Nizomiy nomidagi toshkent davlat


EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI FANI BО‘YICHA MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH BО‘YICHA



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/4
tarix12.03.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#53629
1   2   3   4
2 5224432432563884952(1)

EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI FANI BО‘YICHA MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH BО‘YICHA


USLUBIY KО‘RSATMALAR

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fani bо‘yicha talabalarni mustaqil ta’limlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3l-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlagi tо‘g‘risida”gi 824-son Qarori hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-uil 6-iyuldagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standagtlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 311-son buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan.

О‘quv rejada belgilanganidek, barcha ta’lim yо‘nalishida I kursning kuzgi va bahorgi semestrida о‘qitiladi. Ekologiya va atrof muhit muhofazasi uchun jami 120 soat, shu jumladan, 30 soat ma’ruza, 30 soat amaliy, 60 soat talabaning mustaqil ta’lim uchun ajratilgan.

Talabaning mustaqil ta’limi о‘quv rejasida Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fanini о‘zlashtirish uchun belgilangan о‘quv ishlarining ajralmas qismi bо‘lib, u metodik va axborot resurslari bilan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.

Talaba mustaqil ta’limining asosiy maqsadi о‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan о‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fanidan beriladigan mustaqil ta’limning shakllariga, universitet о‘quv-meyoriy hujjatlarida kо‘rsatilganidek, fan dasturidagi ayrim nazariy mavzularni о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil о‘zlashtirish, amaliy mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik kо‘rish, о‘qitiladigan fanga oid stend, jadvallar, slayd va animatsiyalar tayyorlash kiradi. Talabaning mustaqil ta’limini nazorat qilish shu fandan ma’ruza yoki

amaliy mashg‘ulotlarini olib boradigan о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriishi mumkin.

Talaba uchun fan bо‘yicha mustaqil ta’lim topshiriqlari tegishli kafedrada о‘quv mashg‘ulotini bevosita olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan tuziladi.

Mustaqil ta’limni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va о‘quv qо‘llanmalar, metodik qо‘llanma va kо‘rsatmalar, ma’lumotlar tо‘plami, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bо‘yicha avval bajarilgan ishlar banki xizmat qiladi.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin