5
I BOB Boshlang'ich sinflarda hajm tushunchasini o'rgatish metodikasi
1.1 Hajm (sig‘im) va uning o‘lchov birliklari
Miqdor haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishda hajm va massa
bilan
tasvirlanadigan xossalari bilan tanishtirish yordam beradi. Idishlarning sig‘imi va
“litr” tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy
tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi.
2
“Litr” darsiga tayyorgarlik davrida bolalarda narsalarning hajmiy hossalari
haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradigan mashqlarni kiritish lozim.
1.Qaysi shar katta
2. Bolalar qumli maydonchada o‘ynashmoqda. Qoliplardan figuralar
yasashmoqda. (Qoliplar ko‘rsatiladi). Qaysi qolipga ko‘proq qum sig‘adi?
3. Choy va osh qoshiqlarda bir stakan qum o‘lchab ol. Nega bir xil miqdordagi
qum turli sonlar bilan ifoda qilindi? O‘lchovlar soni o‘lchovning o‘ziga
qanday
bog‘liq? va hakazo. “Litr” mavzusi bo‘yicha dars parchasini keltiramiz.
O‘qituvchi: Oldingi darslarda biz sochiluvchan narsalarni o‘lchagan edik.
SHunday o‘lchovlarning o‘zidan suyuqliklarini o‘lchashda ham foydalanish mumkin.
Siz qanday suyuqliklarni bilasiz? O‘quvchilar: suv, sut, sho‘rva, qatiq, qaymoq,
benzin, kampot, ...
O‘qituvchining misolida ikkita manzara bor. Biri keng ikkinchisi tor. Ikkisida
ham suv satxi bir xil. Ikkita o‘lchov stakanchalar ham bor. Ular 1 va 2 bilan
nomerlangan. O‘qituvchi: qaysi idishda suv ko‘pligini qanday isbotlash mumkin?
O‘quvchilar: ikkinchi idish kengroq, unda suv ko‘p. O‘qituvchi
shakli har xil
ikkita idish qo‘yadi, ulardagi suyuqlik satxi bir xil.
2
Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan fakultativ darslarni tashkil etish mеtodikasi.
Toshkеnt. “TDPU”, 2005 yil.
6
O‘qituvchi: endi qaysi idishdan suv ko‘proq? O‘quvchilar chamalay
boshlaydilar, o‘qituvchi ularni o‘lchov stakanchani olib o‘lchash kerak degan
hulosaga olib keladi
6
.
Bir idishda 5 ta o‘lchov, ikkinchi idishda esa shunday 3 ta o‘lchov
borligini
aniqlaymiz.
Xulosa qilinadi. Keyin o‘lchashlar ikkinchi o‘lchov bilan takror amalga
oshiriladi. (0›0). Xulosa qilinadi. Keyin o‘lchashlar ikkita o‘lchov bilan o‘tkaziladi.
Birinchi idishdagi suv miqdori katta o‘lchov bilan, ikkinchi idishdagi suv miqdori esa
kichik o‘lchov bilan o‘lchanadi. O‘lchash natijalari qarama-qarshi xulosaga olib
keladi. Buni
muhokama etib, bolalar idishlardagi suyuqliklarning miqdorini o‘lchash
uchun bitta o‘lchovdan foydalanish kerak degan hulosaga keladilar.
O‘qituvchi 1 litr yozuvli metall krujkani ko‘rsatadi va umumqabul qilingan
o‘lchovning nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sig‘imini o‘lchash
uchun zarur bo‘lgan holatlar sig‘imlarini o‘lchash yoki hajmlarini o‘lchash deb
ataladi.
So‘ngra suv o‘lchovdan 1 metrli bankaga quyiladi. Nima uchun banka 1 litrli
deb atalishini aniqlaymiz. Krujka yoki bir litrli banka bilan balonlarga suv quyamiz.
Ikki litrli va uch litrli ballonlar bilan tanishamiz.
Bolalar o‘z uylarida limonad va kefir shishalarini ko‘p ko‘rganliklari sababli 1 l
suv ikkita limonad yoki kefir shishalariga to‘lishini ko‘rsatish foydalidir. Do‘konda
ba’zi narsalar litrlab sotiladi. Do‘kon o‘yinini o‘ynash foydalidir. Sotuvchi
haridorlarga sutni (bo‘yagan suv) butilkalarda, kastrulkalarda, chelaklarda sotadi.
Ko‘z alashni rivojlantiradigan mashqlar foydalidir. (oldin hajm ko‘z bilan
chamalanadi, keyin esa o‘rganadi). Ikkita idishdagi suyuqlik miqdorlarini
tenglashtirishga oid mashqlar bolalarda qiziqish uyg‘otadi.
1. Bir idishda 3 litr suv, ikkinchi idishda 2 litr suv bor. Ikkala idishdagi suv bir
xil bo‘lishi uchun nima qilish kerak? (Ikki litrga 1 l quyish yoki 3 l dan 1 l ni olish
kerak). Ishni ikkita bir xil idishda suv olib, amaliy bajarish kerak.
7
2. Bir idishda 3 l suv, ikkinchi idishda undan 2 l ko‘p suv bor.
Ikkinchi
idishdagi suv 1 l ko‘p bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Bu masalaning turli
yyechilish usulllarini
ko‘rib chiqish foydali bo‘ladi.
a) O‘quvchilar 1 idishga 1 l suv quyishni taklif etishadi. Bu usul amalda
tekshiriladi. O‘lchash natijasida birinchi idishda 4 l suv, ikkinchi idishda 5 l suv bor
ekan. 5›4.
3
b ) Birinchi idishga 2 litr, ikkinchi idishga 1 l suv qo‘yiladi. 5 ‹ 6 . Bunday
masalalarni yechish jarayonida sig‘imlarni o‘lchash bo‘yicha
zaruriy uquvi
rivojlanadi.
3
“ Boshlang’ich ta’lim ”, “ Maktab va hayot ”, “ Ta’lim muammolari ” “Uzliksiz ta’lim “ va boshqa ilmiy – uslubiy
jurnallar, hamda “Ma”rifar” gazetasi.