Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/55
tarix02.01.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#44506
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika

 
1 – SINF  
“Sehrli boqqa sayohat” mavzusida musobaqa darsi. 
    Bu    musobaqa    darsida    o‘quvchilar    uchta  guruhga  bo‘linadi  va  guruh 
boshliqlari tayinlanadi. 
     Ifodalar tuzish va yechish. 
1.  Bu  o‘yinda  uchala  guruhdagi    hamma  o‘quvchilar  ishtirok  etadilar. 
Ularning  har  biri  10  ichida  qo‘shish  va  ayirishga  doir  ifodalar  yuzib 
yechishadi.  
Masalan: 
3-1=4                   6-1=5               4-2=6 
8-2=10                10-3=7             5-2=7 va hokazo. 
 
 Ifoda  tuzib,  ishlab  bo‘lgan  o‘quvchilar  ikkitalab  to‘g‘ri  va  teskari  sanashadi. 
O‘quvchilar  tuzgan  ifodalarning  yechimi  tekshirilib,  yutuq  va  kamchiliklari 
ko‘rsatiladi.  Ifodalarni  to‘g‘ri  hisoblagan  guruhga  qizil  yulduzcha,  bitta  xatto 
qilgan guruhga ko‘k yulduzcha, bitta guruhga ko‘k yulduzcha, ikki va undan ortiq  
xato qilgan guruhga sariq yulduzcha beriladi. 
2.  O‘quvchilarga  ―Tun‖  so‘zi  aytilishi  bilan  bolalar  boshlarini  parta    ustiga 
qo‘yadilar. O‘qituvchi ertak aytadi: 


 
69 
-  Bir  bor  ekan,  bir  yo‘q  ekan,  qadim  zamonda  bir  sehrli  bog‘bo‘lgan  ekan. 
Bog‘da  daraxtlar  qishin  –  yozin  ko‘m  –  ko‘k  bo‘lib,  mevalari  pishib  yotarkan. 
Qo‘llarida oltin baliqlar suzib yurarkan, - deb sinf taxtasiga uzum, nok va olmalari 
pishib turgan daraxtlar hamda uning yoniga qo‘l qo‘yadi. 
  Bolalarga ―Kun‖ deyilishi bilan ular uyg‘onishadi. 
   O‘quvchi sinfdagi ayrim ―Bilmasvoy‖ o‘quvchilarga ishora qilib: 
-  Bolalar, ularga yordam beramiz? 
-  Ha, yordam beramiz! 
Endi har bir  guruh uchun sehrli boqqa bittadan uycha qurib olamiz. 
   O‘qituvchi  uychaga  misollarni  yozib  qo‘ygan  bo‘ladi.  O‘quvchilar 
misollarning javobini qalam bilan yozadilar. 
 
 
Uychadagi  misollarning  tez  va  to‘g‘ri  yechilganligiga  qarab,  guruhlarga 
yulduzchalar beriladi. 
3.  Daraxt  bargi  uzilib,  uning  orqasiga  yozilgan  topshiriqlarni  og‘zaki 
bajarish. 
 Topshiriqlarni  to‘g‘ri  bajargan  o‘quvchi  daraxtdagi  olma  va  nokdan  olib 
o‘tiradi. Barg orqasida noma‘lum  sonni topishga doir misollar yozilgan bo‘lishi 
ham mumkin. 
     Bunda navbati bilan har bir guruhdan bittadan o‘quvchi chiqadi. Qaysi guruh 
o‘quvchilari olma va noklardan ko‘p olgan bo‘lsa, o‘sha guruh qizil yulduzcha, 
qolganlari ko‘k va sariq yulduzcha olishadi. 
3-2=   
4-2= 
6-2=   
8-2= 
5-2=   
3-2= 
6-2=   
4-2=
 
3-2=   
4-2= 
6-2=   
8-2= 
5-2=   
3-2= 
6-2=   
4-2=
 
3-2=   
4-2= 
6-2=   
8-2= 
5-2=   
3-2= 
6-2=   
4-2=
 


 
70 
 
4.  Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi. 
                            Ikki bizga do‘st emas, 
                            Uchni yomon ko‘ramiz, 
                           ―4‖ bo‘lsa ham mayliga
                           ―5‖ dir bizning do‘stimiz. 
5.  Guruh boshliqlarining musobaqasi. 
  Bunda  guruh  boshliqlari  rasmli  varaqlardan  tanlab  olib,  rasmdagi  sonlar 
ishtirokida 5 tadan misol tuzib yechishadi. 
       6+3=9                  4+3=7                      4+2=6 
       3+6=9                  3+4=7                      2+4=6 
        9-3=6                  7-3=4                        6-2=4 
        9-6=3                   7-4=3                       6-4=2 
        6-3=3                   4-3=1                        4-2=2 
      Misollar tekshirilib baholanadi. 
      Dars so‘ngida guruhning olgan yulduzchalari va mevalariga qarab yutuq va 
kamchiliklari aytilib, egallagan o‘rinlari e‘lon qilinadi. 
      Dars faol qatnashgan har bir guruh o‘quvchilariga ―5‖ ball beriladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin