Nizomiy nomidagi


§ 1   Turkistonda muxtoriyat uchun kurash harakatini yuzaga  kelishi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix10.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#57205
1   2   3   4   5   6   7
§ 1   Turkistonda muxtoriyat uchun kurash harakatini yuzaga  kelishi. 

         1917-yil  boshlarida  Petrogratda  bo`lib  o`tgan  voqealar  ta`sirida  Turkistonda  yangi 

jamiyat kurtaklarini shakllantirish uchun harakat boshlanib ketdi. Turkistonga muxtoriyat 

maqomini  berish  g`oyasi    nafaqat  demokratik  ziyolilar  orasida  hatto  oddiy  odamlar 

o`rtasida  ham  ommalashgan  edi  .  1917-yil  mart  aprel  oylarida  o`lkasining  siyosiy 

uyg`onishida  tub  burilish  davri  bo`ldi.  Turkiston  jadidlari  Mahmudxo`ja  Behbudiy, 

Munavvar  Qori  Abdurashidxonov  Ubaydulla  Xo`jayev,  Sadriddin  Ayniy,  Usmon  xo`ja 

Mustafo  Cho`qay    Muhammadjon  Tanishboyev  Sherali  Lapin  Ahmad  Zaki  Validiy  , 

To`gon Obidjon Mahmudov o`lkada yangi tashkil etilgan “Shuroiy Islomiya” (1917-yil 

mart)  “Sho’roi  Ulamo  “  (1917-yil iyun) Turon  jamiyatlari va  Turk  odami  markaziyat  ( 

Fediralistlar)    firqasining  (1917-yil  iyul)  “  Ittifoqi  mustiymin  (1917-yil  sentabr)  siyosiy 

partiyalarini tuzilishida yetakchi rol o’ynaydilar

4



  Siyosiy  partiyalar  ayniqsa  “Sho`roi  Islomning  jadidlarii  yetakchi  harakati  sifatida  



o`lkaning  ko`p  qismlarida  o`z  faoliyatini  olib  bordi.  Biroq  Toshkentda  Mustahkam 

o’rnashib  olgan  sovet  komissaiariati  qizil  qo’shin  kuchigi  tayanib  milliy  markaz  “deb 

hisoblangan.”Markaziy 

Sho’roi 


Islom”harakatiga 

ochiqdan 

ochiq 

to’sqinlik 



qildi.Shundan keyin milliy markaz o’z harakatini Qo’qondan turib davom etishiga qaror 

qildi


5

  1917-yil  26-noyabrda  Qo’qon  shahrida  o’lka  musulmonlari  IV  favqulotda  syezdi  ish 



boshladi.  Mandad  komissiyasi  azosi  T  Norbo’tabikov    Suyezd  qatnashchilari  tarkibi 

haqida  axborot  berdi.Bunga  ko’ra  Farg’onada-100,Sirdaryodan-22,  Samarqandda-21 

Buxorodan-4,  Kasbiyortidan-4,  vakil  qatnashayotgan  edi.

6

  Shuningdek  viloyat  



vakillaridan  tashqari  suyezdda  “So’roi  Islom”ning  Sho’roi  ulamolari,  musulmon 

xarbiylari  kengashi  o’lka  yahudiylari  jamiyati  (Paoliy  Leon)  mahalliy  yaxudiylar 

vakillari qatnashdilar.

7

 



  Jadidlar yetakchisi M.Behbudiy o’z chiqishida syezdning huquqiy jihaddan qonuniyligi 

haqida  shunday  degandi  “Syez  qarorlari  shuning  uchun  ham  katta  mavqeiga  sazovorki 

unda Turkistonni ovropalik aholisi ham qatnashmoqda”

8

 . 



                                                           

4

 . Alimova D, KArimov H “O’zbekiston tarixi” T; sharq 2006 y 47-sahifa. 



5

 . “O’zbekistonning eng yangi tarixi” II kitob T; sharq 2000 y 18-sahifa. 

6

“ Ulig’ Turkiston”1917-yil 8-dekabr 



 

7

 .A'zamxo'jayev s “Turkiston muxtoriyati” T;sharq 2011 y 19-sahifa. 



8

 Jo’rayev N Karimov Sh.”o’zbekiston tarixi”T. “Sharq”nashriyoti 2011-yil S-19. 




 

  Yetakchini  so’zlaridan  ham  anglab  olishimiz  mumkinki  muxtoriyat  a’zolari  o’kada 



yashayotgan  turli  millat  va  xalqlarni  urf-  odatlarini  va  milliyligini  etiborga  ogan  holda 

o’zoldilariga maqsqd qilib qo’ygan edilar. 

   Siyosiy  partiyalar  va  ular  tomonidan  dasturiy  hujjatlar  qabul  qilinishi  –Tukistonda 

milliy harakatini keng quloch yoyganidan dalolat berar edi.Ziyolilar turkistonni fedirativ 

Rossiya respublika tarkibida xududiy jihatdan muxtor deb elon qilish uchun keng harakat 

boshladilar.  28-noyabrda  tashkil  topayotgan  mazkur  davlaning  nomi  “Turkiston 

muxtoriyati”deb ataladigan b’o’ldi.

9

 



               Turkiston muxtoriyatchilari tarkibi o’lka halqlari taqdiriga befarq qaramaydigan 

kishlardan  iboratligni  ular  tashkel  etgan  qurultoylarda  ko’tarilgan  masalalardan  bilib 

olishmiz mumkin. Xususan IV qurultoyda o’lka iqtisodni rivojlantirish bo’ycha bir qator 

masalalar ko’tarilgan edi. Angliya hukumatidan harbiy yordam bilan birgalikda iqtisodiy 

yordam olish ham takidlandi. Non mahsulotlarni paxta va junga almashtirish borasida bir 

fikirga kelindi.

10

  

               Qurultoyda  qatnashchilar  “Janubiy  sharqiy  ittifoqqa  qo’shilish  borasida  fikr 



bildirildi. Chunki o’lka shmoliy kavkaz va Orenburgdan g’alla maxsuloti o’tardi va ayni 

chog’da Turkiston ularga paxta sotishi mumkin edi’ Nixoyat 27-noyabr kunidagi majlisi  

ham  munozaralari baxsdan so’ng bo’g’usi  davlatni  etiborga olib  Ittifoqqa kirish  haqida 

qaror qilindi”.

11

 

                 Muxtoriyat  a’zolari  o’lka  hayotini  izga  solishdi,  jonbozlik  ko’rsatdilar.  Bu 



borada Ubaydulla Xo’jayev bosh bo’lgan ichki ishlar vazirligi xalq militsiyasini tashkil 

etilishi katta voqea bo’ldi. Pul islohati o’tkazildi. 

  Muhtoriyat o’z mathiyasi hamda bayrog’ini yaratdi. Shunisi e’tiborliki muxtoriyatni bir 

qator  mamlakatlar  tan  oldi.  Shu  bois  muxtoriyat  hukumati  yordam  so’rab  horijiy 

mamlakatlarga muroojat etdi va ulardan ham moddiy ham harbiy yordamlar oldi.  

   1918-yil  yanvarida  Toshkent    jome  masjidida  yig’inida  nutq  so’zlagan  SHukurxon 

xazratlari  “muxtoriyatchilar  yolg’iz  emasdur  ularni  Angliya  ximoya  qilayotir”  degan 

edi.Muxtoriyatni  Angliya,Fransiya.Germaniya,Turkiya  va  boshqa  davlatlar  qo’llab 

quvvatlagan edilar.

12

 



                                                           

9

 “Ulug’ Turkiston 1917-yil  8-dekabr “Turkestanskiy vestnik”1917-yil 1-dekabr. 



10

 Azamxujayev S  ‘’ Turkiston mustaqilligi va birligi uchun kurash sahifalaridan” T.”Fan” 1996-y S-32 

 

11

 Hasanov M” Kokandanskkaya avtonomiya  I nekotorie eyo uroki””obshestvennie nauki  v o’zbekistani”,1990.N-2 S-43. 



12

  Qosimov Yo’lchi “Qora koz oynak bilan yozilgan tarix” Namangan 1993-y s-28 




 

  O’zbekiston  prezidenti  Islom  Abdug’aniyevich  Karimovni  quyidagi  muloxazalariga 



etibor qarataylik; “XX asr boshidagi istiqlolchilik va marifatchilik nomoyondalari boylik 

uchun  shon-shuxrat  uchun  maydonga  chiqishmadi.  Maxmudxoja  Bexbudiy,  Munavvar 

qori, Fitrat,  Tavollolar maktablari ochib xalqni ezgu yo’lga ozodlikka istebdodga qarshi 

kurashib  o’t  bilan  o’ynashayotganini  buning  uchun  ayovsiz  jazolanishlarini  yaxshi 

bilishgan,bilib  turib  manashu  yo’ldan  borishgan.Chunki  vijdonlari    iymonlari    shunga 

davit etgan”

13

 

   Darhaqiqat  yo’lboshchilar  o’kada  yashayotgan  xalqlar  manfaati  uchun    harakat 



boshladilar.  Muxtoriyat  uchun  kurash  ozodlik  hurfikirlilik  istiqlol  uchun  kurash 

darajasiga  ko’tarilgan  edi.  Muxtasar  qilib  aytganda  muxtoriyat  uchun  kurash  harakati 

zamon  talabi  sifatida  Ko’rib  o’tganimizdek    petrogratda    1917-yil  bo’lib  o’gan 

voqealardan  so’ng siyosiy hayotda muhim o’zgarishlar davri boshlandi. Milliy ziyolilar, 

jadidlar,  Turkiston  o’lkasi,  xalq  ozodligi  uchun  siyosiy  maydonda    jo’shqin  harakatlar 

boshlandi.  Mahalliy  halqning  ezgu  umid  va  istaklarining  ifodachisi  sifatida  Turkiston 

muxtoriyati vujudga kela boshladi. Turkiston muxtoriyat jadidlarining ijtimoiy  harakati 

siyosiy faolligi tasirida yuzaga keldi va o’lka xalqlari taqdirida muhim rol o’ynadi. 

 

                                                           



13

  Karimov I.A “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” T. “O’zbekiston “1998 y S-47 

 



 

 




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin