71
xohlagan o‘quvchi yoki to‘g‘ri javob topilmasa,savol bergan o‘quvchi javob
beradi. Hamma o‘quvchi savol berishiga erishish kerak. Ishni juftlikda ham olib
borish mumkin. Bunda savolni juftlik tuzadi. ‖Savollar‖ texnologiyasini qo‘llash
imkoniyatlari katta.Masalan o‘qituvchi har bir darsning 5daqiqasini shunday savol
tuzishga bag‘ishlashi mumkin.Savollarni yakka holda va juft bo‘lib, keyinroq
mavzu bo‘yicha 4 kishi maslahatlashib tuzishni topshiriladi.
Masalan: 2-sinf matematika darsidan ko‘paytirish va bo‘lish mavzulari o‘tilgach,
marta ortiq va marta kam munosabatlari tushuntiriladi. Shu munosabatga bog‘liq
bo‘lgan savol – masalalar tuzish topshiriladi. Buning uchun o‘qituvchi bir necha
namuna keltirish ham mumkin. Lekin sinf ixtiyoriga qo‘yishi ham mumkin.
Misol uchun:
―2 sonidan 2 marta katta sonni ayting‖.
―Qanday son 3 dan 4 marta katta?‖
― 12 soni 6 dan necha marta katta?‖
― 5 soni 20 sonidan necha marta kichik?‖
―O‘ylagan sonni 3 marta kamaytirib, 3 hosil qilinsa, o‘ylagan son necha ?‖ kabi
turli – tuman savollarning tuzilishi munosabatning o‘quvchilar tomonidan yana
chuqurroq tushunilishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: