O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“PROFESSIONAL TA’LIM” fakulteti
“TEXNOLOGIYA TA’LIMI METODIKASI” kafedrasi
“TEXNOLOGIK TA’LIM MERODIKASI” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Erkaklar ko'ylagi asos chizmasini konstruksiyalash va murakkab fasonda modellashtirish, maketlarni tayyorlash, texnologik xarita yaratish.
Bajardi: _______________
Ilmiy rahbar: _____________________
Toshkent-2023
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………..3
I.bob Erkaklar kiyimlari tasnifi va turlari
2.1 Erkaklar ko’ylagi haqida ma’lumot…………………………………….6
2.2 To‘qimachlik tolalari mavzusini o‘qitishda pedogogik shart sharoitlar…………………………………………………………………………21
2.3. “ To‘qimachlik tolalari “mavzusini bo‘yicha dars ishlanma…………31
III.Xulosa…………………………………………………………………………34
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………....36
.Erkaklar milliy kiyimi tarkibiga ko‘ra ichki va ustki kiyimlarga bo‘linadi. Ichki kiyimlar ko‘ylak va ishtondan iborat edi. Erkaklar ko‘ylagi asosan bir tusdagi oq matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, etagiga qarab biroz kengaygan, uzunligi tizzagacha bo‘lgan. Yoqasi ikki turda bichilgan: oldi yopiq, kesimsiz, yelkadan yelkagacha ko‘ndalang o‘mizli — „mullacha ko‘ylak“, ba’zan ularning yoqa o‘miziga jiyak ham tikilgan. Ikkinchi tur ko‘ylaklar tik yoqali, oldi qirqimli ko‘ylaklar bo‘lib, qirqimiga ikki buklangan planka tikilgan. Erkaklarning ustki kiyimlari bir necha xil bo‘lgan: paxtali qavima to‘n yoki chopon, qaviqsiz yaxtak yoki avra to‘n, movutdan to‘qilgan chakmon, avrasiz po‘stin, pocha po‘stin va h.k.z. Odatda ko‘ylak ustidan oldi ochiq chopon kiyib yurilgan. Choponlar sidirg‘a gazlamadan, yo‘l-yo‘l beqasamdan, guldor nimshoyi gazlamadan va adrasdan tikilgan. Erkaklar kiyim-kechaklari tarkibida belbog‘ alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Mahalliy gazlamalardan tikilgan belbog‘, kashtalar bilan bezatilgan chorsilar juda rasm bo‘lgan. Bosh kiyimlari — do‘ppilar kishilarning yoshiga va mavqeiga qarab turlicha bo‘lgan: cho‘qqi, yarim qubba va to‘rtburchak shakldagi do‘ppilar alohida yoki salla bilan birga kiyilgan. Sallalar iр gazlama, iр aralash jun matolar, doka, ba’zan qimmatbaho matolardan tayyorlangan. Aholining har bir ijtimoiy tabaqasi sallani o‘ziga xos o‘rashi bilan ajralib turgan. Keksa yoshdagi kishilar odatda oppoq, o‘rta yoshdagilar — kulrang, yoshlar esa rangdor salla o‘raganlar. Erkaklar poyafzali maxsi-kavush, „amirkon“ etiklardan iborat bo‘lgan.
Erkaklar ko‘ylagini turli xil gazlamalardan: paxta tolali, shoyi, jun va aralash tolali gazlamalardan tayyorlash mumkin. Ko‘ylak tashqi ko‘rinishiga qarab turli uslubiy bichimda bo‘lishi mumkin: klassik, sport romantik.
Klassik uslubiy bichimdagi ko‘ylaklar oddiy ko‘rinishda bo’lib, ularni har kuni bayramlarda va xizmatga kiyishadi. Silueti asosan to’g’ri, yarim yopishgan yoki yopishgan bo’lishi mumkin. Klassik uslubdagi ko‘ylaklar mayin paxta tolali, shoyi, paxta-lavsanli va sun’iy tolali gazlamalardan tikiladi. Gazlama ranglari ko’p ham ko’zga tashlanavermaydi. Lekin bunday koylaklar hech ham modadan chiqmaydi, bir oz tashqi ko’rinishi o’zgaradi xolos.
Dostları ilə paylaş: |