Nizomiy nomidagi toshkent davlat


I-BOB. SHAXS MA’NAVIYATI TAKOMILIDA SIYOSIY PARTIYALAR ROLI MASALASINI O‘RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə5/31
tarix30.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#105271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

I-BOB. SHAXS MA’NAVIYATI TAKOMILIDA SIYOSIY PARTIYALAR ROLI MASALASINI O‘RGANISHNING NAZARIY ASOSLARI.



  1. Shaxs ma’naviyatini yuksaltirish omillari va unda siyosiy partiyalarning tutgan o‘rni.

Inson ma’naviyatini shakllanishida buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy-falsfaiy, badiiy va diniy manbalarning ahamiyati beqiyosdir. Milliy-ma’naviy tiklanish haqida gap borar ekan borar ekan milliy g‘oyamizning falsafiy, iqtisodiy, tarixiy, diniy ildizlariga keng e’tibor qratishimiz, ularni tiklash, yoshlarimizga o‘rgatishimiz, turli xil darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda ulardan foydalanishmiz zarur. Jahon ilmu-fan rivojining beshigi haqida fikr yuritilganida SHarqning roli katta. Bu xususda fikr yuritar ekan Yurtboshimiz shunday ta’kidlaydi: “Ammo, aziz do‘stlar, bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurib turibdi. Jahon ilm-fani va madaniyatiga kibernetika asoslarini yaratgan Xorazmiyni, buyuk faylasuf bobomiz Forobiyni, tibbiyot qonunlarining tengsiz kashfiyotchisi Ibn Sinoni, nazm yulduzlari - Navoiy va Abayni, Amir Temur va Bobur, To‘labiy, Qozibekbiy, Aytekebiy kabi ulug‘ zotlarni, Beruniy, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Buxor jirov, Ibroy Oltinsarin, CHo‘qon Valixonov singari mutafakkirlarni bergan bu muqaddas zamin xalqlarining yaratuvchilik dahosi hamisha uyg‘oqdir”1.


O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 2008 yilda nashr etilgan “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” risolasida bugungi kun yosh avlod ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar birma-bir batafsil ta’riflab berilgan.2 Biz bu o‘rinda undagi eng muhim jihatlarga diqqatni qaratib o‘tamiz. Xalqimizning milliy, diniy qadriyatlarining ahvoli mustaqilllikka qadar nihoyatda achinarlik holatda edi. Bu voqealarning ayanchli jihatlarini tahlil qilar ekan YUrtboshimiz “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida shunday yozgan edi: “Men shuni aytishim kerakki, bizga zarba bo‘lib tushgan eng og‘ir tanglik iqtisodiy emas, balki ma’naviy tanglikdir. Asrlar mobaynida qaror topgan ahloqiy-ma’naviy qadriyatlarni g‘oyaviy qarashlarga qurbon qilish oqibatlarini bartaraf etish iqtisodiyotni tartibga keltirishdan ko‘ra ancha mashaqqatli bo‘ladi”1. Chorizm, pomeshchik va burjuaziyaning Turkiston xalqlariga nisbatan tutgan siyosati - bu xalqlar o‘rtasidagi har qanday davlat kurtaklarini yo‘q qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-siyosiy taraqqiyotini bo‘g‘ish, ularga erkinlik bermaslik, milliy qadriyatlarini erga urish va kamsitish, milliy g‘ururlarini, ma’naviyatini poymol etish, qo‘rquvda ushlashdan iborat edi. Turkiston xalqlarining o‘tmishda qoloq va kam taraqqiy etganligi, madaniyatining pastligi, siyosiy jihatdan orqadaligi chor mustamlakachiligi siyosatining natijasidir.
Oktyabr inqilobi g‘alabasidan keyin, sobiq sovet hokimiyatining dastlabki yillarida boshqa respublikalarda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham, albatta, madaniy taraqqiyot bo‘ldi, tabiiy va ijtimoiy fanlar anchagina o‘sdi, milliy ziyolilar safi kengaydi, iqtisodda, ijtimoiy, siyosiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bundan ko‘z yumish mumkin emas. Lekin O‘zbekiston Davlat mustaqilligiga qadar bo‘lgan etmish to‘rt yil ichida madaniy taraqqiyotimiz imkoniyatlaridan to‘la foydalana olmadik. Markaz tomonidan yurgizilgan davlat siyosati tufayli milliy tilimiz, tariximiz, urf-odatlarimiz rivojlanishiga yo‘l bermaydigan g‘ovlar paydo bo‘ldi. Bu ham bir katta siyosat edi.
Sobiq sovet tuzumi davrida xalqimiz madaniy-ma’naviy merosini toptashga bo‘lgan harakatlarga barham berilgani yo‘q, aksincha, bunday harakatlar yanada kuchaytirildi. Mazkur tuzum davrida hukmron mafkura sobiq SSSR hududidagi barcha xalqlar, millatlar madaniyatini yo‘qotishga bo‘lgan urinishlar kuchayib borishi bilan birga “Yagona sobiq sovet madaniyati” degan g‘oya ostida birlashtirishga qaratilgan siyosat olib borildi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, islom milliy an’analarining, islom madaniyatining tiklanish jarayoni islomni tashqaridan har qanday "import" qilishdan voz kechish, islomga siyosiy tus berish va siyosatga islom ruhini baxsh etishdan voz kechish to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Movarounnahrning musulmon madaniyati etnik sabr-toqat va baqrikenglik ruhini o‘zida aks ettirdi. Uning Forobiy va Ibn Sino asarlarida o‘z in’ikosini topgan ideali - Fozil kishilar shahri nafaqat diniy asosda, balki madaniy va axloqiy negizda ham uyushgan odamlarning hamjamiyatidan iborat bo‘lganligi tasodifiy hol emas. Konstitutsiyamizda yozib qo‘yilgan dinga e’tiqod qilish erkinligi O‘zbekiston yoppasiga "islomlashtirilishi" mumkinligi haqidagi noo‘rin hadiksirashlarga barham berdi. Boshqa diniy oqimlarning tiklanishi va normal rivojlanishini mumkin qilib qo‘ydi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyodagi islom dinining ruhan o‘ziga xosligini anglab etish madaniy boyligimizning bir qismi bo‘lmish islomdan oldingi madaniyatni chuqur o‘rganishni taqozo qiladi1.
Xalqimizning milliy madaniyatini yo‘qotishga bo‘lgan harakat qadimiy qadriyatlarimiz bo‘lgan adabiyotimizni ham o‘z ichiga olgandi. Ko‘plab dostonlarimiz, rivoyatlarimiz, ertaklar, maqollarga, milliy qo‘shiqlar, hunarmandchilikka eskilik sarqiti deb, partiyaviylik nuqtai nazaridan qarab kelindi. O‘zbek xalqining boy og‘zaki ijodiyotiga kommunistik mafkura talabidan kelib chiqqan holda yondashildi. Milliy madaniyatimizga xalqimiz mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydigan Evropa xalqlariga xos bo‘lgan xususiyatlarni olib kirishga bo‘lgan harakatlar kuchaydi.
Xalq og‘zaki ijodida ulug‘langan mehnatsevarlik, vatanparvarlik axloq-odob, e’tiqod, iymon kabi xususiyatlarni targ‘ib qilish, uni yoritish masalalariga eskilik sarqitlari, o‘tmishni ulug‘lash deb qaraldi. Sobiq sovet tuzumining milliy madaniyatimizga nisbatan bo‘lgan xuruji, 1999 yil 6 noyabrda Termiz shahrida 1000 yilligini nishonlangan “Alpomish” dostonini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Totalitar tuzum joriy etgan taomilga ko‘ra, 1952 yilda Adabiyotchilar uyida “Alpomish” dostonining muhokamasi bo‘lib, bu dostonda xonlar, beklar maqtaladi, bosqinchilik va zo‘ravonlik tashviqot qilinadi, deb ayb to‘nkaldi. Mana shunday ayblovlar qo‘yilgandan so‘ng bu madaniy merosimiz ham boshqa ko‘plab adabiyotlar singari kutubxonalardan yig‘ishtirib olindi1.
Unda shaxs ma’naviyatini shakllantirishda diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligi masalasiga keng e’tibor qaratiladi. Avvalo, yurtimizda etishib chiqqan diniy va dunyoviy bilimlar sohasida jahon ilmi xazinasiga katta xissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz xizmatlari chuqur hurmat bilan e’tirof etiladi. Kitobda ajdodlarimiz merosiga birinchi darajali ahamiyat ajratiladi: “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.” Unda “Avesto” yodgorligi, “Alpomish” dostoni, Navro‘z bayrami kabi ko‘hna tarixdan bizgacha etib kelgan ulug‘ meros bag‘rida yashiringan ibratli saboqlar, ularning bugungi kun yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati batafsil ochib beriladi.
Prezident I.A.Karimov o‘z asarida “ma’naviyatning yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yana bir mezon” - islom dini haqida maxsus to‘xtalib o‘tishni zarur deb hisoblaydi. Chunki “ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy ma’naviyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar aynan shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi”.2 Kitobda yana shunday deyiladi: “... xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Olloh marhamat qilgan bu hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, umrning mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo‘lmaydi”.1
Mustaqillik tufayli xalqimizning ma’naviy merosiga bo‘lgan munosabat keskin o‘zgardi. Xalqimizning o‘tmishda islom ilmlari rivojiga qo‘shgan ulkan hissalarini jahon tan olgan ulug‘ allomalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, buyuk tasavvuf pirlari Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband kabi tabarruk siymolarning millatimiz ma’naviy takomiliga qo‘shgan xizmatlari, matematika va astronomiya singari aniq fanlar; meditsina, farmakognoziya, mineralogiya kabi tabiiy fanlar; logika, filologiya va jamiyatshunoslik fanlari sohalarida jahon ilmi rivojiga barakali ta’sir ko‘rsatgan qomusiy allomalar Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek kabi mo‘‘tabar zotlarning har biri xususida alohida to‘xtalib, ularning nafaqat milliy ma’naviyatimiz, balki bashariyat ma’naviy takomiliga ko‘rsatgan ta’sirlarini birma-bir qayd etib o‘tilishi bu soha olimlari uchun muhim nazariy-metodologik namuna sifatida qabul qilishga arziydi. YAna bir e’tiborli jihat diniy va dunyoviy bilimlarga teng ko‘z bilan qarash tamoyilidirki, sho‘rolar istibdodidan qutulganimizga mana 22 yil to‘lganiga qaramay, hanuz ba’zi taniqli olimlarimiz bunday xolis nazarga erisha olmayotganliklari bu masalaga Prezidentimizning e’tibori behuda emasligidan darak beradi.
Prezident I.A.Karimov bu buyuk siymolar shaxsiyatiga nega bunchalik ahamiyat qaratayotganligini shunday izohlaydi: “Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz bunday ulug‘ zotlarning hayot yo‘li va qoldirgan merosini to‘liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma’rifat, ilmu fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanligini isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga etkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo‘lishi shart, deb hisoblayman”.1
Kitobda “tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan” Sohibqiron Amir Temurning mumtoz siymosi, uning nabirasi olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bekning ilmiy jasorati chuqur ehtirom bilan yodga olinadi. Kitob muallifi o‘z hissiyotlarini shunday bayon qiladi: “Shaxsan men “Temir tuzuklari”ni har gal o‘qir ekanman, xuddiki o‘zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo‘laman...”
Prezidentimizning Alisher Navoiy siymosi va badiiy-ma’naviy merosiga cheksiz ehtiromi ushbu kitobda yanada yorqin aks etgan: “O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan yana biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir... Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir... Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”2. Muallif buyuk ajdodimizning bebaho merosidan “xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz” deb qat’iy ishonch bildiradi.
Prezident o‘z asarida XX asr boshlarida el-yurt manfaati uchun jonlarini tikkan ma’rifatparvarlarimiz Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurrauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab fidoiy insonlarning ma’naviy jasoratini, ulardan keyin xalq orasida nom qozongan Qori Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsoqov, Habib Abdullaev, Sa’di Sirojiddinov, Obid Sodiqov, Yahyo G‘ulomov, Ozod Sharafiddinov kabi ilm-fan arboblari, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Zulfiya, Said Ahmad singari shoir va adiblar, Lutfixonim Sarimsoqova, Halima Nosirova, Olim Xo‘jaev, Razzoq Hamroev va boshqa atoqli san’atkorlarning xizmatlarini minnatdorlik bilan eslab o‘tadi. Shu bilan birga Yangi Davr, ya’ni XVII – XX asrlarda ona zaminimiz – Turkistonda yuz bergan siyosiy parokandalik, hukmron kuchlarning uzoqni ko‘rolmasligi va ma’naviy zaifligi, bularning oqibatida xalq boshiga tushgan baloyu kulfatlarni ham taassuf bilan qayd etishni unutmaydi.
Shunday qilib, yosh avlod ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar, yoki ma’naviy hayot mezonlari deganda nimani tushunish kerakligi haqida Prezidentimizning yangi kitobida aniq ko‘rsatmalar berilgan. “Mezon” tarozu degani, ya’ni aniq o‘lchov, meyor, Evropa terminologiyasida “kriteriy”. Demak, biz yoshlarning ma’naviy tarbiyasida nimalarga tayanishimiz kerak, yoshlarga kimlarni ibrat qilib ko‘rsatishimiz durust bo‘ladi, qaysi o‘lchov, qanday meyorlarni asos qilib olishimiz lozim – bular hammasi kitobda aniq ko‘rsatib, nomma-nom sanab berilgan. Bular – ulug‘ ajdodlarimiz yaratgan ulkan va qutlug‘ ma’naviy (ilmiy, badiiy, falsafiy) meros, ularning ibratli hayotlari, muqaddas dinimiz, qadriyatlarimizda ifodalangan buyuk va boqiy haqiqatlar, yuksak tuyg‘ular.
Prezident I.Karimov kitobida bu haqiqatlarni, bu tuyg‘ularni yosh avlod ongiga singdirishning uch tabarruk makoniga alohida e’tibor qaratadi: ularning birinchisi –oila, ikkinchisi – mahalla, uchinchisi – ta’lim-tarbiya tizimi. Agar shu uch makonda ma’naviy muhit ko‘ngildagidek bo‘lsa, hamma ish ko‘ngildagidek bo‘ladi, agar ular tanazzulga qarab ketsa, butun jamiyat halokatga yuz tutadi. Afsuski, muayyan sabablarga ko‘ra bugungi kunda har uch makonda ham muammolar ancha-muncha yig‘ilib qolgan va ularni hal qilish, har uch makondagi ma’naviy muhitni poklash, vaziyatni to‘g‘ri izga solish yo‘lida bevosita Prezidentimiz jonkuyarligi va tashabbuslari bilan, xalqimizning fidoiy farzandlari, ayniqsa, haqiqiy ziyolilarimizning samimiy urinishlari bilan davlatimiz va faol jamoatchiligimiz katta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. Hali bu yo‘lda qiladigan ishlar ko‘p, ammo hozirdanoq bu sa’y-harakatlarning samaralari borgan sari yorqinroq ko‘zga tashlanib borayotganini ham mamnuniyat bilan e’tirof etish mumkin.
A.Avloniy tarbiya milliy madaniyatni, ma’naviyatni yuksaltirish, xalqni ma’naviy qashshoqlikdan qutqarish yo‘lidagi asosiy omil deb tushundi. U tarbiya to‘g‘risida gapirib “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur”1, degan fikrni aytdi. Uning fikricha, tilga, madaniyatga bo‘lgan muhabbat, har bir kishining o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbatidir. Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imko­niyat­larim­izni safarbar eta­yotgan ekan­miz, bu borada ma’­naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qot­sak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tash­lab qo‘yadigan bo‘lsak, mu­qaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘­ril­gan va ulardan oziqlangan ma’­naviyatimizdan, tarixiy xo­tiramizdan ayri­lib, oxir-oqi­batda o‘zimiz intilgan umum­bashariy taraq­qi­yot yo‘­li­dan chetga chiqib qo­lishi­miz mum­kin2. SHunday ekan shaxs ma’naviyatini shakllantirishda siyosiy partiyalar o‘zlarining ma’naviy-ma’rifiy sohadagi vazifalarini belgilab olishda quyidagi ustuvor vazifalarga keng e’tibor qaratish lozim:
1. Televidenie va radioning kuch­li ta’sir doirasidan foy­da­la­nib­ yoshlarda ma’­na­viy-axloqiy sifatlarini singdi­rish­ hamda de­mok­ra­tik­ qadriyatlar, grajdanlik po­zitsiya­si­ni shakllantirish, yosh­lar­ni vatanparvarlik va umu­min­so­niy­ qadriyatlarga hur­mat­ ruhida tarbiyalashga qa­ra­til­gan­ faoliyatni yo‘lga qo‘­yish.
2. Talabalarga yurtimizdagi dav­lat­ qurilishi, siyosat, iqti­so­diyot, ma’naviyat so­ha­la­ri­da amalga oshirilayotgan islo­hot­lar­ erkin, huquqiy, de­mok­ra­tik­ davlat barpo etish­ga qaratilganini tu­shun­ti­rish
3. Talabalar ongida diniy qadriyatlarimizni tiklash, hayotimizda tarixiy adolat­ni qaror toptirish, yangi jamiyat qurish yo‘lida xalqi­mizning ma’naviy yuksali­shini o‘z oldimizga qo‘ygan oli­janob maq­sadlarga etishda kurash­chanlikni tar­kib toptirish.


  1. Yüklə 0,76 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin