Nizomiy nomidagi


Sport uslubidagi ko‘ylaklar



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə2/3
tarix11.04.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#96199
1   2   3
erkalar kiyimi

Sport uslubidagi ko‘ylaklar – keng bichimliligi bilan va mayda bo’laklarining ko’pligi bilan ajralib turadi. Bunday koylaklarning yenglari o’tqazma, koketkasi bilan yaxlit yoki reglan bichimli bo’ladi. Ko‘ylakga asosan bostirma cho’ntak, har xilko’rinishdagi cho’ntak qopqoqlar, koketkalar, pogonlar, xlyastiklar tikilsa juda mos keladi. Mayda bo’laklarni bezak choklar bilan, metall yoki charmli furnitura bilan bezash mumkin. Sport uslubidagi koylaklar taqilmasi etakkacha yoki ko’krak chizig’igacha loyihalanishi va ularga planka bilan ishlov berilishi mumkin.
Gazlamalar rangi - ochiq rangda katak yoki yo’l-yo’l gulli qilib tanlanadi. Bunday koylaklar paxta tolali, zig’ir, jun, shoyi va sun’iy tolali matolardan tikiladi.
Romantik uslubdagi koylaklar shakli va bichimi boyicha har xil bo’ladi. Bunday koylaklar o’ziga xos va original (noyob) ligi bilan ajralib turadi. Shuningdek bunday koylaklarda bezak beruvchi tasmalar, taxlamalar ko’p ishlatiladi. Koylaklar turli ranglardagi sidirg’a gazlamalardan; oq, sariq, havo rang, yashil va kul rangda tikilishi mumkin.
Har kuni kiyish uchun mo’ljallangan koylaklar aniq proportsiyali, bosiq rangli, uzun va kalta yengli bo’lishi mumkin. Yoqalar bichimi va shakli boyicha turli-tuman bo’lib, asosan qoplama cho’ntakli qilib loyihalanadi.
Kundalik koylak uchun tanlangan gazlama mavsumiga qarab qalin yoki yupqa, lekin albatta kam g’ijimlanuvchan va oson yuviladigan bo’lishi shart. Tantanali marosimlar uchun mo’ljallangan koylaklar chiroyli, bashang gazlamadan va bezak bo’laklar bilan (taxlama va kashta, bezak baxyaqator) bezatilgan qilib tikiladi.
Tantanali marosimlar uchun mo’ljallangan koylaklar yana muayyan maqsadlarda ishlatilishiga qarab (teatr, yubiley, rasmiy marosimlar) ham turlarga bo’linishi mumkin.
Yozgi koylaklar uchun asosan ip, zig’ir, shoyi gazlamalar, qish mavsumi uchun issiq gazlamalar jun, velvet va paxmoq, kuz va bahor fasllari uchun esa aralash tolali, sun’iy gazlamalar tanlash tavsiya etiladi.
Koylaklar vazifasiga ko’ra – uyga, ko’chaga, bayramda kiyiladigan, maxsus – harbiy xodimlar uchun tikiladigan koylaklarga bo’linadi.



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin