II BOB Aralash bo’lim.Uzunlik o’lchovi va sodda misol va masalalar
2.1 Uzunlik va uning o‘lchov birliklari
Bolalar uzunlik jismning davomiyligini narsaning o‘lchamlarini tasvirlaydigan
xossasi ekanini maktabgacha bo‘lgan davrdayoq tassavur qila oladilar. Bolalar uzunroq–
qisqaroq, keng-tor, baland-past, yo‘g‘on-ingichka, munosabatlarni to‘g‘ri aniqlay
oladilar. O‘qitishning navbatdagi vazifasi-o‘lchash ishining mohiyatini ochib berish,
uzunlikning turli o‘lchov birliklarining ahamiyatini ko‘rsatish va o‘lchov asboblaridan
foydalanishga o‘rganishdan iborat. Tayyorgarlik bosqichining birinchi davridayoq
o‘qituvchi “miqdor” tushunchasini rivojlantirish imkoniyatiga ega. “Miqdor” so‘zining
o‘zi ko‘pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki bu so‘zni ular kam ishlatadilar.
O‘qituvchining vazifasi narsalarning hossasi taqqoslanayotganda bu taqqoslashni
miqdor jihatdan ifoda qilish mumkinligini miqdor haqida so‘zlash mumkinligini har
doim ko‘rsatib berishdan iborat.
6
“Uzun qisqa ” mavzusi bo‘yicha dars parchasini keltiramiz.
Darsning maqsadi. Uzunlik tushunchasini jismning o‘lchamlarini tavsiflaydigan
hossasi sifatida shakllantirish.
Ish narsalarning uzunliklarini ko‘z bilan chamalab va ustiga qo‘yish usuli bilan
taqqoslashdan boshlanadi.
Amaliy ish. Gorizantal tortilgan ipcha eni bir xil, lekin rangi va uzunliklari
turlicha bo‘lgan tasmalar ilingan.Bolalar qaysi tasma uzunroqlinini, qisqaroqligini, bir
xil uzunlikda ekanligini ko‘z bilan chamalab aniqlaydilar. O‘qituvchi esa tasmalarni ip
bo‘ylab surib ularni ustma-ust tushiradi. Bolalarning e’tiborini quyidagilarga qaratadi:
tasmalarning bir uchlari ustma-ust tushgan bo‘lsa, endi ularning oxiriga, ya’ni ikkinchi
uchiga qaraymiz va qaysi xolda “Uzunroq”, “Qisqaroq”, “Bir xil uzunlikda” deb ayta
olishmiz mumkinligini aniqlaymiz. Mustaxkamlash uchun esa frontal amaliy ish
o‘tkaziladi. Bolalarga uchtadan qog‘oz tasmalar tarqatiladi. (ikkitasi bir xil uzunlikda,
6
www.natlib.uz
internet kutubxona
12
uchinchi tasma esa uzunligi bo‘yicha ularga teng emas). Bu qog‘oz tasmalarni
uzunliklari bo‘yicha qanday taqqoslash mumkin?
Ustiga qo‘yish bilan taqqoslash mumkin. Tasmalarning bir birining ustiga
shunday qo‘yingki, qaysi tasmalar bir xil uzunlikda, qaysi tasma uzunroq ekani ko‘rinib
tursin. Keyin tasmalarni bir birining ustiga tushurish mumkin bo‘lmagan xolat
yaratiladi. Buning uchun uzunligi turlicha bo‘lgan ikkita tasma doskaning turli
qismlarida turli balandliklarda ilib qo‘yiladi. Uchinchi tasmani o‘qituvchi ushlab turadi.
Qaysi tasma uzunroq? Bolalar bilan birgalikda o‘qituvchi bunday xulosaga keladi:
uchinchi tasmani birinchi tasma ustiga qo‘yish kerak, ular ustma-ust tushadi, demak bu
tasmalar teng. Keyin uchinchi tasmani ikkinchi tasma ustiga qo‘yiladi, u uchinchi
tasmadan uzunroq ekan. Qaysi tasma uzunroq, ikkinchi tasmami yoki birinchi tasmami?
Bunday xulosa chiqariladi: agar birinchi tasmaning uzunligi uchinchi tasmaning
uzunligiga teng bo‘lsa, ikkinchi tasmaning uzunligi esa uchinchi tasma uzunligidan
katta bo‘lsa, u xolda birinchi tasmaning uzunligi ikkinchi tasmaning uzunligidan
kichikdir.
SHunga o‘xshash sh ish va xulosani uzunligi bo‘yicha bir xil, biroq rangi
bo‘yicha turlicha uchta cho‘p ustida ham bajaramiz. Keyingi darsda frontal amaliy ish
o‘tkaziladi. Bolalar ichiga turli uzunlikdagi 5-6 ta qog‘oz tasma solingan konvertlar
oladilar.
Topshiriq: eng uzun tasmani, keyin qisqaroq tasmani va eng qisqa tasmani toping.
Navbatdagi darslikda “Uzunlik” tushunchasi kengaytiriladi. Bo‘yi, eni, qalinligi,
balandligi so‘zlari kiritiladi.
O‘qituvchi: Sinfimizdagi doskaga qarang. Bu doskaning (uzunligi) bo‘yi (qo‘li
bilan chapdan o‘nga tomon ko‘rsatadi). Doskaning o‘lchamini yana qanday ko‘rsatish
mumkin? (yuqoridan pastga). Demak doskaning o‘lchamlarini ikki yo‘nalishda
ko‘rsatish mumkin. Ularni chalkashtirmaslik uchun doskaning eni (kengligi) deb
gapiriladi. O‘z ish o‘rningizga qarang. Qo‘lingiz bilan partaning uzunligini (bo‘yini),
partaning enini ko‘rsating. Darslikning bo‘yini, enini ko‘rsating. Darslikning yana
qanday o‘lchamini ko‘rsatish mumkin? O‘qituvchi darslikni ikkita barmog‘i bilan
13
ushlab ko‘tarib ko‘rsatadi. (qalinligini). Daftar va darsligigingizni solishtiring. Qaysi
biri qalin? Qaysi biri yupqa? Xulosa: narsalarning o‘lchamlari haqida gapirilayotganda
bu o‘lchamlarni turli yo‘nalishlarda ko‘rsatish mumkin. Turli yo‘nalishdagi uzunlik
turlicha ataladi: bo‘y, eni, balandligi, qalinligi. Bu so‘zlar uchun qarama-qarshi ma’noli
so‘zlar bormi? “Teskarisiga” o‘yinini o‘ynaymiz. Men rasmlarni ko‘rsataman va
narsalarni bir so‘z bilan taqqoslayman, siz esa bu taqqoslashni qarama-qarshi ma’noli
so‘z bilan aytamiz.
1. Qizil qalam ko‘k qalamdan uzun (narsalar ko‘rsatiladi.).
2. Qayrag‘och archadan baland.
3. SHarf kamardan keng (narsalar ko‘rsatiladi).
4. Kundalik daftar darslikdan yupqa (narsalar ko‘rsatiladi).
5. Dars irmoqlardan keng.
6. Yo‘l so‘qmoqdan uzun va hakozo.
Darslik bo‘yicha ishlash bu tushunchalarni mustahkamlaydi. Atrofingizga qarang
va hossalarini yangi so‘zlar bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan narsalarni ayting.
Yakunlab o‘qituvchi bunday deydi: Biz bugun yangi tushuncha-miqdor bilan
tanishdik. Narsalarning hossasini taqqoslash mumkin. Narsalarning hossasini taqqoslash
mumkin bo‘lgan holda miqdor haqida gapiriladi. Narsalarning o‘lchamlari haqida
gapirilganda miqdorni turli so‘zlar bo‘yi, eni, balandligi, qalinligi deb aytiladi. Agar
narsaning bir yo‘nalishdagi o‘lchami haqida gapiriladigan bo‘lsa, ko‘pincha “bo‘yi”,
uzunligi so‘zini aytadilar.
7
Navbatdagi darslarda og‘zaki sanoq ishiga miqdorlarni taqqoslashga doir
topshiriqlarni muntazam kiritib borish kerak. Ustiga qo‘yishning amaliy usullaridan
ham vaqti-vaqti bilan foydalanib turish kerak.
7
M.E.Jumayev. Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. -T.: ILM ZIYO,
2013.-232 b.
|