qanday vazifalar qo‘yilgan edi va ular 
qay tarzda bajarildi; 
- bajarilgan ish natijalari bilan qoniqish darajasi; 
- mavzuning qaysi qirralari bo‘yicha tadqiqot davom ettiriladi. 
Axborot berilganidan so‘ng talaba savollarga javob beradi. Bitiruv ishi 
mazmuni bo‘yicha nafaqat komissiya a’zolari, balki himoyada ishtirok etuvchi 
istalgan shaxs savol berilishi mumkin. 
So‘ngra ilmiy rahbar xulosasi va taqrizchining xulosasi o‘qib eshittiriladi. 
Keyin ish muallifi taqriz va xulosalarda keltirilgan e’tirozlar yuzasidan 
o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi hamda himoya davomida berilgan savollarga 
javob beradi. 
Shundan keyin ishning muhokamasi boshlanadi, unda xohlovchilarning 
barchasi ishtirok etishi mumkin. 


12 
Himoya yakunida muallifga e’tirozlarga sabab bo‘lgan o‘rinlarni 
izohlash, tegashli ma’lumotlar keltirish, ko‘shimcha materiallar bilan qisqacha 
tanishtirish imkoni beriladi. 
Attestatsiya komissiyasining qarorlari yopiq majlisda qatnashchilarning 
oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar tengligi holatida raisning 
fikri hal qiluvchi hisoblanadi. 
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan istalgan sinovning natijasi 
"a’lo", "yaxshi", "qoniqarli", "qoniqarsiz" baxolari bilan belgilanadi va shu 
kunning o‘zida imtihon komissiyasi majlisining bayonnomasi tegishli tartibda 
rasmiylashtirilgach e’lon qilinadi. 
Himoyadan keyin bitiruv ishi oliy ta’lim muassasasining kutubxona 
fondida yoki tegishli kafedralarda saqlanadi. Ishlardan talabalar, boshqa ta’lim 
muassasalari o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin. 
Ikki yil o‘tgach bitiruv malakaviy ishlari oliy o‘quv yurti arxiviga 
topshiriladi. 
Bitiruv malakaviy ishning titul varog`ini namunasini keltiramiz. 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI 
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi 
«Himoyaga ruxsat etilsin» 
Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy 
madaniyat fakulteti dekani 
_________ p.f.d.prof. B.S.Abdullayeva 
«___»_____________2015-y. 
Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanish metodikasi 
B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I 
IV – bosqich “401” guruhi 
talabasi: Ro‘zimbetova N.
Ilmiy rahbar: p.f.d.prof. B.S.Abdullayeva
Taqrizchi:___________
«Himoyaga tavsiya etilsin» 
“Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” 
kafedrasi mudiri, ped.f.n., dots.A.V.Sadikova 
__________________ 
«____» _______________ 2015-y 


13 
TOSHKENT – 2015 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin