Har bir inson umri davomidagi amallari bilan kelgusi avlodlarga o’z xotira haykalini tiklab ketyadi. Shunday ekan, muayyan yoshning o’n yillarini qarshilaganimizda hayot yo’limizga bir bora nazar tashlab, bajargan ishlarimizni sarhisob etsak, foydadan holi bo’lmas. Vaqtning poyonsiz kengliklarida esa umrning o’zi chapdan o’ngga boqishchalikdek ham emasdek go’yo …..
Mashhur fransuz yozuvchisi O.Balzakning “Sag’ri teri tilsimi” asaridagi kabi turli sabablar tufayli qisqa umrimizni yanada qisqarib borayotganini e’tiborga olsak, ayniqsa, yarim asrning dastlabki o’n yilligini nishonlayotgan shaxs haqida xulosa chiqarish farzu qarzdek, fikr bildirish shartdek ….