1
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
“Himoyaga ruxsat etildi”
“Boshlang’ich ta’lim ” fakulteti dekani
_______________________
“___”_____________2023
_______________________________________________ 3-kurs talabasi
301-guruh talabasi Nurmetova Nafosat Doniyor qizining
“Oliy ta'limda matematika o'qitish metodikasi” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Boshlang'ich sinflarda hajm tushunchasini o'rgatish metodikasi
“Tasdiqlayman”
_______________kafedrasi mudiri
________________ _____
“___”___________ 2023 yil
Ilmiy rahbar: _______________
kafedrasi o’qituvchisi
Sh.O.Meliyev _____
Toshkent 2023
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Davlatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuni
munosabati bilan soha vakillariga yoʻllagan tabrik nutqida taʼkidlaganidek,
taraqqiyotning
tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch
ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.Shuning
uchun ham, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini
kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash
maqsadlariga katta kuch va
mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari,
ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda.
1
Boshlang‘ich sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli
miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish
mumkin
emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning xossalari aks etgan.
Miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki
hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri shu xossaga
ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega.
Hajm tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning
vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini tadbiq qilishdir.
Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan
xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak
Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa,
vaqt haqida
dastlabki tasavvurlar beriladi.
Har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud
bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy yondashish
miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish imkonini beradi. Bu
uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash
asosida aniq xissiy qabul
qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun
umumiy bo‘lgan xossalar bilan tanishtirish.
1
Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” –T.: “O’zbekiston”
2016-y -56-b.