AMALIYOTCHI UCHUN ESLATMA Pedagogika oliy oʻquv yurtlari talabalarining malakaviy pedagogik amaliyoti
ta’lim-tarbiya jarayonining izchil davomi boʻlib, bakalavriat bosqichida olingan
nazariy bilimlarni mustahkamlash, egallangan bilim, koʻnikma va malakalarni ta’lim
muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonida qoʻllash imkonini beradi.
Malakaviy pedagogik amaliyot talabalarning umumpedagogik, metodik va
ixtisoslik fanlaridan olgan nazariy bilim, koʻnikma va malakalariga asoslanadi.
Malakaviy pedagogik amaliyot davomida amaliyotchi-talaba:
Ta’lim muassasasi fan oʻqituvchilarining darslarini kuzatishi va tahlil qilishi
hamda oʻquv-me’yoriy, ma’naviy-ma’rifiy hujjatlari bilan tanishishi;
Tegishli fan boʻyicha taqvim-mavzuiy rejani tuzishi;
Mavzular boʻyicha ilmiy va metodik adabiyotlarni oʻrganishi;
Mutaxassisligi boʻyicha dars oʻtishi;
Oʻquv jarayonini tashkil etishda pedagogik va axborot kommunikatsion hamda
internet tizimidan samarali foydalanishi;
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishi va oʻtkazishi;
Sinf rahbari sifatida ish olib borishi;
Amaliyotchi portfoliosini oʻz vaqtida yuritib, kunlik davomatdan o‘tib borishi shart. Amaliyotchi talabaning faoliyati amaliyot yakunida universitet va qabul
qiluvchi muassasa rahbari tomonidan oʻrnatilgan tartibda baholanadi.
Kundalik daftarni yuritish tartibi:
a) kundalik daftarda bajariladigan ishlar mazmuni aniq, qisqa, uzviylikda toʻldiriladi,
xulosa va takliflar yoziladi;
b) kundalik daftar universitet va qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan nazorat
qilib boriladi.
II. Qabul qiluvchi muassasa tomonidan mas’ullar Direktor:
1)
____________________________________________________
____________________________________________________
Biriktirilgan ustozi: 2)
____________________________________________________
____________________________________________________