77
Tarbiyaviy
maqsad:
O‘quvchilarning
ma‘naviy-ma‘rifiy
ongini
rivojlantirish.Kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish. Mehnatga
muhabbat ruhini, tejamkorlikni shakllantirish. Kasbga yo‘naltirish.
Dars turi: Aralash.
Metod: Guruhlarga bo‘lish,
aqliy hujum,klaster
Ko’rgazmali qurollar: Samolyot rasmi va maketi, jurnallar, ―Sehrli chol‖
rasmi, magnitofon, sehrli so‘zlar, she‘riy rasmlar, abak.
Darsning borishi:
I. Guruhlarga bo’lish: (2 daqiqa).
Stolda ―mushukcha‖, ―odamcha‖, ―mashina‖ va ―laylak‖ deb yozilgan
so‘zlar teskari qilib qo‘yiladi. O‘quvchilarga guruhlarga bo‘linish tartibi
tushuntiriladi.
O‘quvchilar so‘zli kartachalarni olib, guruhlariga yig‘iladilar. Guruh
nomlari aytiladi va sardorlar saylanadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga guruhlarning nima uchun shunday nomlanishini
dars davomida bilib olishlarini aytib o‘tadi.
II. Aqliy hujum (2 daqiqa)
Masala: Qizchada 10 ta otkritka bor edi. Qizcha otkritkalarni 5 ta
dugonasiga sovg‘a qilishga ikkilanib turganda ―Sehrli chol‖ paydo bo‘ladi.
―Sehrli chol‖ qizchaga bu otkritkalarni dugonalariga sovg‘a qilsa, ularning
xursand bo‘lishlarini aytadilar.
- Bolalar, qizchaga bu ishni bajarishga
yordam bering;
10:5=2. O‘quvchilar javoblari tinglanadi. Har bir qizga 2 tadan otkritka
beriladi;
- Qizcha buvasining taklifini qabul qilib to‘g‘ri ish qildimi?
―Qari bilganni pari bilmas‖ maqoli to‘g‘ri ekanligi ta‘kidlanadi;
- Sizningcha qizning dugonalari qanday his–tuyg‘ularni boshdan kechiradilar?
1 – 2 ta qizlardan so‘rab, umumlashtirladi;
- Bugungi darsimizda bu qadrli buvaning ishtirok etishlarini so‘raymiz.
Buvaning sandiqlarida ―sehrli‖, ya‘ni ―Rahmat‖, ―Iltimos‖, ―Kechirasiz‖ degan
78
so‘zlarni qo‘llagan o‘quvchilarga sovg‘alari bor. Darsning yakunida yaxshi
ishtirok etgan, odobli, ahloqli bolalarga sovg‘alar ulashiladi.
III.Darslik bilan ishlash (8 daqiqa).
O‘quvchilarga darslikdagi masalani yechish topshiriladi. Har guruhga
qog‘ozlar va markerlar tarqatilgan bo‘lib, ularga quyidagi topshiriq beriladi:
―Shu masala asosida rasm chizing va yechimni tushuntiring‖.
To‘rtta guruh masala shartini olganlaridan so‘ng vaqt chegaralanadi va ballar
haqida tushuncha beriladi.
4 xil rangdagi doirachalar tayyorlab qo‘yadi (10 tadan: qizil – 5 ball; ko‘k –
4 ball; sariq – 3 ball; qora – 2 ball).
Hay‘at a‘zolari tomonidan taqdimot o‘tkazilib, ballar qo‘yiladi. O‘quvchilar
qarsaklar yordamida olqishlab turadilar. Masala daftarga yoziladi.
IV. “Klaster” usulida savol – javob o’tkaziladi: (3 daqiqa)
Bo’lish – so‘zi qo‘yiladi.
1) Bo‘lish hadlari nomlarini ayting.
Guruhlar vakillari she‘rlar aytadilar.
Bo‘linuvchi –
Kimki qilsa e‘tibor,
Mendan keyin bo‘luv bor.
Shuning uchun bo‘lunuvchi,
Deydi har bir o‘quvchi.
Bo‘luvchi –
Sonini bo‘lish kerakligin,
Nohotki qiyin ish bu
Buyuraman shunchadan,
Taqdim qiling yo‘q tashvish.
Bo‘linma –
Bo‘lunuvchi, bo‘luvchi
Nazar tashlab har yonga
Meni ko‘rib dedilar
79
―Bo‘linma‖, yur mehmonga.
2) Qoldiq nima? (Qoida so‘raladi).
Dostları ilə paylaş: