2-MAVZU: IDROKNI EKSPERIMENTAL O’RGANISH
Maqsad: Vaqtni idrok qilishdagi o’ziga xos xususiyatlarni o’rganish.
Jihoz: Sekundomer yoki sekund strelkali soat.
Ishning borishi:
Tekshiriluvchi 3, 5, 10, 17 sekundga to’g’ri keluvchi vaqt birliklarini
aniqlashi lozim. Tekshiruvchi stolning ustiga qalamning orqasi bilan urib, vaqtning
boshlanishi va tugash nuqtalarini belgilaydi.
Ko’rsatma: «Hozir stol ustiga qalam bilan urib vaqt boshlanganini
bildiraman. Yana bir marta stol ustiga qalam bilan urganimga qadar qancha vaqt
o’tganligini baholashingiz kerak. Bunda turli vositalardan foydalanish va hisoblab
turish ta’qiqlanadi».
B A Y O N N O M A:
Tekshiriluvchi:
Tekshiruvchi:
Tekshiriluvchining ruhiy holati:
Sana:
Natijani tahlil qilish:
Vaqtni idrok qilishning aniq koeffisiyenti S topiladi.
Bunda A – sekund hisobida tavsiya qilingan vaqt bilan tekshiriluvchi ifodalagan vaqt o’rtasidagi farq. B – tadqiqotchi tomonidan tavsiya qilingan vaqt bo’lagi. S ning foizdagi ifodasiga ko’ra vaqtni idrok qilishning aniqligi haqida xulosa chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |